MUSTAQIL ISHI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI QARSHI FILIALI KOMPYUTER INJINIRING FAKULTETI KI-11.17-GURUH TALABASINING FIZIKA FANIDAN
Bajardi: Mamanazarov Sh
Tekshirdi: Jumayev N
QARSHI-2017
Mavzu: Noinersial sanoq sistemalari. REJA: 1. Noinersial sanoq sistemalari. 2. Ilgarilanma harakatlanayot -gan noinersial sanoq Sistema -dagi inertsiya kuchi. Yo’lning to’g’ri chiziqli gorizontal qismida harakatlanayotgan vagon ichidagi jismlar vaziyatini tekshiraylik. Buning uchun Yer sirti bilan bog’langan К sanoq sistemasida va vagon bilan bog’langan К' sanoq sistemasida turgan kuzatuvchilar nuqtai nazaridan fikr yuritaylik.
Vagon harakatlanmayotgan holda К va К' sanoq sistemalaridagi kuzatuvchilarning fikri aynan bir xil bo’ladi (5.1 rasm). Vagonning gorizontal polida turgan sharning og’rlik kuchi polning reaktsiya kuchi bilan muvozanatlanganligi uchun Nyutonning birinchi qonuniga asosan, shar o’zining tinch holatini saqlaydi. Vagon to’g’ri chiziq bo’lib tekis harakatlangan
holda ham sharning vaziyati o’zgarmasligini К va К' sanoq sistemalaridagi kuzatuvchilar qayd qiladilar. Ma‘lumki, Yer sirti bilan bog’langan sanoq sistemasini taqriban inertsial sanoq sistemasi deb hisoblash mumkin edi. Shuning uchun К’ sanoq sistemasi К sanoq sistemasiga (ya‘ni inertsial sanoq sistemasiga) nisbatan tinch turgan yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat qilayotgan hollarda inertsial sanoq sistemasi deb hisoblanadi.
5.1 rasm
5.2 rasm
K' sanoq sistemasidagi kuzatuvchi esa sharni chap tomonga qarab tezlanuvchan harakat qilayotgailigini qayd qiladi (5.3 rasm). Jism tezlanishga ershishi uchun unga, Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan, biror kuch ta‘sir etishi lozim, albatta. Shuning uchun К' sanoq sistemasidagi kuzatuvchi sharga mazkur kuch bilan ta‘sir etayotgan jismni axtaradi, lekin topa olmaydi. Natijada kuzatuvchi quyidagi xulosaga keladi: К’ sanoq sistemasidagi sharga to’liq jismlar ta‘sir etmayotgan bo’lsada, u o’zining
5.3 rasm
tinch vaziyatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini saqlamayapti, ya‘ni inertsiya qonuni bajarilmayapti. Shuning uchun K’ sistemadagi kuzatuvchi mazkur sistemani noinertsial sanoq sistemasi deb hisoblashi, tabiiydir. Aylanuvchi sanoq sistemalaridagi jismlar uchun ham inertsiya qonuni bajarilmaydi.
Bunga quyidagi tajriba asosida ishonch hosil qilish mumkin. 5.4 а rasmda tasvirlangan disk ustiga П-simon sterjen o’rnatilgan, sterjenga esa sharlar osilgan. Disk tinch turganida sharlar osilgan barcha iplar vertikal ravishda yo’nalgan. Disk aylanish o’qi atrofida
burchak tezlik bilan aylantirilganda (5.4 b rasm) sharlar (ipi OZ bilan ustma-ust tushgan shardan boshqalari) tashqi tomonga og’adi. Bu holda ham sharlarga to’liq jismlar ta‘sir etmayapti. Lekin sharlar tezlanish oladi. Shuning uchun aylanuvchi sanoq sistemasini ham noinertsial sanoq sistemasi deb hisoblanadi.
5.4 rasm.
Ikkinchi tomondan, jismga tezlanish beruvchi ta‘sirni kuch deb atagandik. Lekin а'о tezlanish
sanoq sistemasidagi jismga boshqa jismlarning ta‘siri tufayli emas, balki
sanoq sistemasining К sanoq sistemasiga nisbatan tezlanuvchan ilgarilanma harakati tufayli vujudga keladi. Shuning uchun noinertsial sanoq sistemasidagi jismga ta‘sir etuvchi mazkur kuchlarni, ularni oddiy kuchlardan (ya‘ni nyuton kuchlaridan) farq qilish maqsadida, inertsiya kuchlari deb ataladi.
Tekshirilayotgan holda
sanoq sistemasidagi jismga ta‘sir etuvchi nyuton kuchlari (og’irlik kuchi va tayanchning reaktsiya kuchi) ning yig’indisi nolga teng. Shuning uchun jism erishayotgan tezlanish (
) faqat inertsiya kuchi (
) sifatida namoyon bo’ladi:
Lekin (5.5) munosabatni hisobga olsak (5.2) ni qo’yidagi ko’rinishda ham yoza olamiz:
Demak tezlanuvchan ilgarilanma harakat qilayotgan sanoq sistemasidagi ixtiyoriy jismga ta‘sir etadigan inertsiya kuchining yunalishi sanoq sistemasining harakati o’ynalishiga teskari, kuchning moduli esa jism massasi bilan sanoq sistemasi tezlaniishning ko’paytmasiga teng.
Endi, inertsiya kuchi tushunchasidan foydalanib noinertsial sanoq sistemalari uchun harakat tenglamasini yozaylik. Tabiiyki, bu holda jismga ta‘sir etuvchi kuchlarning vektor yig’indisiga nyuton kuchlari bilan bir qatorda inertsiya kuchi ham hissa qo’shadi:
yoki
TAMOM TAMOM
Etiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |