Ko’rish analizatori homila taraqqiyotining 2 oyi boshlarida birinchi miya pufagining yon devorida b ir juft o ‘sim ta ko‘z pufagi paydo bo’ladi. Uning uchi kengayib, ektodermaga qarab o ‘sadi. Miyaga qo‘shilgan oyoqlari torayib ko‘ruv nervini hosil qiladi. Taraqqiyotning keyingi oylarida ko‘z pufagining oldingi devori
ichkariga botib kirib, ikki qavatli ko‘z jom ini hosil qiladi. Jom ning tashqi
devori keyinchalik to ‘r pardaning tashqi pigmentli qismiga, ichki devori esa
yomg‘lik sezuvchi qismiga aylanadi. Shu davrda ko‘z jomi oldida tuigan ektoderma qavat qalinlashadi, keyin unda gavhar chuqurchasi paydo b o ‘lib, gavhar pufagiga aylanadi. Homila hayotining 2 oyida ko‘z jomi ichiga mezenxima hujayralari o ‘sib kirib, ko‘z jom ining ichki tom onida tom irli pardani, tashqi tom onida esa fibroz pardani va qon tom iriar to ‘rini hosil qiladi. Fibroz pardaning oldingi qismi rangsizlanib, shox pardaga aylanadi. Hom ila hayotining 3 oyida ustki va pastki qovoqlar ektoderma burmalari holida paydo bo‘ladi. K o‘zning biriktiruvchi to ‘qimali pardasi (konyunktiva) epiteliyasi ham ektoderm adan taraqqiy etadi. K o‘z yoshi bezi kon‘yunktiva epiteliyasning o ‘sim talaridan homila hayotining 3 oyida qovoqlaring tashqi qismida taraqqiy etadi.
Dahliz-chig'anoq(muvozanat) a’zosi homila taraqqiyotida juda eita paydo bo‘ladi. Parda labirintning kurtagi hom ila hayotining 3 haftasida nerv plastinkasining yon
tomonida ektodermaning kengaymaa shaklida vujudga keladi. 4-haftada ektoderma
plastinkasi bukilib eshituv chuqurchasini hosil qiladi. U esa eshituv pufagiga
aylanib ektoderm adan ajraydi va 6-haftada ichkariga botadi. M urakkab
takomillashuv yo‘li bilan pufakchadan uchta yarimdoira kanallar, bachadoncha
va qopcha hosil bo‘ladi. Hom ila hayotining 3 oyida parda labirint, asosan,
hosil b o ‘lgan bo'lib, ovoz qabul qiluvchi apparat - kortiev a’zo esa hosil
bo‘la boshlaydi. Oltinchi oyda esa uning tuzilishi murakkablashadi. Parda labirint
taraqqiyoti bilan biiga uni atrofida mezenxima to'planib, keyin tog‘ayga aylanadi.
Tog‘ay va parda labirint o ‘rtasida suyuqlik bilan to ‘lgan perilimfa bo‘shlig‘i
hosil b o ‘ladi. K eyinchalik tog‘ay kapsula suyakka aylanadi. Ichki quloq
taraqqiyoti bilan b ir vaqtda tovush o ‘tkazuvchi apparat (o‘rta quloq) ham
hosil bo‘ladi. Birinchi vistseral ravoqning distal qism idan nog'ora bo‘shlig‘i
va eshituv nayi hosil bo‘ladi. Eshituv suyakchalari I-II vistseral ravoqlaming
tog‘ay qismidan rivojlanadi. Quloq suprasi esa ektoderma egati atrofida joylashgan
m ezenxima orolchalaridan rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |