Diqqat xususiyatlari. Odamning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega bolib, ulardan asosiylari - diqqatning kuchi va barqarorligi, diqqatning kolami, diqqatning bolinuvchanligi va diqqatning kochuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligiga kura odamlarning diqqatlari ozining kuchi va barqarorligi jixatidan bir-biridan farq kiladi. Ayrim odamlarning diqqati kuchli va barqaror bolsa, boshqa bir odamlarning diqqati kuchsiz va beqaror boladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam oz diqqatini biror narsa yoki xodisaga uzoq muddat davomida muttasil karatib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson xayotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki diqqatni malum muddat biror narsaga muttasil, yani uzluksiz tarzda karatib odam ishlay ham olmaydi, oqiy ham olmaydi va xatto uxlay ham olmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |