Acceptance Test - to'g'ri yoki noto'g'ri ma'lumotlar , ssenariylar bo'yicha tizimni yoki uning qismini to'liq sinovdan o'tkazish. Ilovani har qanday sharoitda maqsadga muvofiq ravishda ishlatilishini tasdiqlashga qaratilgan test turi. Ushbu darajadagi test barcha mumkin bo'lgan ssenariylarni qamrab oladi: to'g'ri qiymatlarni kiritishda modullarning ishlashini tekshirish; noto'g'ri qiymatlarni kiritishda tekshirish; talablarda ko'rsatilgandan tashqari ma'lumotlar formatidan foydalanish; istisno holatlarni, xato xabarlarini tekshirishni; kirish parametrlarining turli kombinatsiyalarida sinovdan o'tkazish; barcha ekvivalentlik sinflarini tekshirish; intervallarning chegara qiymatlarini sinash; spetsifikatsiyada ko'zda tutilmagan stsenariylar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |