Markaziy Osiyoda O’rta asrlar falsafasi. SHarq yoki Musulmon Renessansi tushunchasi. Tarixda O‘rta asrlar tushunchasi odatda milodiy V - XV asrning boshlarini o‘z ichiga oladi. Lekin, aynan shu davr mobaynida Sharq va G‘arb mamlakatlarining madaniy rivojlanishlari bir-biridan jiddiy farq qilgan. Yevropada bu davrda xristian dini va cherkovining jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan hukmronligini o‘rnatganligi, falsafa, adabiyot, san‘at faqat diniy sxolastikaga xizmat qilganligi, har qanday ilmiy izlanish yoki erkin fikrlash taqiqlanganligi
ma‘lum. Lekin Sharqda, xususan, Musulmon Sharqida aynan shu davrda ma‘naviy va madaniy rivojlanish yuz bergan bo‘lib, uni Arab Renessansi, Musulmon Renessansi yoki islom mafkurasi, madaniyatiing ko‘pgina Sharq mamlakatlarida keng tarqalganligi sababli Sharq Renessansi deb ham atashadi. Bu davrda ― “Baytul Hikma” nomi bilan mashhur bo‘lgan fan va madaniyat markazlari paydo bo‘ldi. Bu ilk Sharq akademiyasi hisoblanib, u Abbosiy xalifa Ma‘mun ibn Ma‘mun (813-833) davrida yaratilgan. Bu akademiyaga Markaziy Osiyodan chiqqan buyuk matematik Muso al-Xorazmiy rahbarlik qilgan bo‘lib, ―”algoritm”, ―”algebra” kabi matematik atamalarning kelib chiqishi uning nomi bilan bog‘liqdir. Mazkur akademiyada Yevropada-”Alfragamus” nomi bilan mashhur bo‘lgan farg‘onalik Ahmad ibn Muhammad Farg‘oniy ham ijod qilgan. Uning ―”Ilmi nujum asoslari” asari Yevropada XVI asrga qadar falakiyot ilmi bo‘yicha asosiy darslik bo‘lib kelgan. Somoniylar davlatida Xorazmshoh Abdulabbos Ma‘mun (999-1016) hukmronligi davrida Xorazmda yana bir akademiya barpo etildi. Unga mashhur tabiatshunos olim va tarixchi Abu Rayhon Beruniy, buyuk faylasuf va alloma olim, Yevropada “avitsenna” nomi bilan mashhur bo‘lgan Ibn Sino boshchilik qildi. U qoldirgan bebaho meros keyinchalik jahon ilm-fani va falsafasi rivojiga katta ta‘sir ko‘rsatgan. Keyinroq, Saljuqiylar hukmronligi davrida yana bir boshqa ilmiy markaz paydo bo‘ldi. U vazir Nizomumulk sharafiga Nizomiya deb ataldi. Unda mashhur ilohiyotchi, so‘fiylik ta‘limotining nazaryotchisi al-G‘azzoliy ijod etgan. Ilk o‘rta asrlar Musulmon Sharqida yuz bergan madaniy ko‘tarinkilik nafaqat dunyoviy, balki diniy ilmlarning rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Bu jarayonni rivojlantirishda hukmronlik qilgan halifalarning homiyligi ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Masalan, al-Ma‘mun (813-833) halifalik qilgan davrda Bag‘doddagi akademiyada tarjimonlar va hattotlardan borat ijodiy guruhh tashkil etilib, ular Platon va yangi platonchilar, Aristotel va uning sharhchilarining falsafa va mantiqshunoslikka, Gippokrat va Gallenlarning tibbiyot ilmiga, Evklid, Arximed va Ptolomeylarning matematika hamda astronomiyaga oid mumtoz asarlarini arab tiliga o‘girdilar va keng tarqalishiga xizmat qildilar. Bu o‘z navbatida yunon falsafasi va ilmining Sharq mamlakatlariga kirib kelishiga hamda uning keyingi rivojiga kuchli ta‘sir ko‘rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |