Standartlarni ishlab chiqishda quyidagilarga e'tibor qilinishi kerak:
- standartlashtirilgan, o'zaro bog'langan obyektlarga qo'yilgan talablarni kelishib olish va standartlashtirish bo'yicha me'yoriy huijatlami amalda joriy etish muddatlarini uyg'unlashtirish yo'li bilan shu obyektlarni to'liq va har tomonlama standartlashtirish;
- me'yoriy hujjatlarga kiritilgan talablarning maqbulligini ta'minlash; - zamonaviy fan va texnika yutuqlari, chet el va mamlakatimizning i1g'or tajribasiga tayangan holda va standart talablarini yangilash orqali eskirgan ko'rsatkichlarni o'z vaqtida o'zgartirib turish kerak;
- standartlarga shun day talablarni joriy etish kerakki, bunda ular mahsulot xossasini va undan foydalanish xususiyatiga oid tomonlarni aniqlashi lozim. Standartlarga obyektiv ravishda tekshiriIishi mumkin bo'lgan talablar kiritiladi. Standartlar mahsulotni sertifikatlashtirish maqsadlari uchun yaroqli bo'lishi kerak. Standart talablarining bir xil ma'noda tushunilishini ta'minlash uchun aniq va yaqqol ifoda etilishi lozim.
2.Standartlashtirish ishlarini tashkil etish
Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo'yicha ishlarni tashkil etish to'g'risida»gi 1992-yil 2-martdagi 93-sonli qaroriga muvofiq, Q'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbekiston Respublikasi Davlat standartlashtirish markazi standartlashtirish bo'yicha milliy idora hisoblanadi. Respublikada standartlashtirish bo'yicha ishlarning tashkil etilishini quyidagi idoralar ta'min qiladilar:
- belgilangan mahsulot bo'yicha tarmoqlararo qo'llanilishiga O'zbekiston Respublikasi Davlat standartlashtirish markazi;
- qurilish va qurilish sanoati, shu jumladan, loyihalash va konstruksiyalash bo'yicha - O'zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish Davlat qo'mitasi;
- tabiiy resurslardan foydalanishni yo'lga qo'yish, atrofmuhitning tozaligi va boshqa zararli narsalardan muhofaza qilish sohasi bo'yicha - O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi;
- tibbiyot yo'nalishidq.gi mahsulotiar, tibbiy texnika buyumlari, dori-darmonlar va respublika sanoati ishlab chiqaradigan mahsulot tarkibida inson uchun zararli moddalar bo'lishi sohasida - O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi.
O'zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo'yicha ishlar Q'zdavstandart tomonidan standartlashtirish bo'yicha texnika qo'mitalari, korxonalar, birlashmalar va boshqa manfaatdor tashkilotlarning yillik rejalari bo'yicha amalga oshiriladi. Respublika standartlashtirish rejasiga, birinchi navbatda, milliy standartlar talablari bilan uyg'unlashish, kishilarning hayoti va sog'lig'i uchun xavfsizlik, atrof-muhit muhofazasi, iste'molchilar huquqining himoya qilinishi, milliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiytexnik dasturlarning amalga oshirilishini ta'minlaydigan milliy standartlarni ishlab chiqish kiritiladi.
O'zdavstandart, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi, Arxitektura va qurilish Davlat qo'mitasi va Sog'liqni saqlash vazirligi budjet mablag'lari hisobiga asosiy va umumtexnik talablarni belgilaydigan standartlarni ishlab chiqishda buyurtmachilar, shuningdek, vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar, konsernlar, uyushmalar va mahsulot (xizmatlar) tegishli turini ishlab chiqaruvchilar yoki iste'mol qiluvchi boshqa tuzilmalar, iste'molchilarning jamoa tashkilotlari, ilmiy-texnikjamiyatlari buyurtmachilar hisoblanadi. Bu ishlarni mablag' bilan ta'minlash ishlari buyurtmachilaming mablag'i hisobidan, shuningdek, shartnoma asosida markazlashtirilgan mablag'lar hisobidan ham oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi standartlari va texnik shartlarni ishlab chiqish, odatda, har bir manfaatdor korxona va tashkilotning vakili bo'lgan mutaxassislardan tashkil topgan texnik qo'mitalar kuchi bilan yoki standartlashtirish bo'yicha tayanch tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Texnik qo'mitalar o'z faoliyatlarini standartlashtirish bo'- yicha texnik qo'mita to'g'risidagi namunaviy nizom asosida, tayanch tashkilot esa, standartlashtirish bo'yicha tayanch tashkilot to'g'- risidagi namunaviy nizom asosida amalga oshiradilar.
Texnik qo'mitalar va tayanch tashkilotlar joriy qonunlar hamda O'zbekiston Respublikasi standartlarining loyihasi va texnik shartlaming ishlab chiqilishi yuzasidan tuzilgan shartnomaga muvofiq, ularning sifati hamda o'z muddatida olib borilishi uchun javobgardirlar.
O'zdavstandart, Arxitektura va qurilish Davlat qo'mitasi, Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi, Sog'liqni saqlash vazirIigi respublika standartlarini ko'rib chiqadilar, tasdiqlaydilar, ularning qo'llanilish muddatini uzaytiradilar, bekor qiladilar hamda unga o'zgartirishlar kiritadilar.
Respublika standartlari va ularga kiritilgan o'zgartirishlar darajasidan qat'i nazar, O'zdavstandartda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi shart.
Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi, Arxitektura va qurilish Davlat qo'mitasi, Sog'liqni saqlash vazirligi, shuningdek, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va boshqa xo'jalik tuzilmalari O'zdavstandart bilan kelishilgan holda standartlashtirishning tarmoq tizimini ishlab chiqishlari va tasdiqlashlari mumkin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va shaharlarda standartlashtirish bo'yicha ishlarni tashkil qilish, muvofiqlashtirish va uning muqobil darajasini ta'minlash ishlarini O'zdavstandart, Arxitektura va qurilish Davlat qo'mitasi,Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi va Sog'liqni saqlash vazirligining tegishli hududiy idoralari amalga oshiradi. Qoraqalpog'iston Respublikasida viloyatlar va shaharlarda standartlashtirish bo'yicha ishlarga umumiy uslubiy rahbarlikni standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish hududiy markazlari (SMSHM) olib boradi.
Sanoat va qishloq xo'jaligi tarmoqlarida standartlashtirish bo'yicha ishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun zarur bo'lgan hollarda, O'zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, uyushmalari, konsernlari va boshqa xo'jalik tizimlarida bo'linmalar (xizmatlar) va (yoki) fan-texnikaning tegishli sohalaridagi yuqori ilmiy-texnik imkoniyatlarga ega bo'lgan tashkilotlarda standartlashtirish bo'yicha tayanch tashkilotlar tuziladi. Korxona rahbarlari korxonalarda standartlashtirish bo'yicha ishlarning tashkil etilishi va bu ishlarning bajarilishi uchun bevosita javobgardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |