Mustaqil ishi topshiruvchi: A. Madraximov Qabul qiluvchi: M. Avezova Urganch – 2022 Mavzu: “Avestoda” ta’lim-tarbiyaga oid fikrlar reja



Download 36,97 Kb.
bet1/3
Sana24.11.2022
Hajmi36,97 Kb.
#871638
  1   2   3
Bog'liq
Madraximov Akbar


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Pedagogika fakulteti amaliy psixologiya
yo’nalishi 193-guruh talabasi
Madraximov Akbarning “Umumiy pedagogika”
fanidan
MUSTAQIL ISHI

Topshiruvchi: A.Madraximov


Qabul qiluvchi: M.Avezova
Urganch – 2022
Mavzu: “Avestoda” ta’lim-tarbiyaga oid fikrlar
REJA:
1. «Avesto»dagi ta’limiy-ahloqiy qarashlarni o’rganish zaruriyati
2. «Avesto»dagi pandnomalarning pedagogik mohiyati.
3. «Avesto»dagi ta’limiy-ahloqiy qarashlar.

«Avesto» - hikmat va saboqlar hazinasidir. Bu asar jahon tsivilizatsiyasi va umumbashariy ma’naviyat taraqqiyotiga beqiyos katta ta’sir ko’rsatdi, inson­ning har jihatdan barkamol va ozod bo’lishini madh etdi. Meloddan avval­gi II ming yillik o’rtalaridan I ming yillik boshlarigacha o’lkamizda yuzaga kelgan «Avesto» ko’p qirrali asar bo’lib, u ilk davlatchilik munosa­batlari, ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’rifiy-ahloqiy qarashlarning ibtidosi va takomili haqida qimmatli ma’lumot­lar beradi.


Demokratik huquqiy jamiyatni qaror toptirish jarayoni davom etayotgan bugungi sharoitda yangicha ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish madaniy me­ros, jumladan «Avesto» saboqlaridan keng foydalanishni taqozo etmoqda. Zero, jamiyat a’zolari, hususan, yoshlarning har tomonlama barkamol inson bo’lib etishishlarida ajdodlar an’anasi va o’tmish qadriyatlari muhim vosita bo’lib hizmat qiladi. Binobarin, O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida qayd ta’kidlanganidek, «milliy o’zlikni anglashning o’sib borishi, vatanparvarlik, o’z vatani uchun iftihor tuyg’usining shakllanayotgani, boy milliy, madaniy-tarihiy an’analarga va halqimizning intellektual merosiga hurmat yoshlar tarbiyasidagi muhim omil sanaladi».
Zero, «Avesto»da ifodalangan masalalar asosini ma’naviy-ahloqiy qarashlar tashkil etadi. Ahloqiy me’yorlar hayotning bosh mezoni sifatida bel­gilangan bu asarda shahsning jismoniy, ma’naviy, ruhiy kamoloti, hulq atvori haqida ibratomuz fikrlar o’z ifodasini topgan. Hususan, shahs tarbiyasida oila, jamiyat, mehnat, hunar va ta’lim hamda ustozning o’rni kabi qator masalalar yoritilgan.
Shu­ning uchun ham ko’p asrlar davomida Sharqda yoshlarga ilmu ma’rifat o’rga­tish va odob-ahloq fazilatlarini singdirishda zardushtiylik ta’limotiga amal qilib kelingan. Bu esa, «Avesto»dagi pedagogik, hususan, ahloqiy tarbiyaga oid qarashlarni chuqur o’rganish zaruriyatini tug’dirmoqda. Bugungi kunga qadar «Avesto»dagi ta’limiy-ahloqiy qarashlarga oid ayrim maqolalar e’lon qilingan bo’lsa-da, ammo bu sohada mahsus dissertatsion tadqiqot amalga oshirilmagan.
Zardushtiylarning odob, yahshi hulqqa doir hayotiy tajribalaridan hozirgi avlod, umuman, yangilanayotgan jamiyat a’zolarining ma’naviy-ahloqiy kamolotiga erishish yo’lida ijodiy foydalanish imkonini yaratadi.
«Avesto»ga qiziqish o’zining uzoq tarihiga ega. U dastlab kitob shaklida tartib berilishi, so’ngra parokanda qismlarining qayta tiklanib, tugal holga keltirilishi (VI asr o’r­talarida) hamda XVIII asrdan hozirgacha tarjima va tadqiq etilishi kabi jarayonlarni boshdan kechirdi. Zardushtiylik ta’limoti, uning payg’ambari Zardusht hamda «Avesto» haqidagi qator qimmatli ma’lumotlar Firdavsiy, Tabariy, Beruniy va boshqa Sharq allomalarining ilmiy-tarihiy hamda badiiy asarlarida uchraydi.

«Avesto»dagi ta’limiy-ahloqiy qarashlarni o’rganish


Zardushtiylik insonning muayyan bosqichda tabiat va jamiyatga munosabati, narsa va hodisalarni o’ziga hos tushunish tarzi, ruhiy–ma’naviy e’tiqodi kabi omillar zaminida paydo bo’lgan. Halqimiz ma’naviyatining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatgan ilk milliy-tarihiy, diniy-falsafiy va ahloqiy–ta’limiy asoslar, avvalo, ana shu ta’limot bilan aloqadordir.
Tabiiyki, bu ta’limot birdaniga shakllanmadi. Moddiy–iqtisodiy va ma’naviy hayotning barcha jabhalarini insonparvarlik tamoyili asosida isloh qilishga qaratilgan zardushtiylik murakkab yo’lini bosib o’tdi. Barcha dinlardagi qat’iy qonun–qoidaga asoslanganlik unga ham hosdir. Zardushtiylik o’z farzlari va sunnatlari bilan ko’phudolilik, jaholat, qirg’in, qavm va elatlararo nizolar, ma’naviy tubanlik, ahloqsizlik kabi illatlarga qarshi kurashda vujudga keldi, chiniqdi, tugal ta’limotga aylandi.
Ilohiy va dunyoviy salohiyat sohibi, ezgulik yalovbardori Zardusht asos solgan bu din mazmuni umumbashariy ta’limiy mohiyati bilan katta nufuzga ega bo’ldi. Zero, «Sharq dinlari nafaqat ijtimoiy ong shakli, balki turmush tarzi hamdir, chunki ular ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oladi». Bu fikr zardushtiylikka to’la dahldordir. Uning muqaddas kitobi «Avesto» boshqa diniy kitoblar kabi qomusiy harakterga ega bo’lib, odam va olam munosabatlari, shahs faoliyati haqida juda boy ma’lumotlar beradi. Muhimi shundaki, bu qarashlarning umumiy mazmunini yagona nuqtada jamlovchi va zardushtiylikning tub mohiyatini ifodalovchi bosh g’oya bor: bu – go’zal ahloq, ma’naviy poklik, etuklik hamda ezgu fikr, ezgu so’z va ezgu amaldir. Bu g’oyaga alohida urg’u berilishi va inson tafakkurining mutloq borliq bilan aloqadorligining ustuvorligi jihatiga ko’ra zardushtiylik boshqa dinlardan farqlanadi.
Pedagogika fanlari doktori S.Nishonova uqtirganidek, «Avesto»dagi ahloqiy uchlik g’oyasi eng qadim davrlardan boshlab, kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ta’limiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’ldi. Bu fikrni professor I.Jabborov ham quvvatlab, «Turli diniy tasavvurlar bilan boyigan zardushtiylikni sinkretik (qorishiq) din hisoblaydi va uning boy ahloqiy g’oyasi keyinchalik jahon dinlari ta’limotlariga ta’sir ko’rsatganini» ta’kidlaydi.
Darhaqiqat, ajdodlarimizning aql–zakovoti bilan yaratilgan «Avesto» kitobida­gi ilohiy mazmun va teran pedagogik qarashlar insoniyat tafakkuri tarihi­da alohida o’rin tutadi. Asardagi ijtimoiy, ta’limiy–ahloqiy, diniy–ma’rifiy fikrlar o’zining umumbashariy mohiyati bilan hamma zamonlar uchun dolzarb va ibratlidir. Zero, O’zbekiston Respublikasi еспубликРеспубликаси Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «bu kitobda ifoda etilgan buyuk g’oyalar, falsafiy hikmatlar o’zining hayo­tiy mazmuni bilan bizni bugun ham hayratda qoldiradi». Ana shu hayotiy mazmun tarkibining katta qismi ahloq-odob masalalariga bag’ishlangandir. SHu bois, «Avesto» ezgulik falsafasi, ahloq kodeksi hamdir.
«Avesto»dagi ahloqiy qarashlarga munosabatda zardushtiylik ta’li­moti rivojidagi bosqichlar, kishilarning turli davrlarga oid turmush tarzi va ma’naviy-maishiy sharoitlarni hisobga olish zarur. Tadqiqot­larda bunday bosqichlar uchtaligi ta’kidlanadi. Jumladan:
1) Jamiyat hali sinflarga bo’linmagan davrlarda urug’, qabila va elatlarning ijtimoiy-ahloqiy qarashlari aks etgan bo’lib, unda ko’phudolilik aqidasi saqlangan va tabiat kuchlarini ilohiylashtirish mavjud edi.
2) Ko’phudolilikdan yakka Tangri Ahura Mazda ta’limotiga o’tish va Zar­dusht payg’ambarlik faoliyatining boshlanish davri.
3) Ezgulik va yovuzlik kurashi, mazdaparastlik-zardushtiylik dini ta’limoti davri.
Bu bosqichlarning har biridagi ijtimoiy-ahloqiy qarashlar «Aves­to»ning muayyan qismlarida o’z ifodasini topgan. Jumladan, birinchi bos­qichga hos qarashlar, asosan, YAsht va Vendidodda aks etsa, ikkinchi bosqich uchun bevosita muallifi Zardusht bo’lgan Got (goh)lar harakterli deb hisoblanmoqda. Uchinchi bosqichda yuqoridagi davrlarda mavjud bo’lgan qarama–qarshi aqidalar, kuchlarning yakka Tangri g’oyasi uchun murosasiz kurash jarayo­ni bayon etiladi. Ikkinchidan, deyarlik ikki ming yillik davrda shaklla­nib, takomillashib borgan bu ma’naviy ta’limot tarihiy sharoit va zamon­lar taqozosi bilan muayyan o’zgarishga uchragani tabiiydir. «Avesto»ning asl nushasi qadimgi sankrit tiliga yaqin tilda yozilgan bo’lib, turli ofat va johilliklar natijasida uning ayrim qismlari nobud bo’lgani ma’lum. So’nggi asrlarda «Avesto» qismlariga turli ahloqiy–ma’naviy, huquqiy qarash­lar, diniy urf–odatlar talqinlari qo’shilib borgan. Jumladan, sosoniy­lar sulolasining dastlabki podshohi Ardasher Bobokon Hirbadan nomli do­nishmandga «Avesto»ni qayta tiklash vazifasini buyurdi. U bir qancha zardushtiy ulomalar bilan hamkorlikda obidani qayta yozib olib, tartib beradi, shuningdek SHopur II davrida Ozarpod Mehrospod ham «Avesto»ning parokanda qismlarini to’plab, alohida majmua tuzadi . IX asrda o’rta forsiy tilda yozilgan «Dinkard» asarida «Avesto»ning tarkibiy qismlari, zardushtiylikning ahloqiy, diniy–falsafiy va ma’naviy mundarijasi haqida ma’lumotlar keltirilgan .
Zardushtiylik dini va «Avesto» kitobining shakllanish va qaror topi­shidagi bu uzoq davrlar, shubhasiz, ular g’oyaviy mazmunidagi qarashlarning tadrijiy takomili, ijtimoiy tuzumlar bilan bog’liq jihatlarini ham ifodalaydi. Jumladan, zardushtiylikning ilk kurtaklari paydo bo’layotgan ibtidoiy jamoa davri uchun harakterli ahloqiy–ma’naviy qarashlar umummanfaatlarini ifoda etgan bo’lsa, sinfiy jamiyat va mulkiy tabaqalashish kuchaya borgan sari ular mohiyatida yuqori tabaqa vakillarining manfaatlari ham aks etgan. Lekin «Avesto»ning asosiy mazmun–mohiyatini ezgu­likni ulug’lash, inson shahsining kamolotini ta’minlash uchun kurash g’oyasi belgilaydi. Zero, Zardusht ta’limoti kishilarni faqat diniy aqidalarni o’rganib, ibodat bilan shug’ullanishga da’vat etibgina qolmaydi, balki ularni fao­likka, yaratuvchilikka undab, jaholatga qarshi ma’rifat uchun intilishga ruhlantiradi. SHuning uchun ham avestoshunos olimlarning Zardusht SHarq fal­safiy tafakkuriga ahloq kategoriyasini olib kirganligini tan olishlari tasodifiy emas.
Zardushtiylik ta’limoti voqelikni ilohiy tafakkur asosida tushunish­ga asoslangan. Bu hol bashariyat ijtimoiy ongidagi dastlabki bosqichlarga oid tabiat va jamiyat haqidagi ibtidoiy tushunchalar bilan bog’liqdir. Jumladan, eramizdan avvalgi IX asrda shakllana boshlagan bu ta’limotda insonlarning tabiat hodisalarida ilohiy qudrat va pinhoniy sirni ta­savvur qilganliklari, muayyan timsollarni ularning ifodasi sifatida tushunganliklari aks etgan. Ko’phudolik ham shunday tasavvurlar natijasi­dir. Davrlar o’tishi bilan voqelikni ilohiylashtirish jarayoni yakka hudo­likka olib keldi. Natijada umuminsoniy qarashlar ham ilohiylashtirildi, dunyoviy hayot muqaddaslashtirildi. Bu hol zardushtiylik ta’limotidagi ta’limiy–ahloqiy qarashlarda ham aks etdi.
SHu bilan birga, «Avesto» va uning turli davrlarda yaratilgan qismlari mazmunida dunyoviylik, ma’bud va ma’budalar mohiyatida insoniylik (ko’pincha hukmdor, jahonpahlavon, malika) hislatlari namoyon bo’la boshladi. Boshqacha aytganda, ilohiy mifo­logik qarashlar saqlangan holda ular aniq hayotiy va inson taqdiri muammo­lari tasviriga qaratildi. Natijada barkamol inson va jamiyat munosa­bati kontseptsiyasi vujudga keldi. Mazdaparastlik ta’limotining butun mohiyati ana shu kontseptsiya talqinida namoyon bo’ladi. SHuning uchun ham «Avesto»dagi ta’limiy-ahloqiy qarashlarni o’rganish, undagi hayotbahsh g’oyalardan bugungi ta’lim tizimida foydalanishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish o’ta dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi.



Download 36,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish