Xulosa
Vatanimiz ravnaqi, Xalqimiz farovobligini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda chet el investitsiyasini jalb etishning tegishli tashkiliy-Xuquqiy, institutsional tuzilmalari va inftatizimni yaratish hamda mavjud shart-sharoitlarni izchil rivojlantirish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilgan. Ayniqsa, bunda qonuniy kafolatlarni yaratish alohida ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda ushbu sohani huquqiy tartibga soluvchi “Chet el investitsiyalari to’grisida”gi Qonun hamda bir qator boshqa qonun hujjatlari qabul qilindi. Ushbu qonunlarni qabul qilish, ularga zamon talablariga mos ravishda uzgarish va qo’shimchalar kiritib boorish sababi bitta-qaerda imtiyoz, qayerda sharoit bo’sa, qonuniy kafolat beriladigan bo’lsa, shu yoqqa investitsiya keladi. “Chet el investitsiyalari to’grisida”gi Qonun yigirema ikki moddadan iborat bo’lib , uning o’ninchi moddasida chet ellik investorlarning huquqlari alohida belgilab qo’yilgan. O’zbekistonda horijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda O’zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to’grisida”, “Chet ellik Investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’grisida”, “Investitsiya faoliyati to’grisida”gi Qonuniy va boshqa qonun hujjatlari uning huquqiy asosi bo’lib xizmat qiladi Investitsiya deyilganda barcha turdagi milliy va intellectual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga yo’naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir. Investitsiya to’g’risida O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunda ko’rsatilishicha, invetitsiya buiqtisodiy samara olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari, banklarga qo’yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog’ozlar, texnologiyal, mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat sub’ektlarini sug’urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki manfaatlarini amalgam oshirish yo’lida tashkil etiladi. Investitsiya faoliyatining sub’yektlaridan biri investor bo’lib, u o’z mablag’larini , qarzga olingan va jalb etilgan mablag’larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni, shuningdek intellectual mulkka
doir huquqlarni investitsiya faoliyati ob’yektlariga jalb etishni amalgam oshiradi. O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi bu – davlat tomonidan хorijiy investitsiyalarni qo’llab quvatlash uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak bo’lgan davlat tomonidan rag’batlantiriluvchi yo’nalishlarni ishlan chiqish vositasida amalga oshiriladigan chora – tadbirlar hamda хorijiy investorlar uchun qulay investitsiya yaratish va ular kiritgan mablag’larning yuqori iqtisodiy smaradorligiga erishish uchun mukammal huquqiy baza, tegishli institutlar yaratish tizimidir. Хorijiy investitsiyalar – bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellectual boyliklardir. Хorijiy investitsiyalar qo’shma korхonalarni tashkil etish, хorijiy investorlarga to’liq tegishli bo’lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda qatnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaho qog’ozlarni sotib olishi, er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga ega bo’lishda, erkin iqtisodiy xududlarda faoliyat olib borishda juda katta va muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |