bosh kompaniyaning xorijdagi ko’chmas mulki; bosh kompaniyaning kamida bir yil davomida xorijda faoliyat yurituvchi moslamalari (kemalar, samolyotlar, neft qazib chiqaruvchi platformalar va boshqalar).
Shoʻba kompaniya, umumiy kompaniya tushunchasi, kompaniyalarning baynalmilallashuv bosqichlari, Milliy kompaniyaning TMK kompaniya darajasiga yetishi.
Sho’ba kompaniyalar qabul qilayotgan mamlakatda o’z balansiga ega bo’lgan mustaqil firma sifatida (ya’ni yuridik shaxs hisoblanib) ro’yxatdan o’tadi va TMK tizimiga kiruvchi korxonalar hisoblanadi. Bosh kompaniya uning aksiyalarning kontrol paketiga yoki sho’ba kompaniyaning butun kapitaliga egalik qiladi, korxona boshliqlarini tayinlaydi va nazorat qiladi.
Uyushgan kompaniya – bu qabul qiluvchi mamlakatda aksiyalarining 10-50 % ga bosh kompaniya egalik qiluvchi TMK tizimidagi korxona hisoblanadi. Bu korxona bosh kompaniyaning nazoratida emas, balki ta’siri ostida bo’ladi.
Ba’zan bo’lim, sho’ba va uyushgan kompaniyalar milliy firma faoliyatining baynalmilallashuvi yo’lidagi bosqichlardan biri hisoblanadi. Bu holatda internatsionallashtirishning ilk bosqichi bo’lib odatda kompaniya mahsulotlarining eksporti hisoblanadi. So’ngra bu jarayon tashqi savdo bitimlari, xorijiy hamkorlar bilan texnologiyalar (litsenzion bitimlar) ayirboshlash hisobiga kengayadi. Tovar aylanishining ko’payishi, qabul qiluvchi mamlakat firmalari bilan ilmiy- texnik aloqalarining kengayishi eksporter kompaniyaning bu mamlakatda o’z vakolatxonasini ochish zaruratiga olib keladi.
Yuqorida aytib o’tilgan milliy kompaniyaning TMK sari borish yo’lini ko’pchilik xalqaro kompaniyalar uchun odatiy bo’lgan tashkiliy qayta shakllanish zanjiri sifatida quyidagicha tasavvur qilish mumkin, ya’ni eksport – texnologiyalar bilan almashinuv – qabul qiluvchi mamlakatdagi vakolatxona – sho’ba kompaniya – uyushgan kompaniya – global ko’lamdagi biznesga ega xalqaro kompaniya.
Jahon amaliyoti ko’rsatishicha, O’zbekiston iqtisodiyotida ham transmilliy korporatsiyalarni shakllantirish mamlakatning jahon xo’jaligida va xalqaro mehnat taqsimotida munosib o’rin egallashiga, xalqaro va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida faol ishtirok etishini ta’minlovchi muhim omil bo’lib xizmat qilishi mumkin. Jahon xo’jaligining globallashuvi sharoitida O’zbekistonning transmilliy korporatsiyalarni vujudga keltirish – ochiq iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlarning bir bo’g’ini sifatida qaralmog’i lozim. Zero, TMK O’zbekistonning dunyo mamlakatlari orasidagi nufuzining yanada ortib borishida muhim o’rin tutadi.