kompilyator – tayyor bo‘lgan dasturga mustaqil EXE-fayl shaklida tayyor kommertsiya mahsuloti ko‘rinishini beradi;
utilit-dasturlar – o‘zgarmas, oddiy operatsiyalarni tez dasturlashga xizmat qiladi (hisobotlar, ekranlar, menyu va boshqa ilovalar generatorlari).
MBBT – bu foydalanuvchi qobig‘idir. Bunday muhit foydalanuvchining so‘rovlarini tezlik bilan qonistirishga yo‘nalganligi sababli, bu – doim intepretator-tizimdir.
MBBTda dasturlash tilining mavjud bo‘lishi muayyan masala va hatto muayyan foydalanuvchiga mo‘ljallangan ma’lumotlarga ishlov berish murakkab tizimlarini yaratish imkonini beradi. Faqat tilga ega bo‘lib foydalanuvchi qobig‘i bo‘lmagan MBBTlar ham mavjud. Ular faqat dastur tuzuvchilarga mo‘ljallangan; ular kompilyatsiyalovchi turdagi tizimlardir. Bunday paketlar faqat shartli ravishda MBBT deb atalishi mumkin. Odatda ularni kompilyatorlar deb atashadi.
MBBT so‘rovlar tili ma’lumotlar bo‘yicha ham dasturga va ham terminalga murojaat qilish imkonini beradi.
E'tiboringiz uchun raxmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |