Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni.
1. Ma’ruzani tinglay olish. Oliy o‘quv yurtda ma’ruza jarayonida talabalardan ma’ruzachini diqqat bilan tinglash, fikr yuritish va eshitganlarini yozib borish (matnlashtirish)talab etiladi. Fikrni bir joyga to‘plab, diqqatni ma’ruzachi bayon qilayotgan masalaga safarbar qilish, faollik ko‘rsatish bilangina ma’ruza mazmunini to‘g‘ri tushunish, bilish va anglab o‘zlashtirish mumkin.
Talaba o‘quv-biluv maqsadini aniq tasavvur etib, ma’ruzaga oldindan tayyorlanib kelsa (oldingi ma’ruzada bayon qilingan masala – materialni ko‘rib, darslikdan yangi mavzuni o‘qib kelsa), ma’ruzachi bayoniga o‘z fikrlarini to‘plab, to‘la safarbarlik bilan tinglay oladi. Buning uchun talabada ma’ruzani tinglashga kuchli motiv mavjud bo‘lishi lozim.
Talaba ma’ruzani tinglash jarayonida asosiy tushunchalar, muhim g‘oyalarni o‘z daftariga yozib borishi kerak, bunda ham eshitish, ham ko‘rish, ham harakat xotirasi ishlaydi, faoliyat asosida bilim o‘zlashtiriladi.
2. Ma’ruzani yozib olish. Har bir ma’ruza mazmuni (jarayoni)da quyidagilar bo‘ladi: ma’ruzaning asosini tashkil etadigan muhim g‘oya; muhim g‘oyani asoslash, juz’iy xulosalar; qisqa muddatli pauzalar; ta’riflar, tamoyillar, tushunchalar.
Ma’ruzani matnlashtirayotganida talaba asosiy g‘oya, muhim masalalar, asosiy tushunchalar, tamoyillar, ta’riflar, xulosalarni o‘z daftarida qayd etib, yozib borishi kerak. Ma’ruza jarayonida professor-o‘qituvchi shu xil joylarni ovozini o‘zgartirish, nutq tempini kamaytirish bilan ajratib beradi, e’tibor berib tinglansa, zarur joylarni yozib olish imkoni bo‘ladi.
Yozib olish paytida ma’lum tartibga amal qilinsa (ma’ruzaning muhim masalalari; fakt, dalil, ta’rif, xulosalar; savol-javoblar, mulohazalar), tinglash jarayonida asosiy narsalarni ajrata olish malakasi hosil bo‘ladi.
3. Matnlashtirayotganda quyidagilarga rioya qilish lozim:
– hoshiya holdirish;
– har bir masalani tartib raqami bilan belgilash va satr boshidan yozish; ravshan yozish, ostiga chizib, ajratish;
–shaxsiy shartli qisqartirishlardan foydalanish: (qarama- qarshilik), kabi;
– sitatalarning hoshiyasini ko‘proq qoldirish;
– imloga, husnixatga rioya qilish, tartibli, toza yozish;
– yozib ulgurmaganlariga joy holdirib ketish;
– ruchkada yozish;
– yozuvlarni uyda o‘qib chiqib, xatolarini to‘g‘rilash, to‘ldirish, bu ishni iloji boricha o‘sha kuni yoki vaqt ko‘p o‘tmay qilish;
– o‘zingiz qatnashmagan ma’ruzani o‘rtog‘ingiz matnidan ko‘chirib, kitoblardan o‘qib o‘rganish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |