Nukus shahri markazining bugungi va o‘tmishdagi ko‘rinishi
«Xotira» xiyoboni bugun va o‘tmishda.
Istiqlolning dastlabki yilida minglab aholini ichimlik suvi bilan ta'minlagan 243 kilometrlik Tuyamo‘yin-Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir suv tarmog‘i, 2000-yili Nukus shahrini Xo‘jayli tumani bilan bog‘lovchi yangi ko‘prik, 2001-yilda Nukus-Sulton Uvaystog‘-Miskin-Uchquduq-Tinchlik-Navoiy temir yo‘li ishga tushirildi.
Mustaqillik yillarida barpo etilgan va o‘z mahsulotini xorijga chiqarayotgan Qo‘ng‘irot soda zavodi, Ust-yurt gaz-kimyo majmuasi Qoraqalpog‘iston sanoatining yuksalish davrini boshlab berdi.
Xorijlik sheriklar bilan kashf etilgan «Jel», «G‘arbiy Orol», «Tillali», «Sayhun», «In'om», «Arslon» konlari mamlakatimizning iqtisodiy qudratini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Amudaryo tumanidagi «Kameks-KK» korxonasida momiq, Kegayli tumanidagi «Avto Qayip mayshi» mas'uliyati cheklangan jamiyatida oyiga 50 ming juft paypoq ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.
O‘lkada namunali loyihalar asosida 2982 ta qishloq uylari qurilib bitkazildi. Bu ishlar davom ettirilmoqda. 93 ta kasb-hunar kolleji, 10 ta akademik litsey barpo etildi.
O‘tgan yili Nukus shahrida zamonaviy «Baxt uyi», Do‘stlik kanali qirg‘og‘ida ko‘plab ko‘ngilochar, dam olish maskanlari hamda «Toshkent» mehmonxonasi qoshida zamonaviy «Yoshlar markazi» foydalanishga topshirilda.
Nukus shahri, Amudaryo, Ellikqal'a, Beruniy, Xo‘jayli tumanlaridagi «Kamolot» uylarida hovli to‘ylar nishonlandi.
Hozirgi kunda respublikada 37 ta zamonaviy shifoxona, 230 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari, jumladan, 188 ta qishloq vrachlik punkti aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan iqtisodiy-ijtimoiy o`zgarishlar, qurilish va obodonchilik ishlarini sanab adog`iga etib bo`lmaydi. O`rta Osiyoda yagona bo`lgan, sahro bag`ridagi mo``jiza deb nom olgan Qo`ng`irot soda zavodi, Ustyurt gaz-ximiya kompleksi, Nukus polimer, Samsung-Nukus, Nukus elektroapparat, «Lanextrakt» qoshma korxanasi, «Nukus Med Tex» MChJ, Xo`jayli shisha zavodi, “Markaziy Osiyo bezak toshlari” qo`shma korxonasi, Qo`ng`irotdagi karbid, Nukusdagi marmar va kabel` zavodlari, O`rga gaz koni, “Elteks” va “Kateks” majmualari kabi zamonaviy ishlab chiqarish ob`ektlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali, Olimpiya zaxiralari kolleji binolari, 345 kilometrlik Navoiy – Nukus temir yo`li, Nukus bilan Xo`jaylini bog`laydigan ulkan ko`prik, Qo`ng`irot avtomobil` yo`li, o`nlab umumta`lim maktablari va maktabgacha ta`lim muassasalari, litsey va kollejlar, bolalar sporti, bolalar musiqa va san`at maktablari singari ko`plab inshootlar – bularning barchasi istiqlol mevasidir.
Milliy avtomagistral qurilishida ro`y bergan ulkan voqealardan biri – bu shu yo`lning Nukus shahriga kiraverishida yangi ko`prik va chorraha yo`lning qurilishidir. Shuni ham alohida ta`kidlab o`tishimizm kerak, Muhtaram Birinchi Prezidentimizning tashabbusi bilan tamal toshi qo`yilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasining qurilishi bugun dunyo xalqlari e`tiborini jalb etmoqda.
Eng muhimi, qoraqalpoq xalqi asrlar davomida orzu qilib, intilib kelgan ezgu maqsadiga etdi – ozod va erkin, tinch-osuda hayotga erishdi, o`z tarixi, madaniy merosi, milliy an`ana va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish, o`zligini anglash imkoniga ega bo`ldi.
Orol dеngizi va Orol bo`yi ekologiyasi. Orol dеngizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dеngizlardan biri hisoblanib, undan baliqchilik, ovchilik, transport va rеkratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dеngiz suv rеjimini unga quyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, еr ostki suvlari hamda atmosfеra yog`inlari tushishi va yuzadan suvning bug`lanishi tashkil etadi. Qadimgi tarixiy davrlarda dеngiz satg`ining 1,5 – 2 m o`zgarishi tabiiy iqlim xususiyatlari bilan bog`liq bo`lib, suvning hajmi 100 – 150 kub km, suv sathi maydoni 4000 kv km ni tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |