Ogʻzaki muloqot kommunikativ jarayon bilan bevosita bogʻliq boʻladi, shuning uchun har kim ifodalayotgan fikriga mos soʽzni, gapni tanlay olish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak. Ogʻzaki muloqot tayyorgarliksiz, ya’ni favqulodda yuzaga keladi, shuning uchun kishi oʽz nutqida voqeylikdan uzoqroq soʽzni ishlatib yuborishi ham mumkin. Natijada aytilgan nutq nishonga borib tegmaydi, koʽzlangan maqsad amalga oshmay qoladi. Ogʻzaki muloqot jarayonida odam bir vaqtning oʽzida fikrlaydi hamda soʽzlaydi, Shuning uchun voqeylikka mos soʽzlarni tanlashga deyarli imkoniyat boʻlmay qoladi. - Ogʻzaki muloqot kommunikativ jarayon bilan bevosita bogʻliq boʻladi, shuning uchun har kim ifodalayotgan fikriga mos soʽzni, gapni tanlay olish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak. Ogʻzaki muloqot tayyorgarliksiz, ya’ni favqulodda yuzaga keladi, shuning uchun kishi oʽz nutqida voqeylikdan uzoqroq soʽzni ishlatib yuborishi ham mumkin. Natijada aytilgan nutq nishonga borib tegmaydi, koʽzlangan maqsad amalga oshmay qoladi. Ogʻzaki muloqot jarayonida odam bir vaqtning oʽzida fikrlaydi hamda soʽzlaydi, Shuning uchun voqeylikka mos soʽzlarni tanlashga deyarli imkoniyat boʻlmay qoladi.
- Bunda xotiraning roli katta. Agar xotira sust boʻlsa, ogʻzaki muloqotda gap tuzilishi, soʽz birikmalari oʽzaro mantiqan va grammatik jihatdan bogʻlanmay qoladi.
- U qanday shaklda namoyon boʻlgan boʻlsa, shundayligicha tinglovchiga yetib boradi.
- Ya’ni nutqning tejamkor boʻlishi uchun ba’zi gap boʻlaklari tushiriladi. Toʻliqsiz gaplar koʻp qoʻllanadi. Ogʻzaki muloqotda takrorlar, qaytariqlar koʻp uchraydi.
Ogʻzaki muloqotda soʽzlovchining faol nutqiy harakati pauza (toʻxtam), ohang, urgʻu, unlilarning choʽzib talaffuz etilishi; turli xil jest (imo-ishora)lar, mimika (qiyofaning oʽzgarishi)lar fikrning tinglovchiga yetib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. - Ogʻzaki muloqotda soʽzlovchining faol nutqiy harakati pauza (toʻxtam), ohang, urgʻu, unlilarning choʽzib talaffuz etilishi; turli xil jest (imo-ishora)lar, mimika (qiyofaning oʽzgarishi)lar fikrning tinglovchiga yetib borishida muhim ahamiyat kasb etadi.
- Gapga ustalikni talaffuz ravonligidan ayricha tasavvur etib boʻlmaydi.
- Ogʻzaki muloqot ma’lumot yoki xabar ogʻzaki soʽzlar orqali almashilganda sodir bo`ladi. Bu ham yuzma-yuz, ham mexanik uskunalar orqali bajarilishi mumkin. Va aniqki, ikkala holatda ham bu tashkilotda muhim ahamiyatga ega. Tashkilotda yuzma-yuz muloqot konferensiya, guruh muhokama, shaxsiy suhbat va shu kabilar orqali bajarilishi mumkin. Mexanik uskunalar zamonaviy biznes muloqot jarayonida muhim rol o‘ynaydi va oʽz ichiga signallar, telefon, mobil telefoni, elektron pochta, faks va hokazolarni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |