Mustaqil ishi Mavzu: Odil Yoqubovning “Ko'hna dunyo “ romani tahlili



Download 105,67 Kb.
bet2/2
Sana24.01.2022
Hajmi105,67 Kb.
#407959
1   2
Bog'liq
adabiyotshunoslik mustaqil ish 11

II. Asosiy qism

1.Odil Yoqubov — oʻzbek sovet adabiyoting yirik vakili, 1926-yili Qozogʻistonning Turkiston tumanidagi Qarnoq qishlogʻida ziyoli oilada tugʻilgan.

Ikkinchi jahon urushi boshlangach, urushda qatnashish uchun yoshini katta koʻrsatib, Yaponiyafrontiga joʻnagan. 1945-yildan 1950-yilgacha haqiqiy harbiy xizmatda boʻldi. 1951–1956-yillar mobaynida Oʻrta Osiyo Davlat Universiteti (hozirgi Milliy universitet)da taʼlim olgan. „Literaturnaya gazeta“ningOʻzbekiston boʻyicha muxbiri, Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi raisi, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bosh muharriri va boshqa mas’ul vazifalarda ishlagan.



Yoqubov 1985-yil Oʻzbekiston xalq yozuvchisi ordeni bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston milliy universiteti filologiya fakultetini tugatgan (1956). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1955-59), „Literaturnaya gazeta“ning Oʻzbekistondagi maxsus muxbiri (1959-63; 1967-70), „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi va Oʻzbekiston davlat kinematografiya qoʻmitasida bosh muharrir (1963-67), Gʻafur Gʻulomnomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida bosh muharrir oʻrinbosari (1970-82), „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazeta bosh muharriri (1982-87), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi kotibi (1987-91), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qoʻmitasi raisi (1991 yildan) va ayni vaqtda Markaziy Osiyo xalklari madaniyati Assambleyasining birinchi vitseprezidenti (1995 yildan). Dastlabki asari- „Tengdoshlar“ qissasi 1951 yilda eʼlon qilingan. „Dastlabki qadam“ (1953), „Ikki muhabbat“ (1955) hikoyalar toʻplami, „Tilla uzuk“ (1961) qissa va hikoyalar toʻplamida muhabbatni insonga xos ulugʻ, muqaddas hislat sifatida tasvirlaydi. „Muqaddas“ qissasida (1960). Yozuvchining chinakam yozuvchiga xos uslubi va yoʻli namoyon boʻldi. Mazkur asarda xudbinlik yoʻliga tusha boshlagan yigitning toʻgʻri yoʻlga qaytishi masalasi qalamga olingan. „Er boshiga ish tushsa…“ romani (1966) Ikkinchi jahon urushi davridagi front orqasidagi hayot, mehnat qahramonliklari, xalqimizning vatanparvarligi va mardligi haqida. „Bir felyeton qissasi“ (1961), „Qanot juft boʻladi“, „Matluba“ (1970) qissalari va koʻpgina hikoyalarida yoshlarning turmushda yuz bergan ziddiyatlarga qarshi mardonavor kurashi, muhabbati tasvirlangan. „Ulugbek xazinasi“ romani (1973) olim va hukmdor Ulugbek davridagi ijtimoiy munosabatlar, olis oʻtmishimizdagi nur va zulmat oʻrtasidagi kurash haqidagi asardir. Romanda ayanchli takdirlar, fojialar koʻp, ammo optimistik ruh- inson tafakkuri va ezgulikning tantanasiga ishonch bor. „Koʻhna dunyo“ (1982) romanida oʻrta asrda yashab jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan olimlar Ibn Sino va Beruniyning fojiali taqdiri qalamga olingan. „Diyonat“ (1977), „Oq qushlar, oppoq qushlar“ (1988), „Adolat manzili“ (1998) romanlarida oʻzbek xalqining 20-asrning 60-70 yillaridagi hayoti va kurashi manzaralari haqqoniy tasvirlangan. Garchi bu asarlarning asosiy qahramonlari turli sohalarning vakillari, harakterlari ham turlicha boʻlsada, taqdirlari, maqsad va intilishlari bilan birbirlariga oʻxshaydilar. Ular nopob tuzumda yashab koʻp nohaqliklarni, fojialarni boshdan kechirgan, ammo tinmay mehnat qilgan va kurashgan, milliy mustaqillik poydevorini qurgan, mustahkam irodali, mard va olijanob insonlardir. Yoqubov mazkur romanlari bilan oʻzbek nasridagi ijtimoiy ruh, keskin konflikt, harakterlar, psixologizmni sezilarli darajada kuchaytirdi, uni yangi harakterlar, yangi badiiy xulosalar bilan boyitdi. Yoqubov „Chin muhabbat“ (1955), „Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi“, „Yurak yonmogʻi kerak“ (1958), „Olma gullaganda“ (1961), „Muzaffar Temur“ (1996), „Bir koshona sirlari“ (2000) kabi pyesalar, „Dilbarim“, „Baqor yomgʻirlari“ kinossenariylari (1971) muallifi. Yoqubov mohir tarjimon, munaqqid, publitsist. Uning Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Abdulla Oripov va boshqalar ijodiga bagʻishlangan adabiy portret va maqolalari bor. Asarlari chet tillarga, shuningdek, qardosh turkiy xalqlar tillariga tarjima qilingan. Yoqubov ijodi haqida adabiyotshunoslar Matyoqub Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, Leonid Terakoyan, Umarali Normashov, Norboy Xudoyberganov, Botir Norboyev va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlari qilishgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1977), "Doʻstlik" (1994), "El-yurt hurmati" (1998) ordenlari bilan mukofotlangan.

Odam davrni yaratgani kabi davr ham insonni shakllantiradi.

Adabiyotshunoslarning fikricha ―Yaratiq yaratganning mevasi bo’lgani uchun ham unda yaratuvchining nuqsi qoladi. Ya‘ni odam o'z davriga bir qadar o’xshaydi. Lekin odam ham, davr ham o’tkinchidir. Ularga xos xususiyatlarni tutib qolish mushkul. Muayyan davrda yashab o’tgan insonlarning qiyofasi, ruhiy dunyosi o’sha vaqtda dunyoga kelgan asl badiiy asarlarda namoyon bo'ladi. Asarlarida davrga xos belgilarni tashiydigan qahramonlarni tasvirlash ulkan ijodkorlarning nasibasidir XX asr 20-yillarining romantikasi, 30-yillar talotumlari, urush suronlari, tuklanish azoblari, turg’unlik havosizligini boshidan kechirgan, oshkorlikning darg’alaridan bo'lgan, millatdoshlar ruhiyatida mustaqillik sezimlarini shakllantirgan va odamlar orasida hamisha yorug’ yuz bilan yashayotgan Odil Yoqubov ana shunday adibdir.

Tarixiy janrning bizda ikki ko’rinishi bor: Bir tur asarlarda tarixiy faktlarga izchil rioya etiladi, tarixiy hodisalarni badiiy gavdalantirish yozuvchining asosiy muddaosiga aylanadi; ikkinchi tur asarlarda esa tarixiy faktlar, shaxslar asos qilib olinadi-yu, tarixiy faktlarning izchil ifodasi, tarixiy shaxslarning batafsil biografiyasi emas, balki shu faktlar bahonasida muayyan ijtimoiy-axloqiy muammolarni ko’tarish, tarixiy faktlar orqali ―gap aytish birinchi o’ringa chiqadi.

Odil Yoqubov o’zbek adabiyoti taraqqiyotining XX asrning 50 yillari o’rtalaridan boshlangan yangi bosqichda yetishgan avlodning karvonboshlaridan edi. U o’z ijodiy faoliyati, faol ijtimoiy ishlari va jurnalistika sohasida olib borgan izlanishlari bilan zamonaviy adabiy-badiiy tafakkur rivojida samarali ta‘sir ko’rsatdi.

Uning ―Muqaddas‖, ―Bir fel‘eton qissasi‖, ―Qanot juft bo’ladi‖, ―Matluba‖ qissalari, ―Bir koshona sirlari‖ dramasi, ―Namangan tomonlari‖, ―Qishloqdagi fojea‖ singari publisistik maqolalari, ulkan anjumanlardagi chiqishlari, ―Ulug’bek xazinasi‖, ―Ko’hna dunyo‖, ―Diyonat‖, ―Oqqushlar, oppoq qushlar‖, ―Adolat manzili‖ romanlari keng jamoatchilik e‘tiborini o’ziga tortdi, qizg’in bahs-munozaralar markazida turdi: xususan adibning ―Ulug’bek xazinasi‖ va ―Diyonat‖ romanlari jahon xalqlarining ko’pgina tillariga tarjima etilib, o'zbek adabiyotining kamolotini ko’rsatuvchi asarlariga aylandi.

U avval bоlalar uchun kichik qissalar yozib yurdi. Shundan keyin uning «Ikki muhabbat» hikоyasi chiqdi. Bu hikоyaning ichida erkin parvоzga хоhish bоr edi. Shu samimiy хоhish оdamlarga yoqdi. ―Ikki muhabbat Оdil Yoqubоv bоshdan

kеchirayotgan izlanish jarayonlarini ham ma‘lum darajada aks ettirdi va bir muayyan nuqtaga yеtkazdi. Mеnga Оdil Yoqubоvni yozuvchi darajasiga ko’targan ―Muqaddasda ham, undan kеyin yaratilgan ―Larza, ―Tilla uzuk,―Bir fеl‘еtоn qissasi kabi asarlarda ham shu ―Ikki muhabbat‖dan ergashib kеlayotgan bir o’zak narsa bоrga o’хshaydi. Buni insоnning o’z-o’zini оchishga, o’z maylini namоyish qilish, irоdasini ko'rsatish va tasdiqlashga bo’lgan intilish dеb atash mumkin. ―Larza da rais Mutalning, ―Bir fеl‘еtоn qissasida Saltanatning, ―Tilla uzukda

Rоziyaning, «Er bоshiga ish tushsa»da Barnоning bоshiga оg’ir tuhmatlar tushadi. Bular bo’htоnlarga qarshi kurashda chiniqib pishadilar, suvning shamоl tеkkan jоyi qanchalar zilоl va tоza bo’lib ko’rinsa, bular ham bo’htоn qarshisida shunchalar tiniq va to'lqinli bo'lib ko’rinadilar.

Yana shu o’rinda Оdil Yoqubоvning kеyingi paytlarda yaratgan ―Matluba‖, ―Qanоt juft bo‘ladi‖, ―Izlayman‖ qissalarida qahramоnlarini ko’prоq ichki urinishlarda, ichki izlanishlarda ko’rsatish yo’lidan bоrayotganligini, qahramоnlar tabiatidagi dramatik tanglikni avvalgi asarlarida bo’lgani kabi ko’prоq tashqi ta‘sirlardan emas, ularni o’z ichki dunyosi tug’yonlaridan kеltirib chiqarishga urinayotganligini ta‘kidlash lozim. ―Izlayman‖ qissasida aqlni shоshiradigan favqulоdda syujet harakatlari yo’q. Unda o’tgan urushda yangragan so’nggi to’p sadоlari, so’nggi mashaqqatli yo’llarqahramо'llarda ulg’aygan, matоnat оrttirgan kishilar haqida hikоya qilinadi.

Bunda yo’q yеrdan to’qib chiqarilgan qahramоnliklar, yurakni uvishtiradigan, dilni oynatadigan, qattоl qalampirday badanni juvillatadigan qiyinchiliklar, iztirоblar, o’rtanib-kuyishlar uchramaydi. Yozuvchi o'zining hayotda ko’rganlaridan bir shingilini do'stlariga suhbat o’rtasida so’ylab bеrayotganday bo’lib tuyuladi. U davraga baland hashamatli, atrоf-tumоnоtga yеtgulik gulхan yoqmоqchi emas. Bu yo'lda bоrayotgan оdamning kamtargina gulхani. Lеkin u yo’lоvchilarga uzоqdan ham, yaqindan ham baralla ko’rinib, o’z davrasiga tоrtib turadi. Kitоbхоnda bu gulхanning harоratiga shеrik bo’lishi ishtiyoq uyg’оtadi.

Avvalо, qissa yozuvchining o’z bоshidan kеchirgan, ko’z o’ngida sоdir bo’lgan vоqеalar asоsida yozilgan. Ikkinchi jahоn urushining so’ngida sоvеt qo’shinlari Gоbi sahrоsi, Хingan tоg’laridan o’tib, yapоn qo’shinlarining оrqa tоmоnidan chiqqan va ularga qaqshatqich zarba bеrgan edi, O’n sakkiz yashar ko'ngilli sоldat Оdil Yoqubоv bir qancha o’zbеk yigitlari qatоri mana shu tariхiy оpеratsiyada ishtirоk etgach, оg’ir safar mashaqqatlarini tоrtib, qisqa, lеkin shiddatli janglarda qatnashgan edi. U urush tugagach ham хiyla vaqt Uzоq Sharqda qo'shinlar saflarida хizmat qildi.

Urush haqida ko’ngilda uzоq tugib yurilgan asarning g’oyasi, shakli yеtilib pishdi. Yozuvchi qissa vоqеliklarining ko’pida o'zi оzmi-ko’pmi ishtirоk etganidanmi, asarda оdamni ishоntirmaydigan gaplar dеyarli uchramaydi. Kitоbхоn qissa vоqеalarining hayotiyligi, chinligiga sira ham shubha qilmaydi. Qaysi bir o'rinlarda o’n sakkiz yashar shоirtabiat yigit nоmidan hikоya qilib bеrarkan, u yozuvchi bilan bir shaхsday anglanadi. Lеkin bu shunday ham, shunday emas ham. Chunki sоldat Mansur Murоdоv hali shоir yoki yozuvchi bo’lib ulgurmagan, samimiy bir yigitcha оbrazidir. U juda ko’p paytlarda o’zini panaga оlib, ko’prоq kapitan

Davrоn va uning do’stlari taqdirini hikоya qilishga, kitоbхоn ko’ziga ko’prоq shularning hayotini ko’rsatishga intiladi.

Qissada Оdil Yoqubоv qatоr yosh sоldatlar оbrazlarini chizdi. Bular Vоlgadan Bеrlingacha urush yo’llarini bоsib o'tib, mana endi yapоn jangchilariga qarshi jangga оtlangan kеksa sоldatlar urush vеtеranlariga havas ko’zi bilan bоqadilar. Ulardan o’rganishga, ular оldida past kеtmaslikka qattiq tirishadilar. Ular, ayniqsa, batalоn kоmandiri kapitan Davrоn G’оziеvga qattiq mеhr qo’yadilar. Bu tuyg’u Mansurda hammadan ham kuchlirоq namоyon bo’ladi. Shuning uchun ham, uning оg’zidan Davrоn G’оziеv tushmaydi,ko'zi esa, qayеrda bo'lmasin Davrоn G’оziеvni izlab tоpadi.

Odil Yoqubov dramaturgiya sohasida ham barakali ijod qilgan. Elliginchi yillarda yaratilgan ―Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim‖, ―Yurak yonmog'i kerak‖, ―Olma gullaganda‖ kabi dramalari o’z davrida yaxshigina dovrug‗ qozongan edi.

Dramaturgiya sohasidagi o'ttiz yillik tanaffusdan so’ng, 90-yillarga kelib, Odil Yoqubov Amir temur hayotining so’nggi kunlari, shaxsiy-intim turmushi haqida ―Fotihi muzaffar‖ yoki ―Bir parivash asiri‖ nomli sahna asarini yaratdi. Unda dramaturg jahongirni mutlaqo kutilmagan rakurslarda aks ettirdi. Dunyoning taqdiriga xo’jayinlik qila oladigan sohibqiron, vaqti kelsa, o’zining shaxsiy hayotiga ega bo’lolmaganligi, o’z baxtini ta‘minlay olmaganligi chuqur insoniy hamdardlik va yetuk badiiylik bilan aks ettirildi.

Odil Yoqubovning mustaqillik yillarida yaratgan ―Bir koshona sirlari‖ asari jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. ―Bir koshona sirlari asari 2000 yilning eng yaxshi dramasi sifatida ―Ofarin‖ mukofoti bilan taqdirlandi. Bu dramada inson taqdirining yechib bo’lmas darajada chigal va tushunarsiz ekanligi jonli timsollar asosida ko’rsatilgan.

2."Ko’hna dunyo» romani

     



Odil Yoqubovga eng katta shuhrat keltirgan asarlari tarixiy romanlari – «Ulug’bek xazinasi» bilan «Ko’hna dunyo» asarlaridir. Adabiy tanqidchilikning bahosiga ko’ra «Odil Yoqubovning «Ko’hna dunyo» romani markazida Ibn Sino hamda Beruniy taqdirlari, ular yashagan davri turadi. Muallifning xulosalari va umumlashmalari keng, shuning uchun tarixiy materialga ajib aktual ma’no bag’ishlaydi. Zamonlar osha qilingan sayohat teran falsafiy umumlashmalar chiqarishga imkon beradi. Romanda tasvirlangan barcha voqealar hujjatlar bilan cheklab qo’yilmagan. Odil Yoqubov tarixni xuddi ko’rib turadi, tarix bilan bahslashadi, zamondoshlarga uzoq o’tmishdoshlarining tajribalaridan guvohlik berayotganday bo’ladi. U tarixga bugungi nuqtayi nazaridan qaraydi».

Bu so’zlarda «Ko’hna dunyo» romanining tub mohiyati ochib berilgan. Darhaqiqat, bu roman, avvalo, ulug’ allomalar Ibn Sino va Beruniy taqdiri, ular yashagan davr haqida bahs etadi. Ammo u bizdagi mavjud tarixiy-biografik romanlardan, jumladan, «Navoiy», «Yulduzli tunlar» poetikasidan farq qiladi. Xuddi avvalgi tarixiy romani «Ulug’bek xazinasi»da bo’lgani kabi bu yerda ham qahramonlari hayotini xronologik tarzda hikoya qilish yo’lidan bormaydi, ikkala alloma hayotidagi jiddiy bir palla – bor-yo’g’i bir oydan ortiq davr hodisalarini qalamga oladi. Qahramonlar hayotidagi bu palla shunday bir dovonki, bu dovondan ularning butun bosib o’tgan yo’li, o’tmish va kelajagi yaqqol ko’rinadi. Voqealar sodir bo’lgan maskan shunday bir bekatki, bu bekatda xilma-xil odamlar to’qnash keladilar, bu yerda umr bo’yi davom etgan ziddiyat, mojarolar muayyan intihosiga yetadi, dillarda armon bo’lib yotgan dard-u hasratlar to’kib solinadi.sir-u asrorlar oshkor bo’ladi, umrlar sarhisob etiladi, muallif personajlarga qo’shilib, hayot jumboqlari ustida qizg’in bahslar olib boradi.

Romanga asos qilib olingan hodisa – umr bo’yi Sulton Mahmud G’aznaviyni xushlamagan, sulton ta’qibidan olislarda yurgan Ibn Sinoning pirovardida uning huzuriga kelishi, yigirma yil judolikdan so’ng G’aznada Beruniy bilan diydorlashuvi voqeasi hayotda bo’lgan-bo’lmagani ma’lum emas. Biroq yozuvchi fantaziyasining mahsuli bo’lmish bu hodisalar badiiy haqiqatning go’zal namunasi, noyob badiiy modeli darajasiga ko’tarilgan. Qarang, ulug’ alloma, bir tomoni zo’rlik, qolaversa, tabiblik burchi taqozosi bilan keksalik chog’ida, xasta holida ne-ne mashaqqatlar bilan kecha-kunduz yo’l yurib, aziz va mag’rur boshini egib ma’naviy raqibi – mustabid hukmdor huzuriga uni davolash uchun keladi. Ammo bu yerda uning nafsoniyati oyoqosti qilinadi. Saroyda allaqachon Ibn Sino niqobi ostida soxta, firibgar hakim paydo bo’lgan va xiyla-nayranglar orqali hukmdor e’tiborini qozongan. Sulton shu darajaga tushib qolganki, chin Ibn Sino bilan soxta hakimni bir-biridan farqlay olmaydi, firibgarni boshga ko’tarib, chin hakim-u davronni tahqirlab saroydan haydaydi.

«Ko’hna dunyo»dagi bu sujet katta ramziy – umumlashma xususiyatga ega. Haqiqiqy iste’dod sohiblar, chin zahmatkash daholar bu yoqda qolib, xor-u zor bo’lib, soxta, firibgar «ijodkor»larning obro’ e’tibor qozonishi hamma davrlarga, ayniqsa, mustabit hukmronlar siyosatiga xos tarixning ajib bir sirli jumbog’ini aks ettiradi. Roman ana shu sirli jumboq ustida istirob bilan o’ylashga, bahsga undaydi bizni.

Ro’y bergan adolatsizlik ikki buyuk allomada ikki xil taassurot qoldiradi. Charxi kajraftorining xilma-xil o’yinlarini, jabr-u sitamlarini ko’p ko’rgan Ibn Sino bu telba dunyoning mudhish nayranglariga go’yo beparvodek qaraydi. Beruniy esa g’azab, afsus nadomatlardan o’zini qo’yarga joy topolmaydi. Bu xildagi ziddiyatlar holat ham hodisaning dramasini yanada kekinlashtiradi, bahs ruhini kuchaytiradi.

Ibn Sino bilan ustoz Beruniyning G’aznadagi uchrashuvi, Beruniy xonadonidagi muloqotlar, ko’ngil rozlari, ilm-fan, tabiat, koinot va jamiyat haqidagi bahslar ifodasi romanning eng jozibali, huzurbaxsh sahifalarini tashkil etadi. Bir vaqtlar ustoz Beruniy bilan shogird Ibn Sino orasida jiddiy ilmiy tortishuvlar bo’lgan, ustoz- shogirdning ayrim qarashlarini keskin tanqid ostiga olgan, bunda ba’zan adolatsizliklarga ham yo’l qo’ygan… Mana endi o’sha bahslarga yakun yasash, oydinlik kiritish ko’ngildagi g’uborlarni ko’tarish, umuman ikki alloma hayotida tutgan yo’l, umr saboqlarini sarhisob etish, qarashlarni muvofiqlashtirish payti keladi. Shunisi muhimki, ikki alloma arasida qizg’in munozaralar, tanlangan yo’llarda, qarashlarda ayrim farqlar yuz bergan bo’lishiga qaramay ular aslida maslakdagi shaxs-siymonlardir. Asarni o’qiganda siz buni butun qalbingiz bilan his etib turasiz. Garchi g’aznadagi uchrashuv yozuvchi ijodi fantaziyasining samarasi bo’lsa-da, tarixiy haqiqatda mosdir, chunki ikki buyuk alloma ilmiy ijodiy merosining tarixiy taqdiri, ular orasidagi mushtarakliklar bu haqiqatni to’la tasdiqlaydi.

Beruniy taqdirining romandagi talqini ham g’oyat ibratli. Bu olim hayoti nisbatan osoyishtaroq kechgan. U uzoq vaqt G’aznaviylar saroyida muqim turib, ilm-fan bilan mashg’ul bo’lgan. Ilm manfaatini deb shaxsiy mayliga zid o’laroq, saltanat bilan murosaga borgan. Shunisi xarakterliki, adib nisbatan osoyishda kechgan bu alloma umrining ichki dramasi, fojiasini butun keskinligi bilan kitobxonga yetkazadi. Avvalo, ulug’ maqsadni deb uzoq yillar shaxsiy maylga zid yo’l tutib yashashning o’zi ulkan fojia. Buyuk gumanist mustabid Sultonning ko’p adolatsizliklarini o’z ko’zi bilan ko’rib turadi, u shohning Hindiston yurishlarida qatnashgan, bu o’lkadagi mislsiz qirg’in, zulmlarning bevosita shohidi bo’lgan. Bularni eslaganda Beruniy adadsiz iztiroblar ichida qovriladi. Buning ustiga Beruniy hukmdor bilan muayyan murosaga borgan bo’lsa-da, baribir har qadamda saltanatdan jabr ko’radi – uning eng oddiy so’rovlari ham saroyda javobsiz qoladi, yaqin kishilarini himoya etolmay qiynaladi, firibgar soxta hakimning obro’-e’tibor topishi, hakim-u davron Ibn Sinoning tahqirlanishi – bunday adolatsizlikning guvohi bo’lish Beruniy uchun cheksiz kulfat, alam hamda iztirob olib keladi.

Romanda saroy muhiti, saltanat ichidagi ziddiyatlar bilan barobar sulton Mahmud G’aznaviy ruhiy dramasi ifodasi ham keng o’rin olgan. Romanda tarixga sinfiy yondashish talabi ustuvor bo’lgan, jahongir shoh-u sultonlar haqida ijobiy gap aytish man etilgan, jumladan, sulton Mahmud G’aznaviyga salbiy musosabat avj pallaga ko’tarilgan kezlarda dunyoga kelgani tufayli, bu obraz talqinida davr ruhi asoratlari ma’lum darajada o’z muhrini qoldirgan. Asar muallifi sulton Mahmud G’aznaviyni ko’proq mustabit hukumdor sifatida ko’rsatishga jazm etadi; sultonning ezgu ishlari qurgan qasrlari, yaratgan go’zallikda benazir bog’lari, barpo qilgan machit va madrasalari, ilm-fan kishilariga qilgan sahovatlarini, janglardagi shijoati, mardligi, tantiligini ham e’tirof etgan holda, uning hayoti yo’l qo’ygan xatolari, adolatsizliklari, gunohlari uchun umr so’nggida chekkan ruhiy qiynoqlari ifodasiga kengroq o’rin beriladi.

Asarda G’aznavyni biz keskin ruhiy istiroblar iskanjasida uchratamiz. Sulton umrining oxirgi damlari, u og’ir, davosiz dardga mubtalo. Bir tomondan dardiga davo istaydi, ikkinchi tomondan, o’lim haq, foniy dunyodan ketish oldida umri davomida qilgan gunohlarini eslab eziladi, imkon qadar gunohlardan forig’ bo’lishga intiladi, jabrdiydalar ko’nglini olmoq payiga tushadi. Biroq sultonning bu ezgu niyat yo’lidagi xatti-harakatlari yangidan-yangi ko’ngilsizliklar, ruhiy istiroblar keltiradi, eng yomoni, sulton o’z qo’li bilan yaratgan hokimlik tartiboti oldida o’z ojiz qoladi, u xayrli ishlar qilmoqchi bo’lganida saroydagi, toj-taxt tevaragidagi muhit bunga imkon bermaydi.

«Ko’hna dunyo» milliy romanchiligimiz poetikasini muhim yangi xususiyatlari bilan boyitadi. Bu roman yuqorida aytilganidek, boshdan oyoq munozara-bahs ruhi bilan yo’g’rilgan. Avvalo, roman uchun tanlangan hayotiy material, badiiy sujet – vaziyatning o’zi jumboq xarakteriga ega, chin alloma Ibn Sino bu yoqda qolib soxta tabib, firibgarning obro’-e’tibor qozonishi, «taqdiri azalning bu ajib jumbog’i» kitobxonni bahs-munozaraga chorlaydi, bu hodisa esa, o’z navbatida, xilma-xil jumboqlarni keltirib chiqaraveradi, asardagi deyarli barcha personajlar xarakteri, qismati, ular bilan bog’liq epizodlar jumboq tusini oladi. Bu hol shunchaki hodisa va xarakterlarni qiziqarli, sirli-sehrli bo’lishi uchungina xizmat etmaydi. Yozuvchi asarda ayni o’sha jumboqlar sababini tahlil etish yo’lidan boradi. Ular ustida jiddiy va qizg’in bahs yuritadi, natijada o’sha sirli hodisalarning, xarakterlarning asl ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy mohiyati ko’z oldingizda namoyon bo’ladi.

«Ko’hna dunyo»dagi hodisa va qahramonlarga xilma-xil tomondan yondashish xarakterli. Asarda qalamga olingan hodisa va xarakterlar jumboqli bo’lish bilan barobar ziddiyatlidir. Bu ziddiyatlarning ko’rinish turlari ham rang- barang. Bu hol romandagi bahslar olamini g’oyat kengaytiradi.

Roman personajlari hayotidagi mavqei, maslak-e’tiqodiga ko’ra ikki guruhga ajraladilar. Bir tomondan hukmdorlar, saltanatga xizmat etuvchi, o’z shaxsiy manfaati yo’lida hech narsadan qaytmaydigan xudbin, yovuz, munofiq, firibgarlar; ular har bob bilan ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotga to’sqinlik qiladilar, haqiqatni oyoqosti etadilar, mehnatkash xalq vakillariga zug’um, zulm o’tkazadilar. Ayni paytda o’sha «maslaksoshlar» – sulton Mahmud, amir Ma’sud, Xatlibegim, Abdul Hasanak, Ali G’arib, Piri Bukriy, Ibn Shahvoniylar orasida murosasiz ziddiyat, olishuv to’qnashuvlar ketadi… Ikkinchi tomondan ijtimoiy taraqqiyot yo’lida turgan, saltanatdan jafo ko’rgan kishilarning saltanatga cheksiz nafratli, isyoni va unga qarshi goh pinhona, goh oshkora kurashi… Shu bilan birga muallif mana shu maslakdoshlar qarashlaridagi muayyan tafovutlarga ham e’tiborni tortadi. Chunonchi, ulug’ alloma Ibn Sino bilan Beruniy oralarida qizg’in munozaralar bo’lib o’tadi, el-yurt, adolat g’amida yurgan Ibn Sino adolat uchun kurashga otlangan Imom Ismoil maslagini qabul qila olmaydi.

Yozuvchining mahorati, ayniqsa personajlarning ruhiy olami, qalb bahsini bera olishda yorqin ko’rinadi. Asarlardagi deyarli har bir personaj qalbida keskin drama kechadi, ularning har biri o’zi bilan o’zi olishadi. Har bir qalbning dramasi, bahsi o’ziga xos, ifoda tarsi betakoror. Sulton Mahmudning biz vasvassa-yu tahlika, pushaymonlar iskanjasida ko’rsak, Piri Bukriyning hasad, alam-o’kinchlar olovida yonayotgan holatlarda uchratamiz; amir Ma’sud, Xatlibegim, Ibn Hasanak, Ali G’ariblarning ham alam iztiroblardan, hattoki goho firigar Ibn Shahvoniyning tavba-tazarrusidan ogoh bo’lamiz; Malikul Sharob, Nargizabonu, Bobo Xurmolarni qalb faryodi o’quvchini larzaga soladi, ulug’ allomalar – Ibn Sino bilan Beruniylarning dil rozilari, alamli o’ylari, qalb tug’yoni, isyoni romandagi tasvirning eng shiddatli, baland pardalrini tashkil etadi. «Ko’hna dunyo»da ham biz personajlarni birinchi galda qalb bahsi, nidosi, tug’yoni orqali to’laroq bilib olamiz. Personajlarning qalb bahsi, nidosi ayni paytda ularning hayot falsafasi, haqiqati, konsepsiyasi hamdir. Personajlar qalb dramasi orqali o’zlariga va hayotga baho beradilar. Shu tariqa romandagi har bir yetakchi personaj mustaqil, muayyan shaklga tushgan konseptual ohangdir; bu ovozlar esa rang-barangdir.

To’g’ri, muallif ayrim personajlar, masalan, Ibn Shahvoniy, Piri Bukriylarning tashqi qiyofasi, xatti-harakatlarini ham batafsil ta’rif-tavsif etadi, xarakterlar orasidagi to’qnashuvlarni ham ancha keng yoritadi, lekin baribir romanda qahramonlarning qalb bahsi, dramasi nidosi – ohangi orqali namoyon etish yetakchilik qiladi.

Romanda personajlar ovozidan boshqa hikoyachi shaxs sadolari ham mavjud. Asar voqealari, asosan, ikki shaxs – muallif va Abu Ubayd al-Juzjoniy tilidan hikoya qilinadi. Ibn Sino bilan bog’liq voqealar ko’proq Juzjoniy xotiralari tarzida, qolgan voqealar muallif nigohi orqali beriladi. Bu ikki hikoyachi shaxsning ifoda usuli, ohangi bir-biridan farqlanadi; Juzjoniy bayonida xolis – obyektivlik hukmronlik qilsa, muallif ifodasida voqealarga faol munosabat, dadil aralashish ustun. Go’yo personajlar qalbida, ruhiyatida boshlangan bahs-munozara muallif qalbida davom etadi, aniqrog’i muallif personajlar qalbida kechgan bahslar bilan bahsga kirishadi, ularga o’z munosabatini tayin etadi, natijada mavjud bahslar dramasi yanada qizg’inroq, shiddatliroq tus oladi.

Shu tariqa Odil Yoqubov «Ko’hna dunyo» romanida tarixiy haqiqatni, tarixiy shaxslar taqdirini, davr dramasi, davrning ko’pqirrali ziddiyatlarini, o’tmish saboqlarini yangicha, ta’sirchan ochishga, badiiy inkishof etishga muvofiq bo’lgan.

3.Odil Yoqubovning olam hodisalari va odamning mohiyati haqidagi zalvorli oylari, salmoqli mulohazalari ―Kohna dunyo romanida o’zgacha bir yo’sinda aks etgan. Roman adib ijodidagi tamomila yangicha yonalishda bitilgan asardir. Asarda yozuvchi bu ko’hna dunyoning chigalligi, tushunarsizligi, rejalarga bo'y bermasligidan paydo bo’lgan hayratlarini aks ettiradi. Muallif bu asarda inson, uning hayotdagi o’rni, o’z taqdirini belgilashdagi ishtiroki, adolat, haqiqat va ularning tantanasi to’g’risidagi qarashlarini turlicha tabiatli shaxslar qismati misolida, keskin va qaltis burilishlarga boy shiddatli voqealar asnosida ifoda etadi. Adabiyotshunos Q.

Yo’ldoshevning fikricha ―Yozuvchi romanda ko’proq inson hayoti ma‘nisini anglamoqchi bo’lgan faylasuf sifatida ko’rinadi.

Yozuvchi talqinidagi dunyo, odamlar bir qatlamli, bir tarkibli emas. Ular g’oyat murakkab va ota chigal to’qimalardan iborat. Romanda Beruniy, Ibn Sino, Mahmud G’aznaviy, Ibn Shahvoniy, Ali G’arib, Abul Hasanak, Amir Mas‘ud, Xatlibegil obrazlarining talqini o’zbek adabiyotida yangilik bo'ldi. Asarda turkiy xalqlar tarixida yorqin va o'chmas iz qoldirgan, tarixda qudratli imperiya qurgan Mahmud

G’aznaviy hayotining tahlika va gumonlarga to’la so’nggi davri aks ettirilgan. Dunyoning tartiblari shunday chigalki,aslida kuchli qudratlimi yoki ojiz qudratlimi ekanini bilib bo’lmaydi. Jahongirman deganlar ojizlar qo’lida ba‘zida o’yinchoq bo’ladilar. Dunyoni zir titratgan shahanshoh Mahmud G’aznaviy vazirlar qo’lida o’yinchoq, sultonni o’ynatayotgan vazirlar esa, muttaham Abu Shilqimning nayranglaridan zir titramadi.

Yozuvchi talqinidagi dunyo, odamlar bir qatlamli, bir tarkibli emas. Ular g’oyat murakkab va o’ta chigal to’qimalardan iborat. Shuning uchun ham qilichidan qon tomgan yovuz sulton tasviri o’quvchini achintira oladi.

Umrida biror kishiga yaxshilik qilmagan yovuz Piri Bukriyga kishining rahmi keladi. Muallif Mahmud Ga‘znaviy dunyoni titratgan hukmdorni goh shafqatsiz jallod, goh ojiz banda, goh ko’ngli bo’sh odam sifatida tasvirlaydi va bu tasvirga o’quvchini ishontiradi. ―Ulug’bek xazinasi‖ romanida bo’lgani kabi adib bu yerda ham qahramonlari hayotini xronologik tarzda hikoya qilish yo’lidan bormay, ikki alloma hayotidagi jiddiy bir palla bor-yo’g’i bir oydan oshiqroq davr hodisalarini qalamga oladi Qahramonlar hayotidagi bu palla shunday bir dovonki, bu dovondan ularning butun-bosib o’tgan hukmdorn’tmishi va kelajagi yaqqol ko’rinadi. Voqealar sodir bo'lgan maskan shunday bir bekatki, bu bekatda g'oyat xilma-xil odamlar to’qnash keladilar. Bu yerda davom etgan ziddiyatlar ma‘lum intihosiga yetadi, ko’ngillarda orom bo’lib yotgan dard-u hasratlar to'kib solinadi, siru asrorlar oshkor bo’ladi, umrlar sarhisob qilinadi.

Roman tarixga sinfiy yondashish talabi ustuvor bo’lgan, jahongir shohu sultonlar haqida ijobiy gap aytish man etilgan, jumladan, Sulton Mahmud

G’aznaviyga nisbatan salbiy munosabat avj olgan pallada ko’tarilgan kezlarda dunyoga kelgani tufayli, bu obraz talqinida davr ruhi asoratlari ma‘lum darajada o’z muhrini qoldirgan. Yozuvchining mahorati shundaki, romanda mana shu xususiy, tasodifiy xarakterdagi hodisalar juda katta ma‘no beradi, davrning ulkan tarixiy haqiqatini, jiddiy dramasini ochishga xizmat etadi. ―Ko’hna dunyo G’aznaviy haqidagi ilmiy risola emas. Adabiy asarda adib o’z badiiy niyatidan kelib chiqib, tarixiy shaxslarga turli nuqtai nazardan yondashaverishi mumkin. ―Ko’hna dunyo‖da sulton ko’proq mustabid sifatida gavdalantirilgan ekan, bu ham umuman olganda tarixiy haqiqatga zid emas, bu murakkab tarixiy siymo, hayotda buning uchun yetarli asoslar bor.

Asardan olingan quyidagi parcha e‘tiborga loyiq: ―Sulton, dilida ajib bir nur, qoqsuyak va vujudida favqulodda bir kuch, hamon tasir-tusir ot surib borar, u bilan uloqcha o’rtasi tobora qisqarmoqda edi. Nihoyat uloqchani quvib yetdida, lochinday chang solib ko’tarib oldi. Sulton hayajon ichida egilib, dir-dir titrayotgan uloqchani yerga qo’yib yubordi, qo’yib yuborish bilan dilidagi ajib bir chirog’ ―Lop etib yondida, vujudida o’zgacha bir holat, qandaydir sirli, ilohiy bir holat sodir bo’ldi. Hatto o'ng biqinidagi og’riq ham tappa to’xtadi, ko’ziga qorong’u ko’ringan olam birdan yorishib ketdi.

Bu tasvir qancha o’lkalarni bosib olgan, birgina imosi bilan minglab odamlarni o’ldirishdan qiynalmagan Mahmud G’aznaviy holatining ifodasi. Ayni vaziyatda shoh g’oyat nurli, ko'ngli ezguliklarga to’la qilib tasvirlangan. Endi ayni kayfiyatni tuygan sultonning undan salgina keyin tushgan ruhiy holati tasviriga diqqat qaratilsa:

―Navkarlar yordamida aravaga chiqqan sulton birdan holsizlanib boshini yostiqqa qo'ydi, qo’yarkan, ko’zi yana osmonga tushdi. Lekin boyagi artilgan shishaday tiniq osmon o’rniga tubsiz chohday zimiston bo’shliqni kordi. Bu tasvir insonning tasavvuri ham, kayfiyati ham o’zi singari omonat va otkinchi ekanligi aks etgan.

Sultonning bolalik jorasi Malikul sharob esa ayni daqiqalarda: ―...Ollo taolo oz bandasiga shunday aql-zakovat ato qilibdi. Bandasi esa... nechun hamisha aqlga zid ishlar qildi? Nechun faqat boshiga musibat tushgan chog’laridagina yaxshilik va ezgulikni oylaydi? Nechun ozi choh yoqasiga borib qolgandagina qilgan gunohlarini, boshqalarga otkazgan jabru sitamlarini eslaydi? deya xayol suradi. Mana shu tasvirlarda asar mohiyati aks etgan, adibning inson, uning hayoti haqidagi nihoyasiz oylari ifodalangan.

Yozuvchi biror obrazni tasvirlaganda uni har jihatdan korsatishga harakat qiladi. Shuning uchun ham Mahmud Gaznaviy goh shafqatsiz hukmdor, goh odamlarga yaxshilik qilishga intilgan ojiz bemor sifatida tasvirlanadi. Asarda yaxshilik bilan yomonlikning orasi qilcha ham kelmasligi Gaznaviy xatti-harakatlari orqali korsatiladi.

―Ko’hna dunyo romanida butun insoniyatning ulug farzandlari hisoblangan Beruniy va Ibn Sino obrazlari ham katta mahorat bilan tasvirlangan. Yozuvchi Beruniy siymosini yoritishda bevosita tasvir yolidan borsa, Ibn Sino obrazini yaratishda mistifikatsiya usulini qollab, Ubayd Jusjoniy xotiralaridan foydalanadi.

Eng muhimi, adib bu ikki dahoni ham oylanadigan, izlanadigan, xatolar qiladigan, qiynaladigan jonli odamlar sifatida tasvirlay olgan. Shuning uchun ham bu timsollar kitobxonda donishmandlik, ezgulik ramzi emas, balki birinchi navbatda, mashaqqat bilan o’z yo’lini izlayotgan tirik shaxslar sifatida taassurot qoldiradi ―ko’hna dunyo adib ijodidagi alohida bosqich so'ldi. G’aznaviyni birda qonxo’r va shafqatsiz shoh, birda mehribon inson, tadbirli siyosatchi sifatida ko’rsatar ekan, yozuvchi uning ruhiy olamini teran ochishga erishadi. Shuning uchun ham roman so’nggida Ibn Sino tilidan aytilgan: ―Ibn Shahvoniy taqdiri azalning ajib jumbog’i. Bu jumboqni donolar ham yechishga ojizlik qilur –degan xulosa romanning pafosini ifodalaydi deyish mumkin.

Yozuvchi romanida asar g’oyasini yorqin aks ettiruvchi rivoyat va hikoyatlardan ustalik bilan foydalangan. Asardagi zolim shoh haqidagi rivoyat yoki yeti kunlik yomgir suvidan ichib tentak bolgan qavmini boshqarish maqsadida o‗zi ham jinnilik suvidan ichib, aqldan ozishga majbur bolgan podsho to’gg'isidagi rivoyatlar ham asar mohiyatini ochish, ham syujet rivojini ta‘minlash uchun muhim ahamiyat kasb etgan. Bunda yozuvchi, birinchidan, o’z davrida ochiq aytish mumkin bolmagan qarashlarni ifodalagan. Ikkinchidan, ochiq aytilsa, unchalik natija bermaydigan haqiqatlarni badiiy libos bilan ta‘minlagan. Asardagi bu rivoyatlar orqali har bir xalq o’z hukmdoriga loyiq yoki har bir hukmdor o’z xalqiga yarashadir degan xulasa bildirilgan. Ayonlar tomonidan bildirilgan aqlsiz qush boshiga qo’ngani uchungina mutlaqo begona yurtdan kelib, podsho bo'lgan yigitning odamlarga zulm qilishi va bunday qilmaslikni so’ragan do'stiga: ―Bir ahmoq qushga ishonib o’zini podsho qilib qo'ygan halqqa shunday muamola qilish kerakligini aytish tasvirida ulkan dard va achchiq haqiqat yotadi.

Romandagi podshoning ta‘qiqlashiga qaramay qavmning yomgir suvidan ichib aqldan ozish va hukmdorning boshqarolmay qiynalishi, nihoyat, ozi ham yomgir suvidan ichib teskari buyruqlar bera boshlagach, uning farmonlari xalqqa ma‘qul kelgan to’g’risidagi ivoyat muallifning xalq va uning hukmdori munosabati borasida qarashlarini aks ettiribgina qolmay, xalq degan daxlsiz tushunchaga yozuvchining yangicha yondashuvini ham ifoda etadi. Sho’rolarning qudrati avj nuqtada bo’lgan bir zamonlarda har bir xalqning o’ziga yarasha hukmdorga ega bo’lajagini tasvirlash adibning o’ziga xos bir jasoratidir deyish mumkin.

Xulosa


  1. Odil Yoqubovning olam hodisalari va odamning mohiyati haqidagi zalvorli o’ylari, salmoqli mulohazalari ―Ko’hna dunyo romanida o’zgacha bir yo’sinnda aks etgan. Muallif bu asarida inson, uning hayotidagi o’rni, o'z taqdirini belgilashdagi ishtiroki, adolat haqiqat va ularning tantanasi to’g’risidagi qarashlarini voqealar asnosida ifoda etadi. Bu roman tasvirning shiddati, obrazlar ruhiyatidagi tug’yonlarning qabariq tasvirlanganligi, timsollar tabiatining ishonarli ochilganligi bilan e‘tiborga loyiqdir.

Romanda personajlar ovozidan boshqa hikoyachi shaxs sadolari ham mavjud. Asar voqealari, asosan, ikki shaxs – muallif va Abu Ubayd al-Juzjoniy tilidan hikoya qilinadi. Ibn Sino bilan bog’liq voqealar ko’proq Juzjoniy xotiralari tarzida, qolgan voqealar muallif nigohi orqali beriladi. Bu ikki hikoyachi shaxsning ifoda usuli, ohangi bir-biridan farqlanadi; Juzjoniy bayonida xolis – obyektivlik hukmronlik qilsa, muallif ifodasida voqealarga faol munosabat, dadil aralashish ustun. Go’yo personajlar qalbida, ruhiyatida boshlangan bahs-munozara muallif qalbida davom etadi, aniqrog’i muallif personajlar qalbida kechgan bahslar bilan bahsga kirishadi, ularga o’z munosabatini tayin etadi, natijada mavjud bahslar dramasi yanada qizg’inroq, shiddatliroq tus oladi.

Shu tariqa Odil Yoqubov «Ko’hna dunyo» romanida tarixiy haqiqatni, tarixiy shaxslar taqdirini, davr dramasi, davrning ko’pqirrali ziddiyatlarini, o’tmish saboqlarini yangicha, ta’sirchan ochishga, badiiy inkishof etishga muvofiq bo’lgan.



Adabiyotlar :

  1. Boboyev T.Adabiyotshunoslik asoslari. –T.: O‗zbekiston, 2002.

  2. Boltayev H.Nasr va uslub. –T.: Fan, 1992.

  3. Doniyorov Sh. Tarixiy mavzu va adib mas‘uliyati // O‗zbek tili va adabiyoti.

2002. № 5 –B. 46-47.

  1. Ergashev A.S. Rivoyat va uning badiiy asar syujet –kompozitsion tuzilishidagi o‗rni. Filologiya fanlari nomzodi. Diss. Avtoref. –T.: 1993.

  2. Hotamov N.Sarimsoqov B. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‗zbekcha izohli lug‗ati. –T.: O‗qituvchi, 1983.

  3. Isayeva Shoira. Adabiyot ko‗zgusi. Sohibqiron siymosi. -T.: Adabiyot va san‘at nashriyoti. 1996. №3. –B.182.

  4. Isayeva Shoira. Tarixiy haqiqatdan badiiy umumlashmaga. Nizomiy nomidagi TDPU Yangi tafakkur va adabiy jarayon ilmiy to‗plam., -T.: 1997. –B.28-37.

  5. Isayeva Shoira. ―Ulug‗bek xazinasi‖ romanida voqealar dramizmi va ruhiyat tasviri, O‗zbek tili va adabiyoti jurnali, 2001. №3. –B. 65-67.

  6. Isayeva Shoira. Go‗zallik va fojeaviylik –ruhiy olam ko‗zgusi. Nizomiy nomidagi TDPU, Pedagogik ta‘lim ilmiy jurnal, 2001. №2. –B.51-53.

  7. Isayeva Shoira. Tarixiy xarakterlar ruhiyati tasvirining badiiy shakllari haqida, Toshkent, Sharq yulduzi, jurnali, 2001. №3. –B.98-102.

  8. Kattabekov A. Tarix saboqlari. –T.: 1986.

  9. Kattabekov A. Tarixiy haqiqat va badiiy mahorat. –T.: 1982.

  10. Kattabekov A.Adabiyotning bosh mavzusi // Sharq yulduzi. 1987. № 11. –B 179

Download 105,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish