Internet saytlari:
1. www.chemistry.ru
2. www.Ziyonet.uz
Mavzu: Kimyoning asosiy tushunchalariga oid hisоblаshlаr.
Reja:
1.Atomlarning o’lchami.
2.Nisbiy va absalyut massa
Atomlar materiyaning asosiy tuzilma birligidir. Ular juda kichik bo‘lsa-da, o‘z
o‘lchamlariga ega. Ularning diametri 1Å atrofida bo‘ladi (1Å=10-10m) Hozirgi vaqtda Å o‘lchov birligi nanometr bilan al mashinib bormoqda. Bunda: (1Å= 0,10 nm; 1 nm = 1 · 10–9m). Atomlarning absolut mas sasi juda kichik kattalik. Masalan, vo dorod atomining absolut massasi 0,00000000000000000000000000167 kg yoki 1,67·10-27kg. Uglerod atomi ning absolut massasi 19,93·10-27kg. Hisoblashlar olib bo rishda ushbu absolut massa kattaligidan foydalanish o‘ziga xos qiyinchiliklarni
keltirib chiqaradi. Shuning uchun kimyoda nisbiy fizik kattalik – element- ning nisbiy atom massasi Arishlatiladi. r – inglizcha relative – nisbiy. Nisbiy atom massa – element atomi massasini 12C (uglerod–12) atomi massasining 1/12 (o‘n ikkidan bir) qismidan necha marta og‘irligini ko‘rsatuvchi kattalik.
19,93·10-27kg Uglerod (126C) atomining absolut massasini 1/12 qismi (---------- --------------- = 12 =1,66·10-27kg) ga teng bo‘lib, bu miqdor massa atom birligi (m.a.b.) deb ataladi. 1 m.a.b.=1,66·10-27kg.
Masalan, kislorod atomining absolut massasi 26,57·10-27kg ga teng bo‘lgan holda uning nisbiy atom massasi:
26,57·10-27 Ar(O) = ------------------------- = 16 ga teng. Demak, kislorod atomi uglerod atomi massa- 1,66·10-27 sining 1/12 qismidan 16 marta og‘ir.
Nisbiy atom massa – elementning miqdoriy ko‘rsatkichi. Atomning absolut massasi – element atomning haqiqiy massasi bo‘lib, u juda ham kichik massa birligiga teng.
Murakkab moddalar tarkibidagi elementlarning massa ulushini hisoblash
Modda tarkibidagi elementlarning massa ulushlari o‘nli kasrlarda, asosan (%) foiz larda ifodalanadi. O‘simliklarning yashil barglarida sodir bo‘ladigan fotosintez jarayonida ishtirok etuvchi karbonat angidrid CO2dagi uglerod va kislorodning massa ulushlarini hisoblang.
Yechish: CO2ning nisbiy molekular massasini hisoblaymiz:
Mr(CO2)=12·1 + 16·2=44.
CO2dagi O ning massa ulushini topamiz:
Ar(O) n 2·16 32
w(O) =32/44 = 0,73 yoki 73%.
Mr(CO2) 44 44
CO2dagi C ning massa ulushini topamiz:
w(C) = 12/44 = 0,27 yoki 27%.
Mr(CO2) 44
Javob: 73% O va 27% C.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Bozorov N.I., Umumiy kimyo.Toshkent: Adabiyot uchqunlari. 2017.
2. Парпиев Н.А., Рахимов Х.Р., Муфтахов А.Г. Анорганик кимё назарий асослари. Тошкент: Ўзбекистон. 2000.
Do'stlaringiz bilan baham: |