Bog'liq STANDARTLASHTIRISH VA METROLOGIYA BO‘YICHA XALQARO TASHKILOTLAR
10.5. Sinov laboratoriyalarining akkreditlash bo‘yicha Xalqaro konferensiyasi ISO va XEK ishlab chiqqan xalqaro qoidalarga asosan laboratoriyalarni akkreditlashdan maqsad sinov laboratoriyalarini aniq sinovlar yoki aniq tur sinovlari (ISO/MEK) Rukovodstvo 2. 86) o‘tkazishga huquq berishdan iborat.
Akkreditlangan sinovlar tushunchasi mahsulotni sertifikatlashtirish faoliyati bilan chambarchas bog‘langandir.
ILAK (International Laboratory Accreditation Conference) birinchi marta 1977 yili Kopengagen (Daniya)da chaqirilgan. ILAKning yaratilishidan ko‘zda tutilgan maqsad – sinov laboratoriyalarining akkreditlash milliy tizimlarini o‘zaro tan olish bilan amaldagi va xalqaro bitimlardagi ma’lumotlarni, mahsulotni sinash natijalarini va boshqa mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishga harakat qilish.
1980 yilda chaqirilgan ILAKning konferentsiyasida milliy tizimlarining akkreditlangan laboratoriyalarini o‘zaro tan olish bo‘yicha amaldagi ikki va ko‘p tomonlama bitimlar haqida ma’ruza tayyorlashga qaror qabul qilindi.
Ish jarayonida ikki xil xalqaro bitimlar borligi namoyon bo‘ldi:
1. Laboratoriyalarni akkreditlamasdan sinov natijalarini va sertifikat bayonnomalarini o‘zaro tan olish bitimi;
2. Sinov laboratoriyalarining akkreditlash milliy tizimlarini o‘zaro tan olish bitimi (tan olishni sertifikatga yozish bilan).
Shu masalalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi va ularning natijalariga ko‘ra shunday bitimlar zarurligi qayd qilindi.
Laboratoriyalarni akkreditlash masalalari hozirgi kunda aktual bo‘lib, ular bilan bog‘liq bo‘lgan materiallarni sistemali ravishda chop etilish zarurati to‘g‘ildi. Shu masalalarda har doim ILAK o‘z materiallarining chop etilishini «Metrologiya» jurnali tahririyati bilan hamkorlikda amalga oshirilishiga qaror qildi.
1983 yili ILAK tashabbusi bilan sinov laboratoriyalari uchun sifat bo‘yicha qo‘llanma tuzishga tavsiyaviy loyiha tayyorlandi, 1986 yili esa bunday tavsiya qabul qilindi. ISO va XEK lar tomonidan qayta ishlangan bu hujjat ISO/MEK 49 qo‘llanmasi nomi bilan ma’lumdir.
ILAK tomonidan ishlab chiqarilgan xalqaro hujjatlar mahsulotni chetga chiqaradigan va chetdan mol olib keladigan mamlakatlardagi savdo – iqtisodiy siyosatiga katta ta’sir o‘tkazmokda. Bunga misol tariqasida YeeS mamlaktalari tomonidan 1989 yili qabul qilingan akkreditlanuvchi laboratoriyalarga talablar asosini belgilovchi akkreditlash va sertifikatlashtirish idoralari uchun zarur Yevropa EN – 45000 standartini ko‘rsatish mumkin.