Mustaqil o‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning


MUSTAQIL O‘ZBEKISTON DAVLATINING YUZAGA KELISHI VA MUSTAHKAMLANISHIDA BIRINCHI PREZIDENT I.A.KARIMOVNING TARIXIY XIZMATLARI



Download 34,22 Kb.
bet3/4
Sana20.04.2022
Hajmi34,22 Kb.
#565737
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil o‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning (1)

MUSTAQIL O‘ZBEKISTON DAVLATINING YUZAGA KELISHI VA MUSTAHKAMLANISHIDA BIRINCHI PREZIDENT I.A.KARIMOVNING TARIXIY XIZMATLARI.

O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishidan ancha oldin respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlarini tayyorlash va qabul qilish ishlari boshlab yuborilgan edi. Xususan, 1991-yil 15-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashi “O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida” maxsus qaror qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrda bo‘lib o‘tgan VIII sessiyasi ”O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida” qonun qabul qildi O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i va uning ramzi bizning mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayrog‘iga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo‘lgan xususiyatlarni, xalqimiz milliy va madaniy sohalardagi o‘zligini aks ettiradi. Mamlakatimiz Davlat bayrog‘i yurtimizning o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzidir7.
1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashining 1992-yil 10-dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasi tomonidan O‘zbekiston birinchi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakat tarixida olamshumul voqea bo‘ldi.
Ushbu sesssiyada «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madxiyasi to‘g‘risida»gi Qonun ham qabul kilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madhiya nusxasi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Prezidentining 1994-yil 16-iyunidagi Farmoniga muvofiq 1994-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi - so‘m muomalaga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari to‘g‘risida Prezident I.Karimov: - “Milliy valyuta, bayroq, gerb, madhiya, Konstitutsiya kabi davlat va xalqning ramzi, mustaqillikning muqaddas belgisidir!” - dedi8.
Har qanday mustaqil davlatlarning huquqiy asosi - bu uning asosiy Qonuni - Konstitutsiyasidir. Har qanday jamiyat kelajakni ko‘zlab yashaydi va uning poydevorini imkon qadar mustahkamroq ko‘rishga harakat qiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, davlatimiz, jamiyatimiz erishgan buyuk yutuq - O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo‘ldi.
O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi 1990-yil 20-iyunida Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi munosabati bilan o‘rtaga qo‘yilgan edi. Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida Mustaqillik Deklaratsiyaning muhim tamoyillari asosida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim degan xulosaga kelindi. Sessiya Birinchi Prezident I.Karimov raisligida Konstitutsiyaviy Komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Konstitutsiyaviy komissiya ma’qullagan Konstitutsiya loyihasining birinchi varianti 1991-yil noyabrida tayyorlab bo‘lindi. Ushbu variant muqaddima, olti bo‘lim, 158 moddadan iborat edi. Konstitutsiya loyihasining ikkinchi varianti 1992-yil bahoriga kelib ishlab chiqildi Bu variant 149 moddadan iborat edi. Puxta ishlovlardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi 1992-yil 26 sentabrda Konstitutsiyaviy komissiya qarori bilan umumxalq muxokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilindi va u 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat qilib belgilandi.
Konstitutsiyaning eng muhim mohiyati shundan iboratki, unda “davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat hamda fuqarolar oldida mas’uldirlar” deyilgan9, ya’ni fuqarolar manfaatining ustunligi qonuniy ravishda mustahkamlangan va kafolatlangan. Sobiq totalitar tuzum sharoitida bunday fikrni hech kim xayoliga ham keltira olmas edi.
Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi asosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan buyuk voqea bo‘ldi.
Birinchi Prezident I.Karimov mustaqillikning dastlabki kunidan boshlab yangi jamiyatga mos siyosiy islohotlar o‘tkazish yo‘llarini oqilona ko‘rsatibgina qolmay, ayni paytda jamiyatning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish tamoyillarini ishlab chiqdi, uni izchil amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘rdi. Jahon tajribasi, O‘zbekistonniing milliy xususiyatlari, imkoniyatlari va shart-sharoitlari asosida taraqqiyotning “ O‘zbek modeli” ishlab chiqildi.
Shunday qilib, XX asr 90-yillarning boshlariga kelib O‘zbekiston xalqlari tarixida misli ko‘rilmagan tarixiy voqea yuz berdi. O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritdi. Dunyo haritasida 1991-yil 1-sentabrdan boshlab yana bitta mustaqil, to‘la huquqli suveren davlat - O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi.
Birinchi Prezident zimmasiga og’ir va haddan tashqari murakkab vazifalar tushdi. Iqtisodiy va siyosiy tanazzul botqog’iga uzoq mustamlakachilik siyosati tufayli botirilgan, ma’naviyati emirilgan xalqni, Vatanni ozod va farovonlik kengliklariga olib chiqish, milliy tiklanishga etakchilik qilish, demokratiyaga asoslangan davlat qurish, uni chuqur islohot va yangilanish jarayoniga tortish kabi ulug’vor ishlarga yo’lboshchilik qilish yaratganning nazari tushgan davlat arbobigagina nasib etadi.
Faqat mustaqillikni qo’lga olishimiz sharofati tufayligina ma’naviy merosimizni, ko’hna va navqiron tariximizni o’rganish, jahon tsivilizatsiyasidagi munosib o’rnimizni tiklash va demokratik jamiyat qurishdek baxtga musharraf bo’ldik.
Mustaqillikni qo’lga kiritishimizdan keyingi yillar ichida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosat va ma’naviy sohalarda katta muvaffaqiyatlar qo’lga kiritildi. Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik vujudga keltirildi, bozor munosabatlariga o’tib, milliy-ma’naviy poklanish va tiklanishimizning murakkab vazifalarini vazminlik bilan amalga oshirmoqdamiz.
Birinchi Prezidentimizning milliy-ma’naviy tiklanishimiz borasida qilgan xizmatlar haqida fikr yurtganda ularning kontseptual g’oyalarni ishlab chiqish bilan bir qatorda ana shularni amalga oshirish borasida qilayotgan katta xizmatlari haqida alohida ta’kidlash lozim bo’ladi. Jumladan, 1994-yildayoq Respublikamizda “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tuzish to’g’risida farmon chiqarganlari, ularning faoliyatini takomillashtirish haqida g’amxo’rlik ko’rsatayotganliklarini aytish joiz. Mustaqillik yillarida ma’naviy merosimiz rahnomalari nomlari tiklandi, ular tavallud topgan kunlar nishonlanmoqda, asarlari chop etildi. Chunonchi, Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi, Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi keng nishonlandi. 1998-yilda imom al-Buxoriy hazratlarining 1225 yilligi. Axmad al-Farg’oniyning 1200 yilligi nishonlanishida bosh-qosh o’lganliklarini ta’kidlash lozim.
Mustaqillik yillari Qur’oni Karim o’zbek tiliga tarjima qilinib, ko’p nusxada chop etildi. Imom al-Buxoriyning turli jildlik hadisalari, Xoja Axmad Yassaviyning “Hikmatlar” to’plami, ko’plab Qur’oni Karim shaxslariga oid kitoblar chop etilganligini va ulardan xalqimiz baxramand bo’layotganliginign guvohi bo’lib turibmiz.
Mustaqillik yillari Iydi Ramazon va Qurbon hayit kunlari diniy qadriyatlarimizning bayrami sifatida xalqimiz hayotidan mustahkam o’rin oldi. Har yili 3000 dan ortiq Vatandoshlarimiz muborak xaj safarlarini ado etmoqdalar. Mustaqillik yillari ko’plab masjid va madrasalar ta’mirlandi.
Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur Mirzolarning nomi qayta tiklandi. Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug’bekning esa 600 yilligi keng nishonlandi va shu munosabat bilan yurtimizda beqiyos ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirildi.
Mustaqillik tufayli milliy istiqlolimiz kurashchilari Munovvarqori, Behbudiy, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Usmon Nosir va boshqalarning nomlari tiklandi, asarlari chop etildi. Ularning tavallud topgan kunlar umummilliy bayram sifatida nishonlanadi.
Qatag’on yillarida millatimiz mustaqilligini ta’minlash yo’lida qurbon bo’lgan xalqimizning ana shu sevikli farzandlarining muborak nomlarini abadiylashtirish maqsadida Vatanimiz poytaxti Toshkent shahrida Shaxidlar xiyoboni barpo etildi. Bu o’zlikning anglashning tarix bilan uyg’ongan millat tarjimasi holining mustaqillik ko’zgusida namoyon bo’lishining bir qarrasidir.
Uzoq va boy tariximiz hamda madaniyatimiz, shuningdek ma’naviyatimizning ildizi qadim moziy qa’riga borib taqalishidan guvohlik beruvchi Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yillik to’yining o’tkazilishi Jahon shaxarsozlik madaniyati tarixining ibtidosi sifatida ham e’tirof etilgan edi. 2002-yilda Termiz shahrining 2500 yilligi, 2006-yilda Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi, Qarshi shahrining 2700 yilligi, Samarqand shahrining 2750 yilligi, Marg’ilon shahrining 2000 yilligi va Toshkent shaxrining 2200 yilligi to’ylarining jahon miqyosida nishonlashi ma’naviyatimiz tomirlari naqadar baquvvatligining dalillaridir. Avestoning 3 ming yillikka yaqinlashgan yoshi tsivilizatsiya ufqlarimiz moziy tongida bo’y ko’rsatganligidan dalolat.
O’zbek tilining davlat tiliga aylanishi borasida bir qator ijobiy ishlar amalga Oshirildi. Jumladan davlat idoralarida ish yuritish, shaxarlarda ko’chalar va joylarning nomlanishida tarixiy haqiqat tiklanmoqda. Ma’naviy merosimiz sanalgan ko’plab asarlar o’zbek tiliga tarjima etilmoqda. Mustaqillik yillari biz uchun o’zbek tilining xalq va davlat hayotidagi asosiy ahamiyati va o’rnini tiklash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Shu tariqa millatning, davlatimizning qadr-qimmati mustahkamlandi. Maktablar va oliy o’quv yurtlarida o’zbek tilini rusiyzabon yoshlarining o’rganishi uchun ham katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Mustaqillik yillari ma’naviyatimizning muhim bug’ini hisoblangan ta’lim va tarbiya tizimiga milliy ruh bag’ishlashda bir qator ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, Prezidentimizning tashabbusi, bevosita rahbarligi ostida “Ta’lim to’g’risida” Qonun va “Qadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi milliy ma’naviyatimizning yuksalishida, mamlakatimizning kelajakda rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin egallashi, millatimizning obro’-e’tiborining oshib borishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Bugungi kunda mamlakatimizning eng iqtidorli yoshlari rivojlangan xorijiy mamlakatlarning oliy o’quv yurtlarida ta’lim olmoqda. Maxalla, “Kamolot”, “Sog’lom avlod uchun”, Nuroniy, “Ulug’bek”, “Umid”, “Ustoz” kabi jamg’armalar ham Birinchi Prezident tashabbusi bilan vujudga keldi. Ular bugungi kunda ta’lim, tarbiya va milliy ma’naviyatimizni rivojlantirish ishlariga katta yordam bermoqda. Eng muhimi bugungi kunda mustaqilligimiz ta’minlandi, millatimiz qadrini, g’ururini, or-nomusini, milliy-ma’naviy merosimizni tiklash borasidagi harakatimiz Birinchi Prezident rahnamoligida haqiqatga aylandi. Bu muvaffaqiyatlarimiz o’tmishda faqat orzu edi, xolos. Qilingan ishlar, ma’naviy merosimizni o’zlashtirish, milliy o’zligimizni anglash va boshqa ko’plab ma’naviy hayotimizda sodir etilgan o’zgarishlar mustaqilligimizning mevasi hisoblanadi.
Shuning bilan bir qatorda milliy-ma’naviy tiklanish borasida qo’lami jihatdan juda katta vazifalar turibdi. Biz millatimiz tarixi va merosini chuqur o’rganishimiz lozim bo’ladi. Zero, Birinchi Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, “biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati –orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz”1
Yuqorida keltirilgan yutuqlarni qo’lga kiritishimiz adolatli ravishda Prezidentimiz nomi bilan bog’laydi.
Milliy – ma’naviy tiklanishimiz borasida Birinchi Prezident tomonidan amalga oshirilgan muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ishlar quyidagi ilmiy jihatdan yangi nazariy kontseptsiya yaratganligida namoyon bo’ldi.
Ular: a) milliy-ma’naviy tiklanishimizning ilmiy-nazariy kontseptsiyasini ishlab chiqqanligi va istiqbolda ma’naviy taraqqiyotimizning xxi asrdagi vazifalarini belgilab berganligida;
b) milliy-ma’naviy tiklanishning mamlakatimizning totalitarizmdan demokratik jamiyatga o’tish sharoitidagi o’ziga xos xususiyatlarini ilmiy asoslab berganligida va uning faqat milliy, ijtimoiy-ma’naviy tafakkurimizda emas, shuning bilan birga umumijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotida yangi yo’nalish boshlab berganligida ham namoyon bo’ldi.
Islom Karimov tomonidan amalga oshirilgan barcha ishlar xalqimizning qaddini ko’tarmoqda, o’zligini anglashga va mamlakatimizning rivojlanishiga xizmat qilmoqda, millatimiz abadiyligini mustahkamlamoqda.
Shuning uchun ham Birinchi Prezident ishlab chiqqan kontseptual g’oyalarni chuqur o’zlashtirish va uni real hayotimizga tatbiq qilishda fidoiylik ko’rsatish, mamlakatimiz va xalqimiz taraqqiyotini ta’minlash katta amaliy ahamiyat kasb etmoqda.


1 Ш. Йўлдошев. Мустақил Ўзбекистоннинг биринчи Президенти. Халқ сўзи. 1992 йил 5 январь, якшанба, 4-сон

2 Ўзбекистон Республикаси: мустақил давлатнинг бунёд бўлиши . Қ.А.Аҳмедовнинг умумий таҳрири остида/. – Т.: «Ўзбекистон», 1992 – 50-бет.

3


Download 34,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish