O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
Termiz Davlat Universiteti
Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti
Iqtisodiyot yo’nalishi 1-IQT-20-guruh talabasi
Olimov Jaloliddinning
Makroiqtisodiyot fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu: Soliqlarning makroiqtisodiy roli va mohiyati
Topshirdi: Olimov Jaloliddin
Qabul qildi: _______________
1. Soliq atamasiga nisbatan turli xil qarashlar.
2. Soliqlarning makroiqtisodiy mohiyati va ob’ektiv zarurligi.
3. Soliqlarning funksiyalari va tamoyillari.
4. Mamlakatimizda olib borilayotgan soliq islohotlari.
Xulosalar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. SOLIQ ATAMASIGA NISBATAN TURLI QARASHLAR.
Soliqlar umumiy olganda ommabop emas bo`lib ko`rinadi, holbuki soliq tizimining ahamiyati hammaga ayon. Agar omma qarshiligini oldini olmoqchi bo`lsa, har qanday qabul qilinadigan tizim ular tomonidan qo`llab quvvatlanishi kerak. Adolatsiz soliq tizimi o`tmishda juda ko`p tartibsizliklarni keltirib chiqargan. Yillar davomida nazariyachilar g`oyalarining katta qismini soliq tizimining asosiy tamoyillari qanday bo`lishi kerakligini aniqlashga bag`ishlashgan.
Zamonaviy soliq falsafasi yoki nazariyasi odatda klassik iqtisodchi olimlar, eng avvalo Adam Smit, tomonidan boshlangan deb hisoblanadi. Lekin zamonaviy siyosiy falsafaning asoschisi Tomas Gobbs (1588-1639), iqtisodchi va faylasuf Uiliam Petti (1623-87) kabi ilg`or olimlarning ham hissasi katta. Gobbs ko`proq iqtisodiy nazariyalari bilan taniqli bo`lsa ham, u bir qancha asarlarida, jumladan o`zining eng mashhur "Leviathan" asarida soliqlarga katta e`tibor bergan. Uning soliq nazariyasi ma`lum darajada murakkab deb qaraladi va unda soliq kishilarning boyligiga emas, balki uning himoyasi va qonun ustivorligini saqlab turish, keyingi o`rinda harbiy hizmat uchun davlatga bo`lgan qarzi orqali aniqlanishi kerak deb qaraladi. U shuningdek, o`z mehnat layoqati bilan yashash uchun yetarli mablag` topa olmaydiganlargaijtimoiy ta`minot berishni qo`llab quvvatlaydi.1
Petti "Soliqlar va yig`imlar xazinasi" (1662) asarida Fransiya bilan yuzaga kelayotgan urush uchun jamg`rmalar yig`ilishida qirol tomonidan qo`llanilishi mumkin bo`lgan soliqlar va daylat harajatlari prinsplarini tuzib chiqishga uringan. U olti turdagi davlat harajatlarini tuzib chiqqan: himoya, boshqaruv, cherkov, ta`lim, infrastruktura va barcha turdagi zaiflarni qo`llab quvvatlash va birlamchi
mahsulotlar uchun xarajatlar. U qariyalar, kasallar, yetimlar va shu kabilarga ta`minot uchun qilinadigan davlar harajatlarini qo`llab quvvatlagan.
"Uzoq o`n sakkizinchi asr" (1688-1800) deb ataluvchi bu davrda Adam Smit va uning izdoshlari hozirgi kundagi zamonaviy soliq nazariyasini ishlab chiqishgan. Bu davr nafaqat Buyuk Britaniya, balki butun dunyoda barcha turdagi g`oyalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Bu yillar davomida ko`plab ahamiyatli voqealar, Amerika mustaqillik urushi, soliq masalalari asosida kelib chiqqan Fransiya revolutsiyasi yuz bergan. Antony Eshli Kuper, uchinchi Graf Shaffesbury, ko`zga ko`ringan davlat arbobi, 1706-yil Gollandiyadagi hamkasibiga shunday yozadi: “Bu yerda o`zini butun dunyo bo`ylab tarqatayotgan qudratli nur mavjud... bu g`ayritabiiy lekin so`z va bilim har doimgidan kattaroq tezlikda tarqalishi shart”
Bu davr haqiqiy ulamolar davri edi, va fanlar yoki kasblar orasida bugungi kungidek hech qanday chegara bo`lmagan. Shuning uchun, o`sha davrning ilg`or olimlari, John Locke, David Hume, Adam Smith, Edmund Burke, Jeremy Bentham, Thomas Paine lar shifokor, yurist, akademik yoki siyosatchi bo`lishlariga qaramasdan bir vaqtning o`zida axloqiy, siyosiy va falsafiy asarlar yozishgan. Biz bu qatorga barcha nazariyachilarni kirita olmasakda, Adam Smit va uning izdoshlarining dunyo bo`ylab ulkan ta`sirini sanab o`tish joizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |