long int ftell(FILE *stream);
ko‘rinishida aniqlangan bo‘lib, argumentda ko‘rsatilgan fayl bilan bog‘langan fayl ko‘rsatkichi qiymatini qaytaradi. Agar xatolik ro‘y bersa funksiya -1L qiymatini qaytaradi.
int fseek(FILE *stream, long offset, int from);
prototipiga ega bo‘lgan fseek() funksiyasi stream fayli ko‘rsatkichini from joyiga nisbatan offset bayt masofaga surishni amalga oshiradi. Matn rejimidagi oqimlar uchun offset qiymati 0 yoki ftell() funksiyasi qaytargan qiymat bo‘lishi kerak. from parametri quyidagi qiymat-larni qabul qilishi mumkin:
SEEK_SET (=0) - fayl boshi;
SEEK_CUR (=1) - fayl ko‘rsatkichining ayni paytdagi qiymati;
SEEK_END (=2) - fayl oxiri.
Funksiya fayl ko‘rsatkichi qiymatini o‘zgartirish muvaffaqiyat-li bo‘lsa, 0 qiymatini, aks holda noldan farqli qiymat qaytaradi.
rewind() funksiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |