Mustaqil ishi islom xalifalik davlatini Muhammad (S. A. V) dan keyin kimlar boshqargan Reja



Download 102,07 Kb.
Sana08.07.2022
Hajmi102,07 Kb.
#756998
Bog'liq
falsafa



SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

BANK ISHI V AUDIT FAKULTETI


321-GURUH TALABASI
RAHMONOV DONIYORNING
FALSAFA FANIDAN
TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Islom xalifalik davlatini Muhammad (S.A.V) dan keyin kimlar boshqargan
Reja:

  • Muhammad (S.A.V) vafotlari

  • Xalifa Abu Bakr Siddiq boshqaruv davri

  • Xalifa Umar Ibn Al-Xattob Al-Foruq boshqaruv davri

  • Xalifa Usmon ibn Affon boshqaruv davri

  • Xalifa Ali ibn Abu Tolib boshqaruv davri

Muhammad, Muhammad ibn Abdulloh (arabcha: مُحَمَّد بنِ عَبْد ٱللَّٰه; tax. 570-yil, Makka — 8-iyun 632-yil, Madina) — islom dini va birinchi musulmonlar jamoasi asoschisi. Musulmonlar eʼtiqodiga koʻra, Allohning oxirgi paygʻambari va uning elchisi. Shu maʼnoda uni Rasululloh, Ras uli Akram deb atash odat tusiga kirgan. Islom taʼlimotiga koʻra, Muhammad nomini aytgan yoki eshitgan kishi „sallalohu alayhi vasallam“ (s.a.v.) yoki „alayhissalom“ (a.s.) deb salovat aytib qoʻyish vojib hisoblanadi. Muhammad orqali odamlarga Qurʼon nozil qilingan. Va 632-yil uzoq davom etmagan kasallikdan soʻng Muhammad Madinada vafot etdi. Muhammadni oʻz hujrasiga dafn qilishgan, maqbarasi keyinchalik u yerda qurilgan katta masjid ichida qolgan, musulmonlarning ziyoratgohiga aylantirilgan.


BU BAKR SIDDIQ (toʻliq nomi – Abu Bakr Siddiq Abdulloh ibn Abu Qahhofa ibn Omir; 571 — 634) — MuhaAmmad (S.A.V) daʼvati bilan islomni birinchilardan boʻlib qabul qilgan, dastlabki toʻrt xalifadan birinchisi (632—634). Muhammad (S.A.V)ning eng yaqin safdoshi, qaynotasi (Oyshaning otasi). Yirik savdogar. Makkaning quraysh qabilasidan. Islomga kirishdan oldin ismi Abdulkaʼba edi. Abdullo ismini Muhammad(S.A.V) qoʻygan. Siddiq deb atalishiga sabab shuki, isro va meʼroj hodisasini eng birinchi boʻlib tasdiqlagan. Muhammad paygʻambar(S.A.V) unga Siddiq, yaʼni imoni kuchli deb laqab berdi. Abu Bakr Assiddiq Abdulloh ibn Usmon Attaymiy Alqurashiy Xulofoi Rashidinlarning avvalgisi Jannati deb basharot berilgan o‘n kishining biri, Islom nabiysining vaziri va sohibi, Rasullullohni madinaga qilgan hijratidagi do‘stidir. Ahli sunna val jamoa u kishini Payg‘ambarlar va Rasullardan keyingi eng yaxshi kishi deb hisoblaydilar. Iymon va zuhdda saxobalarni ortda qoldirgan. Nabiy alayhisallomga zavjasi Oishadan keyingi eng mahbub kishi deb hisoblaydilar. Abu bakr ismiga odatda “as-Siddiq” degan laqab ulanib keladi. Bu laqabni Nabiy alayhissalom unga nozil bo‘lgan narsalarni boshqalardan ko‘ra ko‘proq shubxasiz tasdiq qilganligi uchun qo‘yganlar. Abu bakr (r.a.) johiliyatda qurayshning boy kishilaridan edi. Nabiy alayhissalom u kishini islomga chaqirgan paytlarida shak – shubhasiz islomni qabul qildilar va hur kishilar o‘rtasida islomni qabul qilgan birinchi kishi bo‘ldilar. So‘ng Nabiy s.a.v. bilan birga Makkadan madinaga xijrat qildilar. Badr g‘azotida qatnashdi va shu bilan birga Nabiy s.a.v bilan g‘ozotlar ishtirokchisi bo‘ldi. Nabiy s.a.v og‘ir betob bo‘lib qolganlarida bu foniy dunyoda oxirgi nafaslarini olish paytlarida Abu bakr r.a.ga namozda odamlarga imom bo‘lishga buyurdilar. Mana shu holat Nabiy s.a.v.ning xalifasi ekaniga dalolat bo‘lgan edi. Nabiy s.a.v vafotlaridan keyin musulmonlarni boshqarishni o‘z zimmasiga oldilar. Bir qancha arab qabilalari islomdan murtad bo‘lib ketdilar. Abu bakr r.a ularga qarshi jang qildilar va islom hukmini o‘rnatdilar. Ridda urushlari barham topganlaridan so‘ng Abu bakr r.a islom askarlarini Iroq va Shom yerlarini fatx qilish uchun yubordi. Iroq Fatx qilindi, Shom yerlarining Makkadan Madinaga hijrat qilishda Muhammad (S.A.V)ga hamroh, gʻorda hamnishin boʻldi. Badr, Uhud, Handaq, Xudaybiya va b. joylardagi janglarda ishtirok etdi. Abu Bakr Siddiq obroʻli va badavlat kishi boʻlgani uchun koʻp odamlarga yordam qildi, chunonchi, Bilol Habashiyni qullikdan sotib olib, ozod etdi. Muhammad(S.A.V) vafotidan keyin birinchi xalifa boʻlib saylandi (632). Arab qabilalarining Madina hokimiyatiga qarshi koʻtargan qoʻzgolonlarini bostirdi. Abu Bakr Siddiq xalifaligi davrida arablar Iroq va Suriyani fath qildi. A. B. S. Madinada vafot etdi va Muhammad (S.A.V) yoniga dafn qilindi.
Umar Ibn Al-Xattob Al-Foruq (Umar ibn Xattob) (arabcha: عمر بن الخطاب; oʻqilishi: ʼOmar ibn al-Xattāb; taxminan 584-yil — 644-yil) — dastlabki toʻrt xalifadan ikkinchisi (hukmronlik yillari 634—644), jannat bashorati berilgan 10 ta sahobalardan biri. Shuningdek, Buyuk Umar nomi bilan ham mashhur. Asli Quraysh qabilasining Banu Adi sulolasidan. „Xulafa ur-Roshidun“ („Toʻgʻri yoʻldagi xalifalar“) nomini olgan xalifalardan biri. Islomni taxminan 616-yili qabul qilgan. Muhammadning yaqin safdoshlaridan biri, u olib borgan barcha janglarda qatnashgan. Abu Bakr oʻlimidan avval Umarni oʻz oʻrniga tavsiya etgan. Umarning xalifalik davrida islom Iroq, Suriya, Misr, Liviyaga tarqaldi. Eron hududlari xalifalikka qoʻshildi. Arab-musulmon saltanati tarkib topa boshladi. Uning davrida barcha asosiy maʼmuriy-huquqiy muassasalar, avvalo soliq-oʻlpon tizimi tuzildi. Musulmonlar jamoasi tez orada ruhoniylar idora etadigan davlatga aylandi. Bu hol Umar xalifa unvoniga birinchi boʻlib qoʻshimcha amir al-moʻminin (moʻminlar hukmdori) unvonini qabul qilishida ham ifodalandi. Umar yangi musulmon yil hisobi — hijriy yil taqvimini joriy etdi. Sunniylar tarixiy anʼanasida Umar risoladagidek hukmdor, yaʼni taqvodor, musulmonlarga nisbatan adolatli, dushmanlarga beshafqat inson sifatida taʼriflanadi. Uning davri islomning „oltin asri“ deb ulugʻlanadi. Umar Muhammad Sollolohu alayhi vassalamning Madinadagi qabri yoniga dafn etilgan.Umar ibn Hattobdan soʻng Usman ibn Affon moʻminlarga amir boʻladi.
USMON ibn Affon (taxm. 575— 656) — dastlabki turt xalifadan uchinchisi (hukmronlik yillari 644—656). Umaviylar kabilasiga mansub. Makkalik boy savdogar. Muhammad (sav)ning dastlabki izdoshlaridan biri. Musulmonlar guruhi bilan Habashistonga koʻchgan, 623-y. da Madinaga kelgan. Usmon avval Paygʻambar (as)ning qizi Ruqiyaga uylangan (taxm. 610), u vafot etgach, Rasululloh ikkinchi qizi Ummu Kulsumni ham Usmonga nikoxlab bergan (623), shuning uchun «Zun-Nurayn» — ikki nur egasi, degan nom olgan. Usmon yangi xalifani saylashi lozim boʻlgan shoʻro tomonidan xalifa kilib tayinlangan. Usmon hukmronligi davrida sosoniylar davlatini fath etish tugallandi, musulmonlarning Tunis va Kavkazorti ulkalaridagi mavqei mustahkamlandi. Usmonning buyrugʻi bilan Qurʼoni karim matni toʻplanib, bir butun (musʼhaf) kitob shakliga keltirildi va turli oʻlkalarga tarqatildi, Masjidi Nabaviy kengaytirilib, qayta taʼmirlandi. Rumo arigʻi qazildi. Umrining oxirgi yillarida birinchi bor xalifaga muxolifat yuzaga keldi, qoʻshin va viloyatlardagi zodagonlar oʻrtasida Usmon siyosatiga karshi norozilik kuchaydi. U. Madinada, Qurʼon oʻqib turgan chogʻida dushmanlari tomonidan oʻldirilgan.
Ali ibn Abu Tolib (taxminan 600-661, Koʻfa) — islomda „xulafo ar-roshidin“ („toʻgʻri yoʻldan borgan xalafalar“), dindorlar oʻrtasida „choryorlar“ deb atalgan dastlabki 4 xalifadan toʻrtinchisi. Quraysh qabilasining hoshimiylar xonadonidan. Muhammad s.a.v ning amakivachchasi va kuyovi (Fotimaning eri). Islomda vujudga kelgan shialik harakati bevosita Ali ismi bilan bogʻliqdir. VII asr oʻrtalarida xalifa Usmon siyosatidan norozilik ommaviy tus oldi. Muhammad s.a.v ning barcha yurishlarida ishtirok etgan, qoʻrqmas va sodiq jangchi, oʻta taqvodor inson, mohir notiq Ali xalifalikka munosib nomzod sifatida koʻpchilikka maʼqul edi. 656 — yil iyunda Usmon oʻldirildi va Ali xalifa deb eʼlon qilindi. Ammo sahobalardan Talha va az-Zubayr hamda Aliga nisbatan adovatda boʻlgan paygʻmbarning bevasi Oysha tarafdorlari unga qarshi bosh koʻtardilar. Qatl etilgan Usmonning qarindoshi Suriya hokimi Muoviya ham Aliga qarshi urush eʼlon qildi. 657-yil Furot daryosi oʻng qirgʻogʻidagi Siffin degan joyda yuz bergan jangda Ali qoʻli baland kelgan boʻlsada, u raqiblari bilan kelishishga koʻndi. Bundan norozi boʻlgan Ali askarlaridan 12 ming kishi jang maydonini tark etdilar va xorojiylar deb atalgan diniy-siyosiy oqimni tashkin qildilar. Xorijiylar raqiblariga nisbatan yakka terror usulini qoʻllay boshladilar. 661 yil 19-yanvarda Ali Ibn Muljam degan shaxs tomonidan masjiddan chiqish paytida jarohatlanadi va ikki kundan soʻng vafot etadi. Islomda Ali shaxsiga munosabat turlichadir. Xorijiylar unga oʻta salbiy munosabat bildirgan boʻlsalar, shialar aksincha uni ilohiylashtirib yuborganlar. Ahli sunna Ali shaxsiga moʻtadil va toʻgʻri baho beradi. Shubhasiz, Ali Umar al-Xattob singari islom gʻalabasi yoʻlida katta xizmat koʻrsatgan arbob, islom ahkomlari, Qurʼon va uning tavsirlari hamda hadis rivoyatlari bilan bogʻliq koʻp masalalarning chuqur bilimdoni boʻlgan. Ali tarafdorlari keyinchalik islomdagi shialik (arab. — „shia“ — guruh, bu oʻrinda „Ali tarafdorlari“ mazmunida) oqimini tashkil etganlar. Ali shialarning qahramonliklari va sarguzashtlarini tasvirlovchi juda koʻp rivoyatlar toʻqilgan va bu sunniylar oʻrtasida ham keng yoyilgan. Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekistonda bir necha qadamjo va mozorlar Ali nomi bilan bogʻlanib, muqaddaslashtirilgan. Haqiqatda esa Ali Oʻrta Osiyo va Eronda hech qachon boʻlmagan.Ali ibn Abu Tolib (taxminan 600-661, Koʻfa) — islomda „xulafo ar-roshidin“ („toʻgʻri yoʻldan borgan xalifalar“), din-dorlar oʻrtasida „choryorlar“ deb atal-gan dastlabki 4 xalifadan toʻrtinchisi. Quraysh qabilasining hoshimiylar xo-nadonidan. Muhammadning amaki-vachchasi va kuyovi (Fotimaning eri). Is-lomda vujudga kelgan shialik harakati bevosita Ali ismi bilan bogʻliqdir. 7-asr oʻrtalarida xalifa Usmon siyosati-dan norozilik ommaviy tus oldi. Muhammadning barcha yurishlarida ishtirok etgan, qoʻrqmas va sodiq jang-chi, oʻta taqvodor inson, mohir notiq Ali xalifalikka munosib nomzod sifatida koʻpchilikka maʼqul edi. 656-yil iyunida Usmon oʻldirildi va Ali xalifa deb eʼlon qilindi. Ammo sahobalardan Talha va az-Zubayr hamda Ali ga nisbatan adovatda boʻlgan paygʻambarning bevasi Oysha ta-rafdorlari unga qarshi bosh koʻtardilar. Qatl etilgan Usmonning qarindoshi Su-riya hokimi Muoviya ham Ali ga qarshi urush eʼlon qildi. 657-yil Furot daryosi oʻng qirgʻogʻidagi Siffin degan joyda yuz ber-gan jangda Ali qoʻli baland kelgan boʻlsa-da, u raqiblari bilan kelishishga koʻndi. Bundan norozi boʻlgan Aliaskarlaridan 12 ming kishi jang maydonini tark et-dilar va xorijiylar deb atalgan diniy-siyosiy oqimni tashkil qildilar. Xorijiylar raqiblariga nisbatan yakka terror usulini qoʻllay boshladilar. 661-yil 19-yanvarda Ali Ibn Muljam degan shaxs tomonidan masjiddan chiqish paytida jarohatlandi va ikki kundan soʻng vafot etdi. Islomda Ali shaxsiga munosabat tur-lichadir. Xorijiylar unga oʻta salbiy munosabat bildirgan boʻlsalar, shialar aksincha uni ilohiylashtirib yuborgan-lar. Ahli sunna Ali shaxsiga moʻtadil va toʻgʻri baho beradi. Shubhasiz, Ali Umar ibn al-Xattob singari islom gʻalabasi yoʻlida katta xizmat koʻrsatgan arbob, islom ahkomlari, Qurʼon va uning taf-sirlari hamda hadis rivoyatlari bilan bogʻliq koʻp masalalarning chuqur bi-limdoni boʻlgan. Ali tarafdorlari key-inchalik islomdagi shialik (arab.— „shia“ — guruh, bu oʻrinda „Ali taraf-dorlari“ mazmunida) oqimini tashkil etganlar. Ali shialarning 1-imomi va shia imomlari shajarasini boshlab be-ruvchi hisoblanadi. Shialar oʻrtasida Alining qahramonliklari va sarguzashtlarini tasvirlovchi juda koʻp rivoyatlar toʻqilgan va bu sunniylar oʻrtasida ham keng yoyilgan. Shia yoʻnalishining baʼzi ashaddiy firqalari Ali shaxsini ilohiylashtirib, uni Muhammad paygʻambardan ham yuqori qoʻyadilar. Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekistonda bir necha qadamjo va mozorlar Ali nomi bilan bogʻlanib, muqaddaslashtirilgan. Haqiqatda esa Ali Oʻrta Osiyo va Eronda hech qachon boʻlmagan.



Download 102,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish