Mustaqil ishi Mavzu: Shaxs ma’naviyatining shakllanishiga ijtimoiy muhit va davr ruhining ta’siri



Download 6,02 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi6,02 Kb.
#384426
Bog'liq
Mustaqil ishi Mavzu- Shaxs ma’naviyatining shakllanishiga ijtimo-fayllar.org


Mustaqil ishi Mavzu: Shaxs ma’naviyatining shakllanishiga ijtimoiy muhit va davr ruhining ta’siri

Farg’ona davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti iqtisod ta’lim yo’nalishi 2-bosqich 19.122-guruh talabasi G’ofurov Javoxirning falsafa fanidan bajargan

Mustaqil ishi

Mavzu:Shaxs ma’naviyatining shakllanishiga ijtimoiy muhit va davr ruhining ta’siri.


  • Reja:

  • Shaxs tushunchasi va uning ma’naviyati haqida.

  • Shaxs ma’naviyatining shakllanishiga ijtimoiy muhit va davr ruhining ta’siri

  • Xulosa

  • Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obʼyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qaramaqarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aql-idrok, tafakkur obʼyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin.

  • Shaxs, mohiyatiga koʻra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan, ijtimoiytarixiy anʼana, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini oʻzida mujassam etadi. Uni har tomonlama oʻrganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiymaʼnaviy meʼyorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Inson shaxs sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining goʻzal va farovon boʻlishiga ehtiyoj sezadi.

  • “Har bir millat,har bir xalq o’z ma’naviyatini,uning qadriyatini bilsa va asrab-avaylasa,unday millatning,unday davlatning kelajagi buyuk bo’lishi muqarrar”.

  • I.A.Karimov

  • Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon- e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini u’ygotadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”

      Islom Karimov

      Ma`naviyat insondagi yaratuvchilik qudratidir, insonda shu qudratni uyg`otish va harakatga keltirishga muvaffaq bо`linsa, barcha ulug`vor rejalarni amalga oshirish uchun zarur imkon vujudga keladi.


  • Fiziologiya va ruhshunoslik fanining ko‘rsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror - bir qobiliyatning ruyobga chiqishi va rivojlanishi manbai - layoqat bilan tug‘iladi. Layoqat o‘zicha rivojlana olmaydi, rivojlanishi uchun qulay muhit kerak. Bola o‘z tug‘ma layoqatiga mos sharoitda o‘sib, zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat erta ko‘rinib rivojlanishi, aksincha, bunday muhit bo‘lmasa, yo‘q bo‘lishi yoki “mudroq” ligicha qolib ketiishi mumkin. Demak, boladagi irsiy belgilarning o‘sishi, kamol topishi insonlar muhiti, yashash sharoiti va tarbiyaga bog‘liq desak bo‘ladi.

  • Bunga tarixda misollar juda ko‘p. A.Navoiy onasidan-shoir, Eynshteyn-fizik, Ulug‘bek-astronom, Ibn Sino tabib bo‘lib tug‘ilmagan albatta. Inson bolasi, agar ijtimoiy muhitga emas,boshqa muhit, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, odamlarga xos sifatlar shakllanmasligi mumkin.

  • Muhit – bu o‘ziga xos munosabat va qoidalar tizimiga ega bo‘lgan turli xil insonlar birligi.

  • .Agar bolani mikromuhitga kiritishda ijtimoiylashuv va individuallashuv jarayonlari orasida muvozanat belgilansa, ya’ni bola, bir tomondan, mazkur jamiyatda o‘zlashtirilgan me’yor va qoidalarni o‘zlashtirsa, boshqa tomondan unga o‘ziga tegishli individualligini qo‘shsa, muhitda bolaning integratsiyasi sodir bo‘ladi. Agar bolaning guruhga moslashish jarayoni sodir bo‘lmasa, unda o‘ziga ishonmaslik, tortinchoqlik, tashabbussizlik sodir bo‘lishi , bu esa shaxsni jiddiy deformatsiyaga olib kelishi mumkin.

  • XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishida naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.

  • Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi.

  • Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazardan asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.

  • Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog‘liq, deb ko‘rsatadilar.

  • Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar.

Xulosa:


  • Shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin.

  • Demak,odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib kamolga etishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit),shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg‘or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga tayaniladi.

E’tiboringiz uchun rahmat.



http://fayllar.org
Download 6,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish