TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI O’ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI FILOLOGIYA O’ZBEK TILINI O’QITISH YO’NALISHI 419-GURUH 3-KURS TALABASI QODIROV AMIRBEKNING KOMPYUTER LINGVISTIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
O'zbek Tiliga o’qitish yaratish va takomillashtirish
Reja:
Tilning grammatik qurilishi.
Morfologiya va sintaksisning tekshirish ob’ekti.
Birikma va uning turlari.
Sintiaktik qurilma va uning turlari.
Tilshunoslikning boshqa sathlari bilan sintaksisning aloqasi.
Grammatika so’z va gap tuzilishini o’rgatadigan fandir. Har bir tilning negizini uning grammatik qurilishini va leksikasi tashkil etadi. Shuning uchun grammatik qurilish tilning asoslaridan biridir.
Grammatika morfologiya (grekcha: morfe-shakl va logos-so’z, ta`limot) va sintaksis-tuzish, qurish)ni o’z ichiga oladi.
Morfologiya so’zining tuzilishini, so’z shakllarini, ularni hosil bo’lish yo’llarini, so’zning nutqda o’zgarish qoidalarini belgilaydi – so’zlarning morfema tarkibini, leksik-grammatik kategoriyalarini, so’z turkumlarini o’rgatadi. Bundan tashqari, so’z yasalishi masalalarini ham tekshiradi.
Sintaksis – sintaktik qurilmalar va ularni hosil qiluvchi sintaktik aloqalarni o’rganuvchi bo’limdir. Sintaktik qurilmalarning so’z, so’z birikmasi, gap va matn ko’rinishida namoyon bo’lishini o’rganadi. Sintaktik qurilmalarda birikish, boglanish, tartiblanish-qurilish qonuniyatlarini tekshiradi.
Sintaktik aloqalarning ifodalanish yo’llari: grammatik vositalar, yordamchi so’zlar, so’zlar tartibi, intonatsiya.
Sintaktik munosabatlar va uning sifatlovchilik (atributiv), qarashlilik, ob`ektli va reliyativ (nisbatlanish) kabi turlarini o’rganadi.
Masalan, kelishik affikslari morfologiyada so’zning turli shakllari sifatida o’rganiladi, sintiksisda esa bu shakllarning so’z birikmasi va gapdagi vazifasi tekshiriladi, ular sintaktik munosabatning vositasi sifatida qaraladi. So’zning har bir aniq shakli butun tizimnnig bir ko’rinishidir. Har bir gapda ma`lum vazifani bajaruvchi so’z har gal shu ayrim shaklga ega bo’ladi. Tilning fikr bayon qilish tizimida so’z biror grammatik vazifani bajaradi. Demak, morfologiyadagi so’z turkumlari nutqda ma`lum gap bo’laklari vazifasini bajaradi.
V.A.Bogorodickiy aytadi: «Morfologiya ayrim kategoriyalar (so’z kategoriyalari) va ularning shakllari inventaridan iborat, sintaksis esa, bu so’z va shakllarning hammasini harakatda va hayotda, nutq tarkibida ko’rsatadi». Demak, morfologiyada so’zlarning tuzilishi o’rganiladi, sintaksisda ularning aloqasi, bog’lanishi, birikishi, qushilish yo’llari va vositalari tekshiriladi. Lekin ba`zi hodisalar (-chi, -dosh, -la kabi yasovchi affikslar) morfologiyaga xos bo’lib, sintaksisda o’rganilmaydi. Sintaksisning ba`zi hodisalari (so’z tartibi, intonaciya) morfologiyada o’rganilmaydi.
Sintaksis so’z qo’shishning yo’llarini, birikmaning maketlarini tasvirlaydi.
So’zlarning leksik-grammatik aloqaga kirishuvidan birikma hosil bo’ladi. Ular o’z xarakteriga ko’ra o’z navbatida qo’yidagi tiplarga ajratiladi.
A) qo’shma so’zlar: belbog’, qulqop, beshariq, Qoradaryo, ish haqi, ish rejasi.
B) juft so’zlar: og’a-ini, gap-so’z, ikir-chikir, osh-posh, non-pon, ot-pot.
V) murakkab so’zlar: O’bekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Samarqand davlat universiteti, O’zbekiston Davlat nashriyoti.
G) Frazeologik birikmalar? Qovog’idan qor yog’moq, mum tishlamoq, suyagi yuq.
Bu leksik birliklar sintaktik qurilma hisoblanmaydi. Bundan tashqari, ba`zi analitik shakllari ham sintaktik qurilma sanalmaydi: sen uchun, oy kabi, dadam bilan.
Sintaksisning tekshirish ob`ekti har qanday birikma emas, balki sintiaktik qurilmadir.
Ma`lum grammatik qoidalar asosida hosil bo’lgan birikmalargina sintaktik qurilma sanaladi: baland uy, vatanni sevmoq, Zarafshonning shamoli. Paxta ochildi, ug’lim-talaba.
Sintaktik qurilmalar tuzilishiga ko’ra uch tipga bo’linadi: 1) bir so’zli qurilmalar; 2) ikki so’zli qurilmalar; 3) ko’p so’zli qurilmalar.
Bir so’zli sintaktik qurilmalar birigina mustaqil ma`noli so’z bilan shakllanadi va so’z-gap, bir so’z shaklidagi nominativ, vokativ, atov gaplarni, shuningdek, kelaman tipidagi bir tartibili gaplarni o’z ichiga oladi.
Ikki so’zli sintaktik qurilma o’z xarakteriga ko’ra: sodda so’z birikmasidan (Gulnoraning kitobi, Ma`rifatning rasmi) va sodda yig’iq gapdan (Gulnora o’qidi, Ma`rifat keldi) tashkil topadi.
Ko’p so’zli sintaktik qurilmalar ikkidan mustaqil so’zning birikishidan iborat bo’ladi: Guj bo’lib turgan ettita xira yulduz (murakkab birikma). Halol mehnat qilish eng yaxshi odat (yoyiq gap).
Sintaktik qurilmalar mazmuni va fikriy tugalligiga ko’ra ikki xil bo’ladi: 1) nomustaqil yoki ochiq qurilma: uning qizi, kanalning qazilishi, kitobni o’qimokq. 2) mustaqil yoki yopiq qurilma: Uning qizi gapirdi. Kanal qazidi. Sintaktik qurilmalarning bu xususiyatlarini ikki aspekt – so’z birikmasi va gap sintaksisi aspektida tekshirishni taqozo etadi. Sintaksis predmeti yuzasidan tilshunoslikda xilma-xil qarashlar mavjud. O’zbek tili sintaksisiga doir barcha adabiyotlarda sintaksisning ikki biriligi: so’z birikmasi va gap haqida so’z yuritiladi. Ayrim ishlarda sintaksis uch birlik: so’z birikmasi, gap va qo’shma gap haqidagi ta`limot ekanligi ta`kidlanadi.
Hozirgi kunda sintaksis urganish ob`ektiga ko’ra to’rtga ajratilmoqda: 1) so’z birikmasi sintaksisi; 2) gap sintaksisi; 3) qo’shma gap sintaksisi; 4) matn sintaksisi.
Nutqning ayrimlikka, o’zicha tugallikka ega bo’lgan parchasi gapdir. So’z birikmasi bunday xususiyatga ega emas, u gap tuzish vositasidir. Shuning uchun sintaksisning asosiy o’rganish ob`ekti gapdir. Gap fikrni ifoda kiluvchi nutq birligidir. Sintaksis tilshunoslikning barcha sathlari – fonetika, morfologiya, leksikologiya bilan teng huquqli bo’lib, ular bilan aloqadordir. Bu sohalar bir-birisiz yashay olmaydi. Tilning yaxlit sistemaligi ham ana shunda namoyon bo’ladi.
Morfologiya va sintaksis bir-birini to’ldiradi. Sintaktik kategoriyalar bilan bog’liq holda o’rganilad. Masalan, sodda gaplar paradigmasi morfologik kategoriyalar asosida bayon qilinadi.
Ba`zan til hodisalari (kelishiklar, yordamchi so’zlar) ham morfologiyada, ham sintaksisda o’rganiladi.
So’zning gap ichida haqiqiy hayotga ega bo’lishi, nutq ichida qo’llanishini nazarda tutgan. Bunda sintaksisining leksika bilan ham bog’liq ekanligi anglashiladi. Gapning zarur belgilaridan biri intonaciya sintaksisning fonetika bilan ham bog’liqligini ko’rsatadi.
Sintaksis bog’li nutqni tekshiradi. Bog’li nutqni bo’laklarga ajratib, uning tarkibiy qismlari orasidagi har xil munosabatlarni aniqlash muxim nazariy-uslubiy ahamiyatga egadir.
Sintaktik qurilma hosil qilishda material element – so’zlar ishtirok qiladi. So’zlarning bir-biri bilan qushilib birikma hosil qilishi uchun ularning semantik-grammatik tomonlari mos kelishi lozim. Chunki so’zlarning o’z qushilish imkoniyatlari mavjud. Masalan, sifat ot bilan birika oladi (qizil olma: predmet va uning belgisi), ot fe`l bilan birika oladi (qush uchayapdi: narsa va uning harakati). Bu xil moslik bo’lmaganligi uchun sifat bilan son birika olmaydi. So’zlarning bunday birikish imkoniyatlari valentlik sanaladi. So’z sintaktik qurilmaning elementar birligi bo’lib, u ham sintaktik birlik sanaladi. So’z har gal sintaktik qurilmani hosil qilishda ma`lum bir shaklda ishtirok qiladi. Bu shakl sintaktik vazifaga ega bo’ladi.
So’zlarni biriktiruvchi vosita-sintaktik vosita sifatida affikslar, yordamichi so’zlar, intonaciya va so’z tartibi ishtirok qiladi.
O’zaro grammatik va mazmuniy jihatdan bog’lanib, ob`ektiv borliqdagi narsa va xodisalarning nomini bildiruvchi sintaktik birlik – nopredikativ birlik so’z birikmasidir. So’z birikmasi doimo ikki qismdan: hokim va tobe qismdan iborat bo’ladi. So’z birikmasi xokim so’z valentligining yuzaga chiquvidan, uning imkoniyat tarzidagi bo’sh o’rinlarining to’ldirilishidan vujudga keladi.
Nopredikativ aloqa – ikkinchi darajali bo’laklarning xokim bo’lak bilan aloqasidir. Nopredikativ aloqa so’z birikmasini tashkil qiladi.
So’z birikmasida xokim bo’lak talabi bilan tobe bo’lak muayyan grammatik shaklda keladi. Shuning so’z birikmasi uchun faqat tobe qismning qanday grammatik shaklda kelayotgani ahamiyatli bo’ladi: o’qituvchining hikoyasi, qanddan shirin, sutni ichmoq, sekin so’zladi.
So’zlarning har qanday nopredikativ bog’lanishi so’z birikmasini hosil qila bermaydi. Shuning uchun ham so’zlarning nopredikativ bog’lanishi ikkiga bo’linadi: 1) erkin bog’lanish; 2) turg’un bog’lanish.
Erkin bog’lanish so’z birikmasini, turg’un bog’lanish esa frazeologiyaning tekshirish ob`ektidir. Qiyoslang: qizil olma, kitobni o’qimoq; yuragini olmoq, og’zi ochilmoq.
Sintaksisning asosiy birligi gapdir. Gap boshqa sintaktik birliklardan predikativli belgisi orqali farqlanadi. Predikativlik gapning shakllar tizimidagi qismlarga ajralmaydigan grammatik ma`nodir.
Predikativlik shaxs-son, zamon, mayl, Tasdiq-inkor ma`nolari va bu ma`nolarni ifodalovchi shakllar yig’indisidan tashkil topadi.
Predikativli gapning asosiy grammatik kategoriyali bo’lib, u tasdiq, inkor, modallik (mayl), zamon, shaxs, mon kategoriyalari sintezidan iborat. Gap atamasi umumlashgan birlik, moxiyat sifatida til birligini ham, reallashgan birlik, hodisa sifatida nutq ham ifoda etadi.
Hozirgi kunda gap sathida til va nutq hodisalarini farqlashda til birligi uchun gap, nutq birligi uchun jumla atamalaridan foydalanmoqdalar.
Predikativ aloqa asosida shakllangan gaplar o’z xarakteriga ko’ra ikkiga bo’linadi: 1) sodda gap – monopredikativ birlik; 2) qo’shma gap -- polipredikativ birlik.
Sodda gaplar monopredikat asosga egadir; chunki gapning semantik hamda uyushtiruv markazida birgina predikat bo’ladi. Har kanday gapning semantik va uyushtiruvchi markaz predikat sanaladi. Shuning uchun gapning butun tavsifi predikat asosida izoxlanishi lozim.
Predikat xarakteriga ko’ra, sodda gapni ikki guruxga ajratish mumkin: 1) Fe`l asosli gaplar; 2) ot asosli gaplar.
Fe`l asosli gaplarda fe`ldan ifodalangan sintaksema ikki xil vazifa bajaradi: 1) gal elementlarini tashkil etish (bog’lanish) 2) gapni gap qilib shakllantirish.
Fe`l asosli gaplarda sub`ekt ma`noli ham berilgan bo’ladi. Chiqiradi, chaqiradi. Qani endi o'rtog’i churq etsa (V.Ro’zimatov).
Tuzilish va mazmuniy markaz ot predikatlardan iborat bo’lgan gaplar ot asosli gaplar sanaladi. Ot predikatlar turli-tuman ma`nolarni ifodalaydi: mavjudlik bildirish, ikki ob`ektni tenglashtirish, ma`lum ob`ektni: 1) mavjudlik bildiruvchi gaplarni: 2) tenglashtiruvchi gaplar; 3) tavsiflovchi gaplar.
Masalan: Yuq, yaqindan kvasan, xat bor sahroda (A.Muxtor). Komil bo’lish imkoniyati xar bir kimsada mavjud (R.Fish). Kuk piyozlar urug’lab yotibdi (U.Xoshimov). Sahro jonli, axir. Mana, oyoq ostida (A.Muxtor). Ukam – shaxarda. O’ushma gap til sintaktik sathining oliy – polipredikativ birligidir. Qo’shma gaplarda murakkab hukm ifodalanadi.
Muayyan voqea ifodachisi gap bo’lsa, voqealar o’rtasidagi munosabatlarning ifodachisi qo’shma gapdir. Shuning uchun ularda bir necha predikat ishtirok etadi: Sen gapga tushsang hamma xursand bo’ladi. Sen gapirganingga qaramay, hamma xursand bo’ladi. Bu qo’shma gaplarda ayni bir voqealar ifodalangan, lekin bu vo-ealar o’ratsidagi munosabatlar har xil, ulardagi shart, payt to’siqsizlik munosabatlari ifodalangan.
Xullas, ikki yoki undan ortiq voqea orasidagi munosabani ifodalovchi qo’shma gap – polipredikativ shakldir. So’zlar o’zaro sintaktik bog’lanib, tushuncha ifodalovchi birlik – so’z birikmasi paydo bo’ladi. U gapning tarkibida shakllantiruvchi element bo’lib xizmat qiladi. So’z birikmasi fikr ifoda etmaydi. Fikr ifodalash vazifasini gap bajaradi. Shunga ko’ra, sintaksisning bosh birligi gap sanalib, so’z birikmasi gapning tarkibiga kiradigan yordamchi birlikdir. Tilning sintaktik birliklari gap va so’z birikmalari turli vositalar orqali so’zlarning birikishidan hosil bo’ladi.
Gap va so’z birikmalari bir-biridan qo’uyidagi belgilari bilan farqlanib turadi: 1. Gap predikativ aloqa asosida shakllangan predikativ sintaktik birlik: Ko’chada sizlarni boboy kutib turibdi (Oybek) – Nega chizding? – Chizdim (X.To’xtaboyev). so’z birikmasi nopredikativ aloqa asosida shakllangan nopredikativ sintaktik birlik: soyadek ergashmoq, qo’lni bermoq, sening ukang. 2. Gap bir so’zli ham bo’la oladi: -- Bobo, --dedim. –Yugur (Gayratiy). –A-a? –dedi yisi (X.Nazir). so’z birikmasi esa kamida ikki so’zli bo’ladi: Shoiraning kitobi, xayronligidan yashirdi, Xabibaning ko’zi.
Bundan tashqarixar bir, gapning o’ziga xos xarakterli belgilari mavjud: fikr va xis-tuyg’uni ifodalash, muayyan struktura va modelga ega bo’lish, ma`no va grammatik butunlik, predikativlik va nisbiy intonacion tugallik.
Ikki tomonlama aloqa hozirgi kungacha moslashuvli aloqa tarkibida o’rganilib kelinmoqda.
Ikki tomonlama aloqada ikki sintaktik shakl o’zaro ham chapdan o’ngga qarab, ham o’ngdan chapga qarab ikki tomonlama bog’lanadi. Har ikki sintaktik shakl bog’lovchi vosita oladi. Bu xil aloqada sintaktik shaklning birini hokim, ikkinchisini tobe deb bo’lmaydi. Tobelanishning bir yunalishida hokim qism, boshqa yunalishida tobe vaziyatni egallaydi. Masalan: mening uyim, mening akam. Bu xil qaratuvchi-qaralmish aloqasi tobelanishning bir tomonlama yunalishiga asoslangan tobe aloqadan tubdan farq qiladi. Shuning uchun sintaktik aloqaning bu turi uchun tobedosh aloqa1, munosabatdorlashish2 atamalarini qo’llaydilar. Biznincha, bu aloqani muvofiqlashuv deb atash maqsadga muvofiq.
Bir tomonlama aloqada tobelashish yo chapdan o’ngga qarab, yo o’ngdan chapga qarab yunaladi. Tobe qism tobelashtiruvchi vosita yordamida hokim qismga bog’lanadi: hovliga ko’chmoq, qaychi bilan kesmoq, men keldim, sekin ishlamoq, xayrlashib ketmoq.
Bir tomonlama aloqaning, dastlab, ikki turi farqlanadi: a) bog’li aloqa; b) erkin aloqa.
Tobe qismning qanday shaklda kelishi hokim qismga bog’liq bo’lgan aloqa bog’li aloqa sanaladi. Masalan, xatni yoz birikmasida tobe qism o’timli fe`ldan ifodalangan hokim qism talabiga asosan tushum kelishigida keladi.
Bog’li aloqa, o’z xarakteriga ko’ra, uch turga bo’linadi: moslashuv, boshqaruv, bitishuv.
Boshqaruvda bir so’z boshqa so’zning talabi bilan o’z shaklini o’zgartiradi. Tobe so’z hokim so’zga qarab ma`lum shaklga kiradi. Boshqacha qilib aytganda, bosh so’zning ma`no talabiga ko’ra tobe so’zning muayyan vositali kelishik shaklida yoki ko’makchi yordami bilan bosh so’zga bog’lanishi boshqaruv sanaladi.
Boshqaruvda xokim bo’lak boshqaruvchi bo’lib, tobe bo’lak boshqariluvchi sanaladi. Boshqariluvchilik rolini fe`llar bajara olganidek, ba`zi sifatlar, ravishlar ham bajaradi. Shunga ko’ra, boshqaruv ikkita bo’linadi:
Fe`l boshqaruvi: To’ldi bug’doy, sholiga birmuncha ombor paxtadan (Ashuladan).
Ot Boshqaruvi: Asal qanddan shirin.
Boshqaruv harakat bilan ob`ekt munosabatini ifodalaydi. Bundan tashqari, boshqaruv tug’ri boshqaruv holatida va vositali boshqaruv holatida bo’ladi.
Tobe so’zning bosh so’zga kelishik shakli orqali bog’lanishi to’g’ri boshqaruv yoki kelishikli boshqaruv deyiladi. Ko’makchi yordam bilan bog’lanishi vositali yoki ko’makchili boshqaruv deyiladi. Masalan: Xolmurod yangi kuch, yangi ilxom bilan sinfga kirdi (P.Tursun).
Boshqaruvda Xar qanday mustaqil so’z boshqaruvchi so’z bo’la oladi: Vatanga muxabbat (ot), qordan oq (sifat), shamoldan tez (ravish), kitobni o’qish (harakat nomi), beshdan uch (son), qishloqdan kelgan (sifatdosh). Boshqaruvda bosh so’zning shakli o’zgarsa ham tobe so’z o’zgarmay – o’zicha qoladi: kitobni o’qidim, kitobni o’qiding.
Bitishuv so’zlarning aloqasi tartib va intonaciya orqali ifodalanadi.
Turlanmaydigan va tuslanmaydigan so’zlarning hech qanday vositasiz faqat ma`no tomondan bosh so’zga bog’lanishi bitishuv deyiladi: yangi klub, salqin shamol, tez yurmoq.
Demak, bitishuvda hech qanday grammatik belgi bo’lmaydi. Masalan: Sahro asta-sekin bo’shadi. Barakali mehnatning zavqli sho’x ashula sadosida aks etmoqda.
O’zbek tilida birikmalar quyidagi so’z turkumlari bilan tuziladi:
RavishQfe`l: Dokladchi sekin gapirdi.
RavishdoshQfe`l: kulib so’zladi.
SifatdoshQfe`l o’qigan, o’qitdi.
Taklidiy so’zQfe`l: pik-pik yig’ladi.
Sifat (olmosh, ravish, son kabi) Qot: keng dala, beshta o’quvchi, yangi bino, bu bola, uch bahodir.
Otlar ham gapda sifatlovchi vazifasida kelganida o’z sifatlanmishlariga bitishuv yuli bilan bog’lanadilar6 anor yuz. shisha osmon kabi. Bunda sifatlovchi otlar sifatlanishning materialini (pulat pichoq, temir qoshiq), o’xshishligini (pulat bilk, qalam qosh, cho’lpon kuz, zumrad tog’), nimaga xoslanganligini (ot to’rva, tish cho’tka), jinsini (qiz bola, o’g’il bola) bildiradi.
Moslashuvda so’z birikmasi tarkibidagi hokim qism shakliga tobe qism o’z shaklini moslab, muvofiqlashtirib keladi.
Moslashuv aloqasi so`z birikmasi tarkibida uchramaydi, u predikativli munosabatda uchraydi.
Hozirgi o`zbek tilida ega va kesim moslashuv yo`li bilan bog`lanadi.
Kesim ega bilan shaxs va sonda moslashadi. Masalan: Kuz boshlanadi. Uzumlar uzildi. Toklar kumildi. (“Sharq yulduzi”). Lekin ba`zan ega va kesim sonda doimo moslashishi shart emas: o`quvchilar keldilar, o`quvchilar kelishdi, o`quvchilar keldi.
Shunga ko`ra, moslashuvda to`liq va to`liqsiz moslashuvni kuzatish mumkin.
Bog`li aloqalarni barcha turlari orqali tobe qism xokim qismning valentligini yuzaga chiqarish uchun xizmat qilsa, erkin aloqada tobe qism xokim qismning valentligini yuzaga chiqarmaydi.
Erkin aloqa bog`li aloqa tarkibidagi boshqaruvga uxshaydi. Shuning uchun hozirgi o`zbek tilshunosligida bunday birikmalar ot boshqaruvi nomi ostida o`rganilmoqda.
Erkin aloqaga kiruvchi birikmalar boshqaruvdan muhim belgisi bilan farqlanadi.
Erkin aloqada xokim qismning umumiy kotegorial ma`nosi ham, xususiy grammatik ma`gosi ham tobe qismni boshqaruv shaklida kelishini talab etmaydi. Masalan, sovg`a, xat, raxmat, so`zlari o`zlari uchun izchil bir shaklni talab etmaydi. Bolalarga sovg`a, bolalardan sovg`a, bolalarda sovg`a: akamdan xat, akamga xat, xat; yordamingizga raxmat kabi. Bu xil birikmalarida boshqarish emas, balki shakllarga nisbatan betaraflik o`z ifodasini topgan.
Bunday birikmalarning bir guruhi boshqaruvchi fa`lninn tushib qolishi natijasida ruy bergan kontaminvtsiya xodisasining maxsulidir.
Masalan, mehrobdan chayon, tobutdan tovush birikmalari mehrobdan chiqqan chayon, tobuttdan chiqqan tovush boshqaruvli birikmalar asosida shakllangan.
Birinchi birikmada tobutdan, mehribon so`zlari xokim qism (chiqqan)ning umumiy kotegorial ma`nosi (fe`lligi), xususiy kotegorial ma`nosi (utimsizligi, aniq nisbati), mazmuniy maydoni (yo`nalish harakati) talab etgan grammatik shakl (chiqish kelishigi)da kelgan. Ikkinchi birikmaning tobe qismi xokim kimga bitishuv bog`langan. Natijada boshqaruv barham topadi.
So`z birikmalarining ba`zi ko`rinishlaridan ko`makchi fe`l tushib qoladi.
Boshqaruvchi fe`lning tushib qolishi natijasida boshqaruv barham topadi: menga ijozat, uydagilarga salom birikmalari aslida menga ijozat bering; uydagilarga salom ayting tarzida bo`lishi kerak edi.1
Ulardan boshqaruvchi fe`lning tushib qolishi natijasida boshqaruv munosabati barham topgan. erkin aloqa asosida shakllangan bu xil birikmalar ilmiy adabiyotlarida determinant atamasi bilan nomlanmoqda.
Sintaktik aloqani ifodalovchi vositalar. Gapda so`zlar turli vositalar yordamida sintaktik aloqaga kirishadilar. Bu vositalar quyidagilardan iborat:
Formal-grammatik vositalar. Sintaktik aloqalarni ifodalashda, asosan, so`z o`zgartiruvchi affikslar ishtirok etadi.
Sintaktik aloqalarning ifodalanishlarida shakliy vositalar sifatida turlovchilar: egalik, kelishik affikslari va tuslovlari va tuslovchi (shaxs-son) affikslar ish ko`radi. Masalan; mening vatanim (kelishik va egalik), vatanimni sevaman (kelishik va shaxs-son).
Egali affikslari mansublikni bildirib, predmetni kimga yoki nimaga qarashli ekanligini ko`rsatadi; mening kitobim.
Kelishiklar harakat bilan ob`ekt orasidagi aloqani ko`rsatadi; kitob o`qimoq:
Tuslovchilar sub`ekt bilan ning harakati yoki sub`ekt bilan uning belgisi o`rtasidagi munosabatni bildirib, shaxs-son, zamon kabi ma`nolarni ifodalaydi: men talabaman.
Leksik-grammatik vositalar. Bularga ko`makchi, bog`lovchi, yuklama, bog`lamalar kiradi. Ular mustaqil so`zlar bilan birga qo`llanib, so`zlar orasidagi sintaktik aloqalarni ko`rsatadi: xalq bilan yashamoq, maktab uchun olmoq; Meni kutgil va men qaytarman; keldida ketdi; men o`qituvchi bo`laman:
So`z tartibi. Bunda ikki xolatda e`tibor berish kerak:
a) tartib o`zgarishi ma`lum slistik farqlanishlarini ko`rsatsada, grammatik o`zgarishlarga olib kelmaydi: chamanda gul ochilibdi-gul chamanda ochilibdi-ochilibdi gul chamanda.
b) birikma morfologik ko`rsatkichlarsiz shakllangan bo`lsa, so`z tartibining o`zgarishi bilan boshqa mazmun anglatuvchi yangi qurilma tug`iladi: ona-ona mehribon. Qizargan olma-qizargan. Yaxshi bola gapirdi-bola yaxshi gapirdi.
4. Intonatsiya. Intonatsiya tushunchasi ovozning ko`tarilishini, pasayishi, tushishi, uzilishi, to`xtashi, Yana boshlanishi, sunishi, shuningdek, urg`u, paza, ritmika, melodika kabi xodisalarni o`z ichiga oladi.
Intonatsiya sodda va qo`shma gaplarni, gap bo`laklarini ajratishda, qo`shma gap turlarini shakllantirishda muhim rol` uynaydi: Men borsam sen ketibsan (payt ergash gap). Men bordim-sen ketibsan (bog`lovchisiz qo`shma gap).
Do'stlaringiz bilan baham: |