JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MUSTAQIL ISH
UMUMIY PSIXOLOGIYA.
Mavzu: Xayol haqida tushuncha.
Bajardi: Defektologiya yo’nalishi talabasi Uralova Luiza Shuxratovna.
Xayol haqida tushuncha.
R e j a:
1. Xayol haqida tushuncha.
2. Xayolning ijtimoiy tabiati, fiziologik mexanizmlari.
3. Xayol jarayonlari va turlari.
4. Bolalarda xayolni rivojlantirilishi.
URALOVA LUIZA SHUXRATOVNA
1. Insonlr borliqni anglab, unda yuz berayotgan narsalarni qabul qilib, qolibgina qolmay o`ni o`zgartirishga ham harakat qiladi. Borliqni amaliyotda o`zgartira olishni bilish bilan birga xayolni ham o`zgartira bilish lozim.
Xael ong faoliyati bo`lib, mavjud tasavvurlar orqali yangi, hayotda mavjud bo`lmagan obrazlar, ob’ektlarni yaratishdir. Xayolning funktsiyasi – o`tgan tajriba natijalarini qayta ishlashdir. Hech narsasiz xayol mavjud bo`lishi va yaratilishi mumkin emas. Ushbu tasavvurlar xotiradan farq qiladi va xayol tasavvurlari deb ataladi. Xayol eki fantaziya, tafakkur kabi, yuksak bilish jarayonlari qatoriga kirib, kishining o`ziga xos insoniy xarakterga ega bo`lgan faoliyatlarida namayon bo`ladi. Mehnatning tayer natijasini xayolga keltirmay turib, ishga kirishib bo`lmaydi. Istalgan mehnat jarayoni xayolni uz ichiga qamrab oladi. Xayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo`lib, mehnatning oxirigi va oraliq mahsulotlarida o`z ifodasini topadi, shuningdek problemali vaziyat noaniqlik ko`rsatgan hollarda xulq atvor programmasini tuzishni ta’minlaydi. Xayolning psixik jarayon sifatidagi birinchi va muhim vazifasi shundan iboratki, u mehnatni boshlamasdan oldin uni natijasini tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Binobarin, xayol odamga faoliyat jarayonida mehnat mahsulotlarining oxirgi yoki oraliq psixik modellarini hosil qilish yo`li bilan yo`l-yo`riq ko`rsatadi. Bu esa mehnat mahsulotlarining narsalar sifatida gavdalanishiga yordam beradi. Xayolning qimmati shundan iboratki, u hatto tafakkur uchun kerak bo`lgan to`la va zarur bilimlar bo`lmagan joyda ham biror qarorga kelish hamda muammoli vaziyatdan chiqish imkonini beradi.
Demak, biz ilgari idrok qilmagan predmet va hodisalarni yaratishdan iborat bo`lgan psixik jarayon xayol deb ataladi.
Xayolni ko`pincha fantaziya deb ataydilar, xolbuki, ba’zan “fantaziya” degan so`z bilan haqiqiy hayotda kam aloqador bo`lgan tushunchadir. Xayolning boyligi idrok qilish ko`nikmasiga, predmetlar va hodisalarning obrazlarini kuzatishi va xotirada saqlab qolishga bog`liq bo`lib, ular keyinchalik qayta ishlab chiqiladi. Bu jarayonda tafakkur muhim rol’ o`ynaydi. Tafakkur fantaziya natijalariga tuzatish
Do'stlaringiz bilan baham: |