mustaqil ish Potok: oel004 Bajardi: Jafarov Shohjahon Bobir o’g’li Tekshirdi: Parpieva M. Toshkent 2022 Mavzu: “it-tadbirkorlikni tashkil qilishning hususiyatlari” mavzusiga keys-stadi tayyorlash case


) case: IT-tadbirkorlikni tashkil etish jarayonlari



Download 18,79 Kb.
bet3/4
Sana13.07.2022
Hajmi18,79 Kb.
#790683
1   2   3   4
Bog'liq
JAFAROV SHOHJAHON BJB CASE STUDY (1)

3) case: IT-tadbirkorlikni tashkil etish jarayonlari
Hozirgi kunda mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari, biznes maktablarida o‘qitilayotgan “Ekonomiks” darsligi tadbirkorlik qobiliyati haqida gap ketadi. Bu faoliyat iqtisodiy resurs sifatida ta’riflanadi. Muallif faoliyat mohiyatini uning vazifalaridan kelib chiqib, yoritadilar:Tadbirkor – er, kapital va mehnatni uyg‘unlashtirgan holda mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish jarayonida qo‘llashni o‘z zimmasiga oladi.Tadbirkor sham va katalizatorni yoquvchi, shu bilan birga, ishlab chiqarishni harakatlantiruvchi kuchi va vositachisi bo‘lib, iqtisodiy resurslarni faoliyat yuritish va foyda olishga sarflaydi. Tadbirkor – yangi mahsulotlar, yangi texnologiyalar, hattoki biznesni tashkil etishning yangi turlarini tijorat asosida amalga oshiradigan shijoatkor shaxs.
Tadbirkor – murakkab masalalarni (faoliyat yuzasidan) o‘z zimmasiga oladigan shaxs. Tadbirkor – xatarga tik qaraydigan kishi. Buni yuqoridagi vazifalardan xam ko‘rish mumkin.
Kapitalizm tizim tadbirkorlikni, foyda olishni kafolatlamaydi. Uning harakat va qobiliyati oxiri bankrot bilan tutashi mumkin. Qisqacha qilib aytganda tadbirkor vaqtini, mehnatini, faolligi va mablag‘ini (shaxsi, sherigi yoki hissadorlarning) xatarga ko‘yadi. Jan Batist Sey (1767-1832) kapitalistik xo‘jalikda tadbirkorlik faoliyatiga e’tibor bergan olimlardan biri hisoblanadi. Uningcha tadbirkor –shijoatkor, g‘ayratli, ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanadigan inson. Ingliz iqtisoschisi Xayek Fridrix Avgust birovlarning hohishiga bo‘ysunmaydigan, mustaqil ish yuritadigan, lekin kishilik jamiyati konunlariga zid ish yuritmaydigan kishilarni tadbirkor deb hisoblaydi. O‘zbekistonda amal qiluvchi qonunchilikka asosan tadbirkorlik faoliyati deb, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlar tomonidan daromad olish maksadida o‘z mulklari miqyosida va tavakkalchilik asosidagi faoliyatiga aytiladi. Tadbirkor korxona egasi, sohibkor deb ta’riflansa Qodirov A . SHodmonov M.SH., Juraev T.J. darsliklarida «Tadbirkorlik – foyda olishga karatilgan faoliyat» deyiladi. Matveev V.G.: «Tadbirkorlik ist’emolchilarni har xil tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlaydigan turli xildagi faoliyat turi» - deb ta’rif beradi. Bizningcha tadbirkorlik faoliyati doimo foydaga qaratilmaydi. Ijtimoiy tashkilotlar, jumladan biz dissertatsiya ishida tahlil etgan biznes – inkubator faoliyatining maqsadi foyda emas. Qariyalar, etimxonalar qurgan kishini biz tadbirkor deb ataymiz. Hayriya ishlari ham tadbirkorlik xisoblanadi. Biz tadbirkor deganda o‘z mablag‘iga yoki qarz hisobiga tavakkal ish yuritadigan, shijoatkor, yangiilikni tezda ilg‘ab oladigan, jamiyatga foyda va naf keltiradigan kishilarni tushunamiz.
Olimlarning fikrlaricha dunyoda mavjud bo‘lgan insonlarning 15-20% gina tadbirkorlik faoliyati bilan shung‘ullana oladi. Amerikaliklar tadbirkorlikni mamlakatning oltin fonda deb hisoblaydilar.
«Tadbirkor» va «biznes» tushunchalari o‘rtasida nazariy jihatdan farq bo‘lsada, amaliyotda ular o‘rtasida farqni ajratish qiyin.
Biznes – «ish», «faoliyat» tushunchasini ifodalaydi, uning o‘ziga xos xususiyati bor. Tadbirkorlik qonun doirasidagi faoliyat hisoblansa, biznes – qanday bo‘lishidan qat’i nazar, pul topishga karatilgan faoliyat hisoblanadi.
Tadbirkorlik ilmining asoschilari deb R.Kantilon, A.Smit, J.B.Sey, D.Klark, Y.SHumpeter, F.Xayek kabilarni aytib o‘tish mumkin .
“Tadbirkor” tushunchasini birinchi marta XUSH asr boshida iqtisodiyot nazariyasiga ingliz iqtisodchisi R.Kantilon (1680-1734) kiritgan. U tadbirkor sifatida muayyan bahoda o‘zgalarda tovarlar sotib olib, uni ma’lum baholarda sotib, belgilanmagan miqdorda daromad oluvchi kishi deb qaraydi, tadbirkorlikning muhim tavsifiy xususiyatlaridan biri sifatida tavakkalchilikni ajratib ko‘rsatadi.
Tadbirkorlik tashabbuskorlik faoliyati bo‘lib, shaxsiy moddiy mas’uliyat asosida foyda olishga yo‘naltirilgan. Foyda, daromad va xarajatlar ayirmasi bo‘lganligi uchun ham tadbirkorlikni biznes deb atash mumkin, ammo biznesning maqsadi har doim ham foyda olish hisoblanmaydi.
Biznes bozor iqtisodiyotining barcha ishtirokchilari orasidagi munosabatlarni qamrab oladi, faqat ishbilarmonlarning emas, balki iste’molchilarning, yollangan ishchilarning, davlat tizimi xizmatchilarining hatti-harakatlarini ham o‘z ichiga oladi. Bu holatda, biznes so‘zining sinonimlari bo‘lib, ma’lum ma’noda, tijorat, savdo-sotiq kabi tushunchalar hisoblanadi. Umumiy ko‘rinishda, biznes — kishining bozor munosabatlari tizimidagi ishchanlik faolligi.
Tadbirkorlik faoliyati biznesning bir shakli sifatida namoyon bo‘ladi, uning turli sohalarida amalga oshiriladi. «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonunga asosan, tadbirkorlik — fuqarolarning foyda yoki shaxsiy daromad olishga yo‘naltirilgan mustaqil, tashabbuskor faoliyati bo‘lib, u fuqaroning o‘z nomidan, o‘zining tavakkalchiligi bilan hamda o‘zining yoki yuridik shaxsning (korxonaning) mulkiy javobgarligi asosida amalga oshiriladi. SHunday qilib, tadbirkor to‘la yoki qisman moddiy mablag‘ga yoki moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan g‘ayratli inson bo‘lib, u ushbu resurslarni o‘z ishini (biznesini) tashkil qilish uchun ishga soladi. Uning tomonidan bunyod etilgan firma (tashkilot, shirkat, korxona) mamlakatdagi taraqqiy etayotgan kichik biznesning bir qismiga aylanadi. Dunyo amaliyotida hozirgi kungacha katta va kichik korxonaning ajratib beruvchi yagona mezon o‘rnatilmagan, ular bir-biridan ajratuvchi alohida belgilarini aniqlash korxonalarning muhim sohalari bo‘yicha umumiy belgilari katalogini bunyod etish orqali amalga oshirilmoqda. Jamoaviy, shirkat, oilaviy, xususiy korxonalar, firma va boshqa yuridik maqomga ega bo‘lgan korxonalar katta yoki kichik korxonalar bo‘lishi mumkin. Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshqacha qilib aytganda, u muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo‘yicha mulkdorlar yoki ularning vakillarini ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatdir. O‘zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatini kafolatlash to‘g‘risida"gi Qonunida tadbirkorlikka quyidagicha ta’rif berilgan: "Tadbirkorlik - mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishidir".
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati – tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning nazariy asoslari konsepsiyasi, dasturlari, amalga oshirish mexanizmi, yo‘llari, yo‘nalishlari, vositalari, usullari, chora- tadbirlari majmui. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati, dasturlari, mexanizmi va ularni amalga oshirishni tashkil etishni ta’minlashga mas’ul davlat organlari va nodavlat tashkilotlari majmui hisoblanadi.

Download 18,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish