Buning uchun oldin eskiz, keyin esa enli yoki keng qog'oz tasmalar qirqishga o'rganadilar. Bu guruhda bolalar yelimlash malakasini egallashni davom ettiradilar. Bola hayotining 5-yilida doira, kvadratdan tashqari, uchburchak, oval, uzun to'g'ri to'rtburchakni biladi. Trapetsiya shaklini esa, kichik guruhda bo'lgani kabi, obrazli tasvirida davom etadi. Masalan, tom, qayiqcha, kichik guruhga yana qo'shimcha havo rang, pushti, kulrangni sezishga va to'g'ri aytishga o'rganadilar. Ular qog'oz varag'ida tez va osonlik bilan mo'ljal qilishga o'rganadilar. Ular orqada, ketma-ket, teng masofada va boshqa fazoviy tushunchalarni egallaydilar. Bolalar to'g'ri kesmalar qirqishdan tashqari, aylanaviy shakllar qirqishga o'rganadilar. Ular kvadrat va to'g'ri to'rtburchakning burchaklarini dumaloqlashga o'rganadilar. Ana shu qirqib olingan aylanaviy shakllardan qo'ziqorin, minorcha, qorbobo kabi predmetlarni hosil qilishga o'rganadilar. Katta guruhda applikatsiya qilishga o'rgatish. Katta guruhlarda ko'pincha mashg'ulotning ma'lum bir qismini ikki va undan ortiq bolalar bilan birga ishlaydiganjamoa ishi sifatida tashkil etish lozim. Bolalar birgalikda oldinda turgan vazifani muhokama qiladilar, ish tartibini rejalashtiradilar, bir-birlariga yordam ko'rsatadilar. Applikatsiya mashg'uloti shartsiz ravishda bolalarda ijodiy qobiliyatlarning o'sishga ta'sir ko'rsatadi. Bola hayotining 6-yilida kuzatishlar, o'yin sensor tarbiyaning ta'siri ostida bolalarda predmetning rangi, shakli, kattaligi va boshqa sifatlari to'g'risida bilim va tasavvurlari shakllana boradi. Bu yoshga kelib bolalarda tasviriy uquvi va texnik usullari mavjud bo'ladi, qo'l muskullari rivojlangan bo'lib, qaychi bilan qiladigan harakatlari ancha aniq va ishonchli bo'ladi, bu esa o'z-o'zidan applikatsiyaga o'rgatishning ancha murakkab vazifalarini hal etishni taqozo etadi. Applikatsiya mashg'ulotlari jarayonida predmet to'g'risida xilma-xil ma'lumotlar berib boriladi. Bolalar xilma-xil shakllarni atashgaa, kvadrat, to'rtburchakni bir-biridan farq qilishga, ularning asosiy belgilarini to'g'ri atashga o'rgatib boriladi. Shuningdek, bolalarga oval, doira, uchburchakni to'g'ri ajratishni farq qilishni o'rgatadi. Shunday qilib, bolalar faqat shakllar bilan emas, balki ranglar bilan tanishib boradilar. Masalan, och, to'q, yorqin ranglar va boshqalar. Bular orqali bolalar rangni sezishga, uni tanlay bilishga o'rganib boradilar. Applikatsiya jarayonida figuralarni bir-biri bilan taqqoslashga o'rganadilar, baland-past, keng-tor, ya'ni qalin-ingichka kabi tushunchalarni egallab, tushunib boradilar. Shuningdek, qog'oz varag'ini mo'ljallay bilish bilan bog'liq bo'lgan tushunchalar, tepada, pastda, o'rtasida kabi ketma-ket tushunchalarni egallashga harakat qiladilar. Bu ish bolalarni qaychi bilan qirqish usullariga o'rgatib borish bilan davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |