Oqibatda u xudoning qarg’ishiga uchraydi, endi odamzot abadiylikdan mahrum bo’ladi. Endi odamzot tiriklik tavshishlariga, ya’ni yeb-ichish zaruriyatiga, kasallik va o’limga yuzma-yuz bo’ladi. Axriman Axuramazda tanidan ajralib chiqib yovuzliklar yaratishga tutinadi. Endi odamzot hayotining birinchi davri tugab, ikkinchi davri boshlanadi. Bu davrda dunyo azaliy ezgulik bag’riga qaytarilishi uchun kurash boshlanadi. Dunyoni azaliy ezgulik bag’riga qaytarishning birdan-bir yo’li esa pok hayot; halol mehnat; yaratuvchanlik; yovuzlikni qalbdan chiqarib tashlash; iymonli-e’tiqodli bo’lish; miskinlarga yordam berish; yaxshi niyat va yaxshi so’zdir.Ikkinchi davr Zardusht faoliyati va uning diniy islohoti bilan bog’liq bo’lib, u din va iymon uchun beomon kurashdan iboratdir. 3000 yillik kurashdan so’ng Zardusht farzandi boshchiligida dunyoda osoyishtalik va farovonlik davri yuzaga keladi, yovuzlik timsoli bo’lgan dev — Axriman yengiladi. - Oqibatda u xudoning qarg’ishiga uchraydi, endi odamzot abadiylikdan mahrum bo’ladi. Endi odamzot tiriklik tavshishlariga, ya’ni yeb-ichish zaruriyatiga, kasallik va o’limga yuzma-yuz bo’ladi. Axriman Axuramazda tanidan ajralib chiqib yovuzliklar yaratishga tutinadi. Endi odamzot hayotining birinchi davri tugab, ikkinchi davri boshlanadi. Bu davrda dunyo azaliy ezgulik bag’riga qaytarilishi uchun kurash boshlanadi. Dunyoni azaliy ezgulik bag’riga qaytarishning birdan-bir yo’li esa pok hayot; halol mehnat; yaratuvchanlik; yovuzlikni qalbdan chiqarib tashlash; iymonli-e’tiqodli bo’lish; miskinlarga yordam berish; yaxshi niyat va yaxshi so’zdir.Ikkinchi davr Zardusht faoliyati va uning diniy islohoti bilan bog’liq bo’lib, u din va iymon uchun beomon kurashdan iboratdir. 3000 yillik kurashdan so’ng Zardusht farzandi boshchiligida dunyoda osoyishtalik va farovonlik davri yuzaga keladi, yovuzlik timsoli bo’lgan dev — Axriman yengiladi.
Uchinchi davrda qiyomat-qoyim boshlanadi va uliklar tirilib, xudo huzuriga o’z qilmishlari haqida hisob bergani borishadi. Hamma ishlardan xabardor bulgan va hisob-kitob qilgan xudoni aldab bo’lmaydi.Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, odam o’lganidan so’ng, uning joni 3 kun davomida tanada turadi, 4-kuni o’z mahrami — go’zal qiz qiyofasidagi farishta yo’lboshchiligida narigi dunyodagi «Chinvot» (qil ko’prik) degan ko’prikdan o’tishi kerak. Ezgu ishlar qilgan odamlar uchun bu ko’prik kengaygan holda turadi, ular undan bemalol o’tib, jonlari abadiy rohat-farogatda ketadi va oxiratda, o’liklar tiriladigan kunda o’z tanalariga kirishni kutib yotadilar. yovuz ishlar bilan shug’ullanganlarga esa «Chinvot» ko’prigi qilday torayadi va ular jahannam azoblariga mahkum bo’ladilar. Yaxshilar yana o’z tanalaidda yashashni davom ettiradilar. Odamlar dunyoga har 3 ming yilda qaytib turadilar. - Uchinchi davrda qiyomat-qoyim boshlanadi va uliklar tirilib, xudo huzuriga o’z qilmishlari haqida hisob bergani borishadi. Hamma ishlardan xabardor bulgan va hisob-kitob qilgan xudoni aldab bo’lmaydi.Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, odam o’lganidan so’ng, uning joni 3 kun davomida tanada turadi, 4-kuni o’z mahrami — go’zal qiz qiyofasidagi farishta yo’lboshchiligida narigi dunyodagi «Chinvot» (qil ko’prik) degan ko’prikdan o’tishi kerak. Ezgu ishlar qilgan odamlar uchun bu ko’prik kengaygan holda turadi, ular undan bemalol o’tib, jonlari abadiy rohat-farogatda ketadi va oxiratda, o’liklar tiriladigan kunda o’z tanalariga kirishni kutib yotadilar. yovuz ishlar bilan shug’ullanganlarga esa «Chinvot» ko’prigi qilday torayadi va ular jahannam azoblariga mahkum bo’ladilar. Yaxshilar yana o’z tanalaidda yashashni davom ettiradilar. Odamlar dunyoga har 3 ming yilda qaytib turadilar.
- Bugungi kunda Zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi aholi Hindistonning Bombay, Gujarot shtatlarida, shuningdek, kam sonli bo’lsada Eronda yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |