Perseptiv qobiliyatlar Perseptiv qobiliyatlar – bu psixologik kuzatuvchanlik, bola shaxsining individual psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda yondashish, bolaning vaqtinchalik psixik holatlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatdir.
Nutq qobiliyati
Nutq qobiliyati – pedagogning o‘z tuyg‘u-hislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir. Bu pedagoglik kasbidagi muhim hislatlardan biri hisoblanadi. Chunki pedagogdan bolalarga uzatiladigan axborot asosan ikkinchi signal tizimi – nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatidan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi. Pedagog nutqi, uning talaffuzi aniq-ravshan, oddiy va bolalar uchun tushunarli bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |