Referatning tuzilishi:
1) titul varag’i;
2) har bir masala, kichik masala (band) sahifalari ko’rsatilgan ish rejasi;
3) kirish;
4) materialning masalalar va kichik masalalar (bandlar)ga bo’lingan
matnli bayoni, muallif foydalangan manbalarga zaruriy qaydlar ham ko’rsatiladi;
5) xulosa;
6) foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;
7) jadvallar, diagrammalar, grafiklar, rasmlar, sxemalardan iborat ilovalar.
Referatda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati qat’iy belgilangan tartibda tuziladi:
1. O’zR qonunlari.
2. O’zR Prezidenti farmonlari.
3. O’zR Hukumati qarorlari.
4. Me’yoriy hujjatlar, yo’riqnomalar.
5. Kitoblar, davriy nashrlarda e’lon qilingan maqolalar.
6. Internetdan olingan axborot manbalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |