Mustaqil ish ta’lim yunalishi: Matematika va informatika



Download 192,91 Kb.
bet6/6
Sana17.07.2022
Hajmi192,91 Kb.
#811178
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5219681790712617240

Madaniy omil. Bu omil turistlarning madaniy, ilm va estetik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo’lib, kishilarda bilim, hayotni tadqiq qilish, urf-odatlar, tradisiyalar, madaniyat, tarixni o’zgartirishga intilishlar kiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, insonni u yoki bunday dam olishlik xiliga ixlosmandlik va o’zining ehtiyojlariga muvofiq ravishda qondirish dunyo mamlakatlari bo’yicha juda farqlanadi. Masalan, Buyuk Britaniyada 46 %, Belgiyada -35 %, Germaniyada -32 % aholi issiq Dengizlar bo’ylarida dam olishni yaxshi ko’radilar. Yaponiya 22 aholisining 51%i shaharlarda dam olishni, Fransuzlarda 25%, Ispanlarda 33% kishilar o’zga mamlakatlar bo’ylab sayohat qilishni yaxshi ko’radilar.

Ilmiy-texnika taraqqiyoti omili. Hozirgi vaqtda ilmiy-Texnika taraqqiyoti tufayli uzoq masofaga sayohat qilishlik muddati juda qisqargan davr hisoblanadi. Transportda standartli xizmat ko’rsatish yo’lovchilar uchun juda qulay, shinam bo’lib qolmoqda, to’g’ridan-to’g’ri aviareyslar, temir yo’l, avtomobil bosh yo’llari vujudga kelmoqda.

Turizm industriyasida yaratilgan tur mahsulotning iste’molchisi turist hisoblanadi. Turist tur mahsulotning istimolchisi bo’lib o’zining yashab turgan muhitidan , shart-sharoitidan, mamlakatidan, o’zga mamlakatlarga , joylarga , manzillarga , qit’alarga dam olish, xordiq chiqarish, ko’ngil ochish, davolanish, bilish, o’rganish, ziyorat qilish, sport bilan shug’ulanish, dengizda suzish, tog’da yurish kabi faoliyatlar bilan shug’ullanuvchi, hyech bo’lmaganda 24 soat va undan ortiq 6 oy yoki bir yilgacha bo’lishi, borgan joyida haq to’lanadigan lavozimni egallamasligi va vataniga albatta qaytib keluvchi qishiga aytiladi. Turistlar o’z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda maqsad va vazifalarini, sayyohat davriga zarur bo’lgan pul, mablag’larini, bo’sh vaqt ta’tilga chiqish vaqtlarini aniqlaydilar, sayohat havfsizligi, to’g’riligi va borgan joylarida erqin harakat qila olishlari haqida ahborot oladilar, ularning sayohat vaqti 24 soatdan ortiq bo’lishi kerak. Bunday holatlar quyidagi fiqrlardan: har qanday turist tunashi, dam olishi, va albatta ovqatlanishi zaruratidan kelib chiqadi, sayohat davomiyligi bir yilga cho’zilmasligi, inson haddan tashqari charchamasligi, qiynalmasligi, aqsincha borgan joylaridan mamnun bo’lishi, yegan ovqatidan lazzatlanishi, dam olishi, ko’ngil ochishi, ko’proq narsalarni bilishi, dunyo voqealaridan xabardor bo’lishlikni taqoza etadi.

Turist bo’lishlik uchun: o’zi yashab turgan muhitdan boshqa muhitga o’tishni tanlab oladi, turist davlat tomonidan qafolatlangan (jamoat, korxona) mehnat ta’tiliga va bo’sh vaqtiga ega bo’lishi, yashash uchun kerak bo’lgan vositalarni harid qilishga mablag’i bo’lmagan bunday odam sayohat to’g’risida o’ylashi ham kerak bulmaydi. Turist sayohat kilishi uchun aniq mablag’ga, yoki boy merosga ega bo’lishi kerak.

Turistlarning sayohatga chikishlaridan maqsad o’zga xalqlarning yashash tarzi bilan yaqindan tanishish va o’rganish, dam olishlari, xordiq chiqarishlari, tundagi hayot tarzi bilan tanishishlari raqsga tushishlari, ashula va qo’shiq bilan tanishishlari o’rgangan umumiy muhitni almashtirishlari mexnat jarayonida olgan zarbalarni yo’q qilishlari, teatrlar, festivallarga qatnashish, yangi –yangi odamlar bilan uchrashish, borgan mamlakatdagi biznes saloyihati uchun bo’lgan shart sharoitlarni o’rganish, shopping maqsadlari bilan borish suvener va sovg’alar sotib olish, dengizda dam olish va sport bilan shug’ullanish, qishgi va yozgi sport o’ynlariga katnashish, davolanish, salomatlikni mustahqamlash maqsadlarida borish, diniy ziyoratchilik bilan shug’ullanish, qarindoshlar va do’stlar bilan uchrashish va boshkalar.

Hozirgi zamon turizm industriyasi quyidagi tasniflarga bo’linadi: ichki turizm – bu mamlakat fuqorolarining aholisi va chet eldan kelgan turistlarning shu mamlakati teritoriyasi bo’ylab qilgan sayohatlaridir. Xalqaro turizm – bir mamlakat fuqorolarining o’z mamlakatlari chegarasidan boshqa mamlakatlar teritoriyasiga qilgan sayohatiga aytiladi. Milliy turizm deganda, biz, shu mamlakat turistik tashkilotlar, firma va korxonalarning turistlarga xizmat ko’rsatishni tashkil etish, rivojlantirish va taqomilllashtirish bo’yicha faoliyatlariga aytiladi.

Boshqacha aytgtanda ichki, xalqaro hamda tashqi turizm sohasidagi bo’lgan faoliyat majmuiga aytiladi. Bulardan tashqari turizm industriyasi sohasida turizning boshka shakillari mavjud Bularga: havaskorlar turizmi - turistik jamoa faoliyatining maxsus turlari bo’lib ixtiyoriy ravishda havasqorlar tashabbusi bilan turizm tashkilotlarining qatnashuvisiz tashkil etilgan ixtiyoriy turizmdir.

Bu turizm ixtiyoriy turistik birlashmalar va ittifoqlar orqali amalga oshiriladi. O’zlarining me’yoriy hujjatlariga, turistik faoliyatlarni o’z uslubiy adabiyotlar chop etish vositalariga ega bo’lgan turizm shaklidir.

Ijtimoiy turizm – turizmning alohida shakli bo’lib, davlat va nodavlat tashkilotlari, xususiy mulkdorlar ishlab chiqarish korxonalari va har xil uyushmalar tomonidan ajratilgan mablag’lar hisobiga maqtab bolalariga, yoshlarga, pensionerlarga, mehnat va urush fahriylariga va boshqa qam taminlangangan oilalarga uyushtirilgan turizmdir.

O’zbekiston Respublikasi mustaqillika erishgandan so’ng, O’zbekistondagi 5 mingga yaqin tarixiy-arxiTektura yodgorliklaridan 280 tasi xalqaro turistlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbuslari bilan bu tarixiyy yodgorliklarini 45 tasi qayta ta’mirlanib O’zbekistonga tashrif buyuruvchilarning 70-80 foizi bu diqqatga sazovor joylaridan baxramand bo’lmoqdalar.

Hozirgi vaqtda turizm industriyasining yanada rivojlantirish bo’yicha quyidagi asosiy turlarga ahamiyat berilmoqda. Tur (yunalish) Deganda yakunlanishi munkin bo’lgan turistik mashrut bo’yicha ko’rsatiladigan xizmatlarning hujjatlari yig’indisi bo’lib, bunda tur yunalish bo’yicha hamma ma’lumotlar mavjud bo’ladi. Asosan turning dasturida xizmatlar sifati va bu xizmatlarga qo’yilgan narxlar ko’rsatiladi.

1. Arxeologik tur- qadimshunoslik joylarini yoqtiradigan, o’rganadigan turistlar uchun tashkil etiladi.

2. Pekij tur- barcha asosiy xizmatlar ko’rsatiladigan joylar ularni fotosi, mamlakat to’g’risida qisqa axborot, turda ko’rsatadigan xizmatlar xillari va barcha xizmat turlarining umumiy qiymati ko’rsatilgan bo’ladi.

3. Aylanma tur- bu tur shaharlar atrofidagi yaqin manzillarga, joylarga tashkil etilib, qaysi joydan boshlangan bo’lsa, shu joyga qaytib kelganligi uchun aylanma tur deyiladi.

4. Birkunlik tur- bu tur asosan shahardagi tarixiy va arxitektura yodgorliklari, muzeylar va boshqa turistik joylarga dam olish kunlarida tashkil etiladi.

5. Dam olish kunlarida tashkil etiladigan turlar-bunday turlar dam olish kunlarida ko’proq tashkil etiladi.Bu turlarning muddati ikki kun (shanba va yakshanba) ziyorat qilish va yaqin joylarda tashkil etiladi.

6. Doimiy turlar- bunday turlar turistik mavsumdan qat’iy nazar, respublika shaharlarga, diqqatga sazovor joylarga, manzillarga uzluksiz ravishda tashkil etiladi.

7. Eksklyuziv turlar- bunday turlar hujjatlarda (tur paketda) ko’rsatilgan turistik majburiy xizmatlardan tashqari qushimcha xizmatlarni ko’rsatish bulib umumiy turmahsulot qiymatiga kirmaydi va ko’rsatilgan qo’shimcha xizmatlar uchun aloxida to’lanadi.

8. Mavsumiy turistik turlar- bunday turlar turistik mavsum davrida dam olish kunlarida tashkil etiladi, masalan yoz oylarida dengizda daryolarda chumilish havzalarida tashkil etiladi. Qish oylarida qorli tog’lar va o’rmonlarda chang’ida uchish uchun tashkil etiladi.

9. Maxsus turlar- bunday turlar ―Buyuk Ipak Yo’li‖ bo’yicha joyylashgan mamlakatlar, shaharlarga tashkil etiladi. Bu turlarning alohida dasturi bo’lib, ov qilish, dam olish, tog’larga chiqish ,cho’lda kezish, o’rmonlarda sayr qilish kabi maqsadlar uchun tashkil etiladi.

10. Mavzuli turlar- alohida mamlakatlar, buyuk ,tarixiy shaxslar,davlat arboblari, sarkardalar,olimu-fuzolarga bag’ishlanadi.

11. Piyoda tur: ko’p turistlar tog’ga, cho’lga chiqishi qiyin bo’lgan joylarga transportsiz piyoda chiqishni yoqtiradigan turistlarga tashkil etiladi.

12. Suv yo’nalishlari bo’yicha turlar: bunday turlar dengiz va daryolarga yaqin bo’lgan shaxar axolisi uchun tashkil etiladi.

13.Temir yo’l yo’nalishi bo’yicha turlar: davlatlar va shaxarlar o’rtasida poyezd orqali bo’ladigan sayohat kiradi, bunday turlar temir yo’l yo’nalishi bo’yicha bo’lganligi tufayli arzon va qulay xisoblanadi.

14. To’g’ri yo’nalish bo’yicha turlar: bunday turlar shunday tashkil etiladiki, boshqa manzillar va joylarga borib shaxarlarni ko’rgandan so’ng o’z manziliga qaytib kelish sharti bilan tashkil etiladi.

15. Tashkillashtirilgan tur: bu turlar maxsus tashkillashtirilgan bo’lib turistlar birnecha manzillar, joylarni ko’rishlari mumkin, bu joylar bir-biriga o’xshamasligi kerak.

16. Tashkillashtirilmagan tur; bunday turlar faqatgina malakatlar va shaxarlar aniqlanib turistlar o’zlaricha bu mamlakatlarga boradilar.

17. Charter turlar: bunday turlar qisqa vaqt muddatda jahonning ma’lum bir mamlakatiga yoki bir Nechta shaxarlarga tashkil etiladi.

18. Rekrasion tur-bu salomatlikni qayta tiklash bo’yicha maxsus tur bo’lib,

ma’lum bir kasallikni davolash uchun toza havoda, tabiat qo’ynida, tog’ o’rmonda

davolanish uchun tashkil etiladi.

19. Sport bo’yicha turlarni tashkil etishda turistik firma va korxonalar

sport yo’nalishlari bo’yicha bo’lgan sport xillari mavjudligi va axolini qaysi sport turlari bo’yicha ehtiyojlarini aniqlash bilan boshlanadi. Jaxonda sport turlari bo’yicha xilma-xil bo’lgan o’yinlar, qaysi mamlakatda o’tadigan musobaqalarni aniqlash va tayyorgarlik ko’rish ishlari bo’yicha rejalar tuzishlari kerak.

20. Tijorat bo’yicha turlarni tashkil etish: turistik firma va korxonalar eng avvalo, talab katta bo’lgan turistik tovarlar tarkibiga nimalar kirishini qanday har xil tovarlar bo’lishini bilishini oldindan rejalashtirishlari kerak. Turistik tovarlar deganda iste’mol uchun ketadigan tovarlar, sovg’alar va boshqa xil mahsulotlar, turistlar uchun zarur bo’lgan bevosita yoki bilvosita ko’rsatiladigan xizmatlarga aytiladi.

21. Diniy va iloxiy joylarni ziyorat etish bo’yicha turlarni tashkil etish. Diniy turizm hozirgi zamon turizm sanoatining tarkibiy qismlaridan biridir. Diniy tarixiy va madaniy yodgorliklar muqaddas joylar, maqbaralar, masjidlar, diniy-ruhiy markazlar turistik obektlar xamma vaqt talabga ega bo’lib, xudud va shaxar axolisini qatnaydigan joylari xisoblanadi. Mamlakatimizda 100 foiz yodgorliklar davlat muxofazasiga olingan. O’zbekistondagi dniy va muqaddas joylar Bevosita O’zbekiston Respublikasi Prezidentining nazorati ostida tamirlanmoqda va ularga boriladigan yo’laklar obodonlashtirilmoqda. Mustaqillik yillarda diniy va muqaddas joylarga keladiganlar, turistlarning soni 5 martaga oshdi.

22. “Arxitektura” turlari- Har bir davlat, millat shahar miqyosida turistlarga ko’rsatiladigan tarixiy-arxitektura inshootlariga bo’lgan sayohat o’ziga xos milliy xarakterga ega bo’ladi va ko’pchilik turistlarni qiziqtiradi. Ayrim davlatlarda shahar arxitekturasi tur mahsulot sifatida sotiladi.

23. “Alpinizm” turlari-sport turizmining tog’da o’tkaziladigan turi bo’lib, turistlar tog’ cho’qqilariga chiqish va qiyinchiliklarni yengish kabi zavqli yo’nalishlarda harakatlanishlarini bildiradi.

24. “O’smirlar uchun turlar”- bolalar turizmi bo’lib, hozir ko’pchilik rivojlantgan davlatlarda yosh bolalar bilimi va tafakkuri asosiy o’rinni egallaydi.

25. “Davolanish uchun turlar” – maxsus yo’nalish hisoblanib, turistlar o’z kasalliklarini davolash maqsadida yer osti issiq suvlariga, maxsus joylarga, shaharlarga va mutaxassislarga borishadi.

26. Dam olish uchun turlar - dam olish va bayram kunlari yoki ishdan ta’til olgan kunlar maxsus yo’nalishlarda shahardan tashqariga tashkil etiladi. Rivojlangan davlatlarda dam olish turizmi ta’til vaqtida turistlarning boshqa joylarga va davlatlarga borib dam olib kelish jarayonini ham nazarda tutadi.

27. Dengiz bo’ylab turlar- turistik yo’nalishlarning dengiz bo’ylab bir nechashaharlar, davlatlarni,turistlarni kemada sayohat qilishdir. Dengiz bo’ylab turlarda yo’nalishlar har xil bo’lishi mumkin: to’g’ri, aylanma va boshqa yo’nalishlar.

28. Ishlash bo’yicha turlar- har bir kishi turistik xizmatlarni oldindan sotib olgan holda boshqa davlatga borib, o’z ishini bajarib keladi.

29. Ilmiy turlar- olimlarning birgalikda konferensiya, festival, seminar va boshqa yig’ilishlarni o’tkazish amaliy tadbirlaridir. Boshqa davlatlarda ilmiy izlanish maqsadida guruhlar tuzilib, ular maxsus ilmiy ishlarni bajarishga mo’ljallangan bo’lib, bir necha davlatlar chegarasidan o’tiladi.

30. Kosmik turlar- turistlarni raketalar yordamida boshqa sayyoralarga olib borish va u yerda tomosha, ilmiy va dam olish jarayonlaridir. Yer orbitasi atrofida aylanib, dam oldirib, tomosha qildirib va qayta yerga tushirish ham kosmik turlar deyiladi.

31. “Nastalgiya” turlari- oldingi hayotini qo’msash natijasida boshqa joylarga sayohat qilishga aytiladi. Oxirgi yillarda jahon bo’ylab, davlatlar o’rtasida yangi tur yo’nalishlar paydo bo’lmoqda bunday yo’nalishlar sayyohlarning asosiy maqsadi o’z ota-bobolari yashagan joylarni borib ko’rish va qayta ko’rish, ular qanday va qancha yashaganligini va qanday tarixiy ishlar qilganligini bilish maqsadida maxsus turlar tashkil etiladi va bu turlar ―o’tmishini qo’msash‖ yoki o’tmishga qiziqish‖ maqsadida amalga oshiriladi.

32. Ov uchun turlar-maxsus tur bo’lib, qonun bo’yicha ruxsat berilgan joylarda hayvonlarni ov qilish yo’nalishlarini tashkil qilinib, ularga ruxsat olib berish, joylashtirish,ovqatlantirish va kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlash xizmatlarni sotish jarayoni amalga oshiriladi.

33. Oilaviy turlar- rivojlangan davlatlarda turistlar o’z oilalari bilan dam olish yoki sayohat qilish maqsadida tur mahsulotlarni sotib olishadi va bu yo’nalishlar ta’til vaqtida bolalar o’qimaydigan vaqtlada ko’p tashkil qilinadi.

36. Tog’larga chiqish bo’yicha turlar-tog’lar bo’ylab ot-ulovda, piyoda yurish va har xil tog’ o’yinlaridan foydalanish, tog’ bag’rida toza havoda dam olish, tog’ hayvonlarini ov qilish kabi xizmatlarni tur mahsulot sifatida sotish amalga oshiriladi.

Milliy turistlar-Butunjahon Turistik Tashkilotining yangi tavsiyasiga ko’ra milliy turistlarga davlat ichida sayohat qilgan turistlarga va boshqa davlatlarga ketgan turistlar qismini ham qo’shib hisoblash tavsiya etilgan.

Mahalli turistlar-davlat miqyosida bir joydan ikkinchi joyga ziyorat qiluvchi turistlarga aytilib, turistik firma va tashkilotlar jo’natgan va ular qabul qilganlar soni bilan o’lchanadi. Ayrim holatlarda mahalliy turistlarni sayohatchilar ham deb aytiladi. Chunki ular qisqa vaqt ichida faqat bir shahar ichida muzeylar,tarixiy joylarga, dam olish joylariga sayohat qilishadi.

Tur yo’nalishlari dasturi -tur yo’nalishlar bo’yicha alohida yoziladigan asosiy hujjat.Turistlarning ko’radigan joylari,transport turidan,mehmonxonalardan foydalanish tartiblari yoziladi. Tur mahsulot va turistik maxsulot o’rtasida ancha farq bor. Turistik mahsulot tushunchasi kengroq ma’noga ega. Turistik mahsulot tarkibiga qo’shimcha ko’rsatiladigan xizmatlar va iqtisodiyotni boshqa tarmoqlarida ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari xam kiradi. O’zbekiston territoriyasi bo’ylab quydagi turlar sotiladi

Turizming industriyasining rivojlanish yo’llari- davlat miqyosuda turizmning o’sishini ifodalaydi va kompleks o’sish yo’llarini turizmning turlari bilan ifodalovchi yaxlit bir kompleksni bildiradi.

Turizm industriyasining rivojlanish konsepsiyasi-ma’lum davrga rivojlangan dasturiy maqsad bo’lib, bajarish uchun tuziladi. Bu hujjat ilmiy izlanishlar uchun asosan tuzilib, o’z davri, zaxiralari, bajaruvchilari va erishadigan natijalari aniq bo’ladi. Davlat miqyosida tuzilgan konSepsiya tizimini dunyo bozoriga olib chiqishini asosiy maqsad qilib oladi.



Turizm industriyasining rivojlanish modeli- turizmning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi yo’lining hozir markazlashgan, monetoring va bozor rivojlanishi model lari. Har bir davlat o’z modelini tuzadi. Respublikamizda turizm sohasida bozor munosabatlariga asoslangan modeli tuzilyapti. Turizm industriyasining rivojlanishi asosida talab va taklif, raqobat, qiymat, qonunlari yotadi. 2
3. O‘zbekistonda milliy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
Turistik biznes iqtisodiyotning noishlabchiqarish tarmog`i hisoblanib, turistlarning moddiy va nomoddiy ehtiyojlarini qondiradigan korxona va tashkilotlar yig‘indisi. Ularning asosiy funksiyasi insonlarni to‘la qonli dam olishini ta’minlashdan iboratdir. Turistik biznes dunyoning bazi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlari iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib hisoblanadi (Turkiya, Misr, Tunis va b.).
Bugungi kunda turizm daromadliligi bo‘yicha iqtisodiyotning eng yirik sohalari ya’ni neft qazib olish va qayta ishlash hamda avtomobilsozlikdan keyingi uchinchi o‘rinda turadi. Shunday ekan, xozirda barcha mamlakatlar ichtisodiyotning ushbu sohasini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida qarashmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlar barcha tarmoqlarda, jumladan, turizm sohasida ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston rivojlanishning milliy modelini yaratmoqda, turizm bu modelning yaratilishida iqtisodiyotning ajralmas bo‘lagi sifatida o‘rin olishi zarurdir. Bunda iqtisodiy islohotlarning natijasi tarmoqning rivojlanishi bilan belgilanadi.
Respublikamiz turizm salohiyati bo‘yicha Markaziy Osiyoda eng ilg‘or hisoblanib, dunyodagi yetakchi o`nta davlat qatoriga kiritilgan.
Tur mahsulotlarning umumiy soni o‘n mingtadan ortiq bo‘lib, juda ko‘p son va sifat ko‘rsatkichlariga ega. Ammo ayrim milliy turistik mahsulotlar haligacha shakllanmagan yoki xalqaro bozorda sotishga mo‘ljallanmagan. Ko‘pchilik turmahsulotlar ma’lumot beruvchi sifatida ifodalanib, unda mahsulot bo‘yicha barcha ko‘rsatkichlar to‘liq yoritib berilmagan. Tur mahsulotning bozordagi raqobatbardoshligi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy omillardan biri hisoblanib, unga ayniqsa baho katta ta’sir ko‘rsatadi. Tur mahsulotni baholashda uning sifatiga alohida e’tibor qaratish lozim. Tur mahsulotga xalqaro bozorda bo‘lgan ehtiyojning ko‘pligi, mahsulotning turli xilligi va raqobatchi turmahsulotning bahosi katta ta’sir ko‘rsatadi.
Xalqaro turizm bozorini o‘rganish natijasida milliy turmahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlashda quyidagi uchta tamoyil asosiy rol o‘ynaydi: ishni aniq maqsadga yo‘nalgan holda davom ettirish, yangi rejalarni mo‘ljallash va ish faoliyatini muvofiqlashtirib borish. Haqiqatdan ham, turmahsulotning bozorda o‘z mavqeini ushlab turishiga doir tadbirlar ushbu yo‘nalishdagi keng qamrovli ishlarni uzluksiz ravishda olib borgandagina ijobiy natija bera boshlashini ilg‘or davlatlar tajribasidan ham ma`lum.
Tur mahsulotni o‘tkazish vositalarining yakka tartibda, boshqa chora-tadbirlardan ajralgan holda qo‘llanishi yoki ularning gohi-gohida qo‘llanib turilishi ushbu vositalar ta’sirchanligini ancha kamaytirishi mumkin. Olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, turmahsulotni xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshirishda va uning sotuvini ta’minlashda quyidagi asosiy yo‘nalishlarini alohida ta’kidlash joyizdir:
· tur mahsulotlarni sotishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
davlat tomonidan kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalda qo`llash;
· jamoatchilik bilan aloqani kuchaytirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborotlar
berishni ta’minlash va ulardan samarali foydalanish;
· reklama-tashviqot ishlarini kuchaytirish;
Hozirgi paytda turizm sohasining umumiy rivojlanishi va raqobatbardosh turistik mahsulot yaratish maqsadida, tarmoqda zaruriy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonning turizm sohasidagi islohotlarni shartli ravishda to‘rt bosqichga ajratsak bo‘ladi.3

Birinchi bosqichda tarmoqda yangi boshqaruv tizimini shakllantirish, turistik biznesni yuritishga yordamlashadigan qo‘shimcha biznes turlarini yaratish, sohaga xizmat qiladigan bank, audit, maslahat xizmatlarini tashkil etish, viloyatlarda turizm tarmog‘ining mintaqaviy bo‘linmalarini tuzish, xalqaro miqyosda turizm mahsulotini reklama qilish, xususiylashtirilgan turistik korxonalarni litsenziyalashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor berildi.



1992 yilda respublikada «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi tashkil etildi va turizm sohasida barcha tashkiliy, boshqaruv hamda muvofiqlashtirish funksiyalarini amalga oshira boshladi. 1993 yilda «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi Butunjahon turistik tashkilotga (BTT) haqiqiy a’zo bo‘lib kirdi va bu o‘z navbatida xalqaro turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. 1994 yilda BMT ning YUNESKO tashkilotiga a`z obo`ldi hamda O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlarda xalqaro turizmni rivojlantirish bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu bosqich mobaynida, ya’ni 1994 yilda ishlab chiqilgan «Turistik korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur tizimli - institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishda juda katta ahamiyat kasb etdi. 1994-1995 yillar mobaynida «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining 87,8% turistik ob’ektlari xususiylashtirildi va davlat tasarrufidan chiqarildi. Amalga oshirilgan o‘zgarishlar turistlarni qabul qilish shaklini jadallik bilan rivojlantirdi. 1995 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash va xalqaro turizmni rivojlantirish» to‘g‘risidagi Farmoni 4 Buyuk Ipak yo‘lida turistik mahsulotni tiklash borasida strategik harakterga ega bo‘ldi. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston turizmi sohasidagi islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Natijada Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlar va turistikmanzillar ro‘yxatga olindi. Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduholiq G‘ijduvoniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Motrudiy, Maxdumi A’zam, Hakim at-Termiziy, Hazrati imom, Shayx Shamsiddin Kulol, Burxoniddin Marg‘uloniy, Buxorodagi Chor Bakrlari kabi allomalarimizning maqbaralari ta’mirlandi va ziyoratgoh majmualarga aylantirildi. Toshkent shahrida muntazam ravishda xalqaro turistik yarmarka tashkil etila boshlandi. Mehmonxonalardagi xalqaro talablarga javob beruvchi o‘rinlar soni 4,8 barobarga ko‘paytirildi. Turizm sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichida, ya’ni, 1999 yil 15 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston turizmini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Buning asosida turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‘lga qo‘yildi hamda dunyo bozori bo‘yicha raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila boshlandi, turizm tizimini boshqarishning markazlashtirilishiga chek qo‘yildi. Ko‘pchilik turistik ob’ektlar o‘zlarini o‘zlari boshqara boshlashdi, xizmat bozorida raqobatlasha olmaydigan korxonalar yopilib, samarali ishlovchi yangi korxonalarga o‘rin ochib berildi. Hozirgi paytda turizm sohasidagi islohotlarning to‘rtinchi bosqichi boshlangan bo‘lib, unda xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasiga va tashkil etiladigan boshqa turistik assotsiatsiyalarga (masalan, Gid—tarjimonlar assotsiatsiyasi, Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar assotsshsiyasi) «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining bir qator vakolatlarini o‘tkazish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bu o‘lkamiz turizm bozorida faoliyat yurituvchi korxonalarimizning yanada tezroq sur’atlarda rivojlanishlariga yordam beradi. O‘zbekistonda turizmni rivojlatirish va uni yangi bosqichlarga ko‘tarish borasida, avvalo ko‘xna madaniy va arxitektura yodgorliklariga boy bo‘lgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon kabi shaharlar muhim ahamiyatga ega. Bu shaharlarda jahon ahlini xayratga soluvchi va lol qoldiruvchi qadimgi tarixiy yodgorliklar beqiyos ko‘p. Bugungi kunda respublikani xalqaro turizmning mintaqaviy markaziga aylantirish uchun hamda hududida bo‘lgani kabi transmilliy darajada ham katta investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun barcha shart - sharoitlar yaratilgan. “O‘zbekturizm” MKning statistik ma’lumotlariga qaraganda 2015 yilda O‘zbekistonga 1,977 million nafar chet ellik mehmon tashrif buyurgan. Turistik xizmatlarning umumiy hajmi 2014 yilga nisbatan 16 foizga, xizmatlar eksporti esa 9 foizga o‘sdi. 2017 yilning boshida mamlakatda faoliyat yurituvchi sayyohlik tashkilotlarining soni 900 dan ortiqni tashkil etgan. Ulardan 400dan ziyodi mehmonxona xo‘jaligi va 500 tasi turistik kompaniyalardir. 2013 yilda Xorazm, Surxondaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida turizm sohasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Bu dasturlarni amaliyotga tatdbiq etish uchun 260 million AQSH dollari hisobida mablag‘ kiritish nazarda tutilgan.5

  1. O’zbekistonda turizm industriyasini rivojlantirish chora-tadbirlari natijasi


Sayyohlik (turizm) sohasi dunyo iqtisodining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Uning keng qamrovli taraqqiyoti esa, ko‘plab mamlakatlar uchun katta daromad manbaiga aylanib bormoqda.


BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti ma'lumotida 2015 yilda dunyo bo‘yicha 1 milliard 184 million sayyoh qayd etilgan bo‘lsa, 2016 yil yakuni bo‘yicha bu ko‘rsatkich 1 milliard 235 millionga ya'ni, 3.9 foizga oshgan. Sayohatchilarga ko‘rsatilgan eksport xizmatlari qiymati 2015 yilda qariyb 1,5 trillion AQSh dollarini tashkil qilgan. 2016–2017 yillarda ham bu raqamlarda katta tafovutni ko‘rish mumkin.
Bundan ko‘rinib turibdiki, sayyohlik sohasi bugungi kunning eng muhim iqtisodiy sohalaridan biriga aylandi. Shu bois dunyoning ko‘plab davlatlari ushbu sohani yanada rivojlantirish, bu borada tegishli infrastrukturani jahon standartlari darajasida yaratish va sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Turizmning samaradorlik darajasi quyidagi raqamlarda o‘z aksini topgan:2015 yilda eng ko‘p xorijlik mehmonlarni qabul qilishda Fransiya (83,7 million), AQSh (74,8 million), Ispaniya (65,0 million), Xitoy (55,6 million) va Italiya (48,6 million) kuchli beshlikda turishibdi. Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya va Meksika kuchli o‘ntalikdan joy olgan. Biroq bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropa va Osiyoning bir nechta shaharlari yetakchilik qilmoqda. Bunga misol qilib Hongkong (27,7 million), London (17,4 million), Singapur (17,1 million), Bangkok (16,2 million) va Parij (15,0 million) singari shaharlarni keltirish mumkin.150-o‘rin O‘zbekiston uchun aslo xos emas. Afsuski, O‘zbekiston bu sohada hali ancha orqada ekanligini ko‘rish mumkin. Xususan, Butunjahon turizm va sayohatlar bo‘yicha kengashi (BTSK) tomonidan berilgan bahoga ko‘ra, O‘zbekiston sayyohlar tashrifi bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida 150-o‘rinni egallaydi.
Yurtimiz jahon sayyohlik bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga qaramasdan, turistlarga qulay sharoit yaratish, servis xizmatini yaxshilash, sayyohlik obidalarining jozibadorligini oshirish va reklamani kuchaytirish darajasi juda past. Shuning uchun bu borada sezilarli o‘sish haqida fikr yuritish ana shu omillarga bog‘liq.
Turizm bo‘yicha raqobatbardosh mamlakatlar reytingida dunyodagi (madaniy zaxiralar, arzon infratuzilma, sayyohlik mahsulotlari narxi, xavfsizlik darajasi, xalqaro shaffoflik jihatidan) eng jozibador 140 ta sayyohlik maskani qayd etilgan bo‘lib, ushbu ro‘yxatda Qozog‘iston 85-o‘rin, Qirg‘iziston 116-o‘rin, Tojikiston 119-o‘rinni egallagan, O‘zbekiston esa Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida eng oxirgi o‘rinda turibdi va bu reytingga kiritilmagan.
Yaqinda rasmiy saytlardan birida 2017 yilning birinchi yarmida yurtimizga 1 million 800 ming nafar sayyoh tashrif buyurgani, bu ko‘rsatkich 2016 yilga qaraganda 17 foizga oshgani haqidagi maqolaga ko‘zim tushdi. Nazarimda, ushbu raqamlarda biroz mubolag‘a bordek. Chunki o‘zim aynan sayyohlik sohasida ishlayotganim bois, shunday fikrdaman. Buning sabablarini maqolam davomida ko‘rsatib o‘tishga harakat qilaman.
Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti. Sayyohlar oqimini yanada oshirish, ularni ohanrabodek jalb qilish uchun nima qilishimiz kerak?
O‘zbekiston katta tarixiy-madaniy merosga – 7300 dan ortiq qadimiy-me'moriy va arxeologik obidalarga ega. Ularning ko‘pchiligi Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qo‘qon va Toshkent shaharlarida joylashgan. Yurtimizdagi 200 dan ziyod tarixiy yodgorlik va obidalar YuNeSKOning madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Nahotki shuncha tarixiy va boy madaniy meroslarimiz bo‘la turib, ularni dunyoga tanita olmasak? Buning uchun bizda arzigulik va maqtagulik boy tarixiy merosimiz yetarli. Birgina Fransiyaning Parij shahriga yiliga 15 million sayyoh tashrif buyurar ekan. Biz esa har yili sayyohlar sonini sanashdan, o‘tgan yildagidan biroz ko‘paygan bo‘lsa, uni baralla ovoza qilishdan nariga o‘tmayapmiz. Nahotki yirik bir sayyohlik salohiyatiga ega davlat bo‘la turib, bitta shaharchalik natijaga erisha olmasak?
Raqamlarda mamlakatimizga 1 million 800 ming nafar sayyoh tashrif buyurgani qayd etilgan. Agar mamlakatimizda asosiy sayyohlik mavsumi mart oyining o‘rtalarida boshlansa va dastlabki mavsum yakuni iyun oyi so‘ngiga qadar bo‘lsa, shu davr mobaynida shuncha sayyoh kelib ketishini tasavvur qilish qiyin.
Qolaversa, bizda mehmonxonalar yetarli emas, bori ham Yevropa mamlakatlarining mehmonxonalari narxi bilan deyarli teng va har yili narx sezilarli darajada o‘sib bormoqda. Bu borada yana Parijga «murojaat» qiladigan bo‘lsak, u yerda shahar va uning atrofidagi hududlardagi mehmonxonalar soni 4.260 tani tashkil etar ekan. Bizda esa bu ko‘rsatkich respublika miqyosida 4 yarim barobarga past, ya'ni, yurtimiz bo‘yicha atigi 750 ta mehmonxona mavjud. Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytda turizmning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2 foizni tashkil etadi. Bu judayam past ko‘rsatkich. Turizm faoliyatini amalga oshirgan firma va tashkilotlarning soni esa 433 tadan iborat.
Joriy yilning 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentga Murojaatida barcha sohalar qatorida turizm sanoati borasida quyidagi fikrlarni bildirdi:
«Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri – bu turizmdir. O‘zbekiston turizm sohasida dunyo bo‘yicha ulkan salohiyatga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7300 dan ortiq madaniy meros obektlari mavjud va ularning qariyb 200 tasi YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilgan.Shu bilan birga, mamlakatimizning betakror tabiati, go‘zal dam olish maskanlari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turistik yo‘nalishlar ochish mumkin. Bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, biz ziyorat turizmi, ekologik, ma'rifiy, etnografik, gastronomik turizm va bu sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratishimiz zarur. Bu borada davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini qo‘llash sohani taraqqiy ettirishda keng imkoniyatlar ochishini hisobga olishimiz lozim.
Samarqand, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilish dasturini rivojlantirish va jadallashtirish zarur. Ichki turizm sohasidagi katta imkoniyatlarni ham to‘liq ishga solish lozim».Shuningdek, davlatimiz rahbarining 2016 yil 2 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni sohada uchrayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etib, uni izchil rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Prezidentimiz mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida turizm haqida so‘z yuritar ekan, bunday serdaromad soha rivoji e'tibordan chetda qolib kelayotgani, uning O‘zbekiston iqtisodiyoti taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasini oshirish, tarixiy va madaniy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish, shuningdek, valyuta zaxiralarini to‘ldirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rilishi zarurligini alohida ta'kidladi.Prezidentimiz dunyoning 33 ta mamlakatida O‘zbekiston elchixonalari faoliyat ko‘rsatayotgan elchilarga qarata qilgan onlayn murojaatida O‘zbekistonga xorijiy ivestitsiya hamda turistlarni jalb qilishni, ayniqsa, har bir elchiga har kuni 10 nafar sayyoh jo‘natishga e'tibor berishni ta'kidladi. Ya'ni, turist ham investitsiya degani, degan g‘oyani ilgari surdi.
Davlat rahbarining yurtimizda barcha sohalar qatorida turizmga ham katta e'tibor qaratishi bu sohada ko‘zga tashlanib kelinayotgan kamchilik va muammolarni bartaraf etish choralarini jadallik bilan amalga oshirilishida dasturulamal bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. O‘zbekiston yirik turizm salohiyatiga ega mamlakatlar qatorida o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega ekan, demak biz mavjud imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishimiz kerak.
Hozirgacha xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston haqida ko‘proq ma'lumotlarni targ‘ibot qilishda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilmoqda. Xususan, bugungi kunda yurtimizga tashrif buyurayotgan aksariyat sayyohlar turizm firmalari tomonidan jalb etilmoqda. Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarida O‘zbekiston haqida aholida yetarlicha ma'lumot yo‘q. Ular aynan turfirmalar orqali eshitib, qiziqish bildirib kelishmoqda.

Shu sohada xizmat qilayotganim bois, ko‘plab xorijiy sayyohlar bilan suhbatda bo‘laman. Qolaversa, Yevropa mamlakatlarida ijodiy uchrashuvlarda ishtirok etib kelaman. Aynan shunday uchrashuvlarda ko‘plab shu kabi ko‘plab fikrlar bildiriladi.


Download 192,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish