Matn bo'yicha masalani tahlil qilish masala shartidan ham, uning savollaridan ham boshlanishi mumkin bo'lgan mulo-hazalar zanjiri ko'rinishida o'tkazilishi mumkin.
Masalaning shartidan savolga tamon tahlil qilishda beril-ganlar bo'yicha qanday noma'lum va arifmetik amal yordamida topilishi mumkinligini aniqlash kerak. Bu noma'lumni berilgan ma'lumot deb hisoblab, yana o'zaro bog'langan ikkita ma'lu-motni ajratish, uning yordamida topilishi mumkin bo'lgan noma'lumni va, shuningdek, mos arifmetik amalni aniqlash kerak va hokazo. Bu jarayonning bajarilishi noma'lumni hosil qilishga olib keluvchi amalni aniqlaguncha davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |