Mustaqil ish o`zbekiston tarixi Tarix yo`nalishi maxsus sirtqi 1-12 guruh mavzu: Katta Xorazim va Qadimgi Xorazim davlati. Bajardi: Normatov Akmal Tekshirdi: Nobojonov Islomjon Xorazm



Download 0,49 Mb.
bet2/3
Sana18.07.2022
Hajmi0,49 Mb.
#824256
1   2   3
Bog'liq
O`zbekiston tarixi MUSTAQIL ISH Normatov A

Asosiy maqola: Xiva xonligi
1505-yilda Xorazm Muhammad Shayboniyxon davlati tarkibiga kirdi. Amudaryo oʻzanining oʻzgarishi munosabati bilan 1573-yili Xorazm poytaxti Xivaga koʻchirildi. XVII asrdan boshlab Xorazm Rossiya tarixshunosligida Xiva xonligi deb nomlana boshladi. Davlatning rasmiy nomi qadimiy nomi boʻyicha — Xorazm edi. 1511-yildan 1770-yilgacha Xorazmni shiboniylar sulolasi boshqardi.
Xorazmning mashhur oʻzbek hukmdori Abulgozi-xon (Abul-gʻozi Bahodir-xon) (1603-1664), Shayboniylarning oʻzbek sulolasidan, tarixchi va yozuvchi edi. Abulgʻoziy ikkita tarixiy asarning muallifi sifatida tanilgan: "Turkmanlarning nasabnomasi" (1661-yil yakunlangan) va "Turklar nasabnomasi" (Qozon, 1852 va Peterburgda nashr etilgan, 1871); u Sablukov tomonidan baʻzi Evropa tillariga, shu jumladan rus tiliga tarjima qilingan va nashrga joylashtirilgan. I. N. Berezin "Sharq tarixchilari kutubxonasi" (III jild, Kaz., 1854).
Xorazm dostonchilik maktabining yirik vakillari: Suyav baxshi (19-asr), Jumanazar baxshi, Ahmad baxshiMatnazar Jabbor oʻgʻliBola baxshi, Xudoybergan Oʻtagan oʻgʻli, Ollobergan baxshi, Murod baxshi, Boltaboy baxshi, Jumaboy baxshi, Qodir sozchi va boshqa Ular repertuarida "Goʻroʻgʻli" turkumi dostonlari, "Oshiq Gʻarib", "Oshiq Maxmud", "Oshiq Oydin", "Tohir va Zuhra", "Layli va Majnun", "Tulumbiy" kabi dostonlar mavjud.
Xorazm XVIII asrning ikkinchi yarmi — XIX asrning ikkinchi yarmida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asosiy maqola: Xiva xonligi

Xiva manzarasi

Ollohqulixon madrasasi. Xiva. 1835-yil

Kalta minor, Xiva
1770-yillarda Xorazmda oʻzbek qoʻngʻirotlari sulolasi vakillari hokimiyat tepasiga keladi. Sulola asoschisi Muhammad Aminbiy edi. Bu davrda poytaxt Xivada Xorazm meʼmorchiligi durdonalari quriladi.
18-asrning 60-yillaridan badavlat shaharliklar va ruhoniylarning qoʻllab-quvvatlashiga erishgan oʻzbek qoʻngʻirot urugʻlari Xiva xonligida hokimiyatni qoʻlga ola boshlagan. Inoq Muhammad Amin (1770—90) 1770-yilda turkmanlarning qarshiligini sindirib, 1782-yilda Buxoro amirligi hujumini qaytarib, Xiva xonligida qoʻngʻirotlarning amaldagi hokimiyatini mustahkamlagan. Avaz Muhammad Inoq davrida Xiva xonligida markaziy hokimiyat mustahkamlanib, iqtisodiy ahvol birmuncha yaxshilangan. Bu bilan 19-asr boshlarida qoʻngʻirotlar sulolasi hokimiyatni rasman egallashiga zamin tayyorlagan. Muhammad Amin Inoq va Avaz Muhammad Inoqlar chingiziy sultonlar nomidan hokimiyatni boshqargan boʻlsalar, ularning vorisi Eltuzar (1804—06) 1804-yilda oʻzini xon deb eʼlon qilgan. Shuning uchun ham Eltuzarxon Xiva xonligi taxtiga oʻtirgan oʻzbek qoʻngʻirotlar sulolasining 1-xoni hisoblanadi. Uning vorisi, inisi Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazgan. 1811-yilda bir qancha yurishlardan keyin qoraqalpoqlarni ham Xiva xonligi tarkibiga qoʻshib olgan. U oʻtkazgan siyosiy, maʼmuriy, iqtisodiy islohotlar natijasida boshqaruv tizimi takomillashib, soliqlar tartibga tushgan.
Olloqulixon (1825—42), Rahimqulixon (1842—45) va Muhammad Aminxon (1846—55) davrlarida Xiva qoʻshinlarining Xurosonga yurishlari kuchaydi, Marv shahri uchun Buxoro amirligi bilan tez-tez urushlar boʻlib turgan. Xiva xonlari bu davrda Sirdaryoning Orol dengiziga quyiladigan joyidan Turkmaniston hududidagi Kushkagacha boʻlgan yerlarni boshqargan. 1855-yilda Saraxsni qamal qilish paytida Muhammad Aminxonning halok boʻlishi mamlakatda parokandalikka sabab boʻlgan. Abdullaxon (1855—56), Qutlugʻmurodxonlar (1856) 6 oydan koʻp hukmronlik qilmaslaridan oʻldirilgan. 1856-yilda taxtni Sayd Muhammadxon (1856—64) egallagan.
Xiva xonligida soʻnggi mustaqil hukmdor Feruz taxallusi bilan ijod qilgan Muhammad Rahimxon II (1864—1910) boʻlgan. Uning davrida xonlikning siyosiy, iqtisodiy, madaniy jihatdan oʻsishi koʻzga tashlanadi. Lekin, 1873-yilda Rossiya Xiva xonligini bosib olgan, Muhammad Rahimxon II va K.P.Kaufman imzolagan Gandimiyon shartnomasiga koʻra, Xiva xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylanib qolgan.
XIX asrda Budapeshtdagi Evropa fanlar akademiyalaridan biriga lavozimda ishlagan Xorazmdan birinchi va Markaziy Osiyodan yagona olim tilshunos Mullo Isʼhoq (1836-1892) edi.[18]
Bu davrda ilk oʻzbek matbaachisi va noshiri Otajon Abdalov (1856-1939) oʻz faoliyatini boshladi. Matbaachilik faoliyatini 1874-yildan Xiva shahrida Xiva xoni Muhammad Rahimxon II saroyida tashkil etilgan toshbosmada ishlashdan boshlagan. Otajon Abdalov 1876-yilda Abdunosir Farohiyning "Nisabussibyon" asarini toshbosmada bosib xonga taqdim etdi. Bu kitob Xivadagina emas, balki butun Oʻrta Osiyo miqyosida birinchi bosma kitob hisoblanadi.
Asfandiyorxon (1910—18) Rossiyadagi oʻzgarishlar sabab Xiva xonligida zulmni kuchaytirgan. Shu bilan birga Rossiya hukumati talabi bilan 1910—13 yillarda vazir Islomxoʻja boshchiligida islohotlar oʻtkazishga harakat qilgan. 1914—16 yillarda soliqlarning koʻpayishi, iqtisodiy ahvolning ogʻirlashishi sababli xalqning norozilik harakati kuchaydi.
1873-yili Muhammad Rahimxon II hukmdorligi davrida Xorazm Rossiya imperiyasiga tobe davlatga aylanadi. Qoʻngʻirotlar 1920-yilga qadar, Qizil Armiya bosqini natijasida agʻdarilgunga qadar, hukmronlikni oʻz qoʻlida saqlab qoldilar.
Xorazm XX asr boshlarida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xudoybergan Devonov (1878 — 1940) — birinchi xorazmlik oʻzbek kinooperatori va oʻzbek kinosanʼatining asoschisi boʻlgan. 1907—1908-yillar Moskva, Peterburgdan teleskop, grammofon, foto va kino asboblari olib kelib fotolaboratoriya tashkil etgan. Bu laboratoriya Xorazmda fotokinostudiya vazifasini oʻtagan. Devonov ijodi rus kinosanʼatkorlari faoliyati bilan deyarli bir vaqtda boshlangan. U "Oʻrta Osiyo meʼmoriy yodgorliklari", "Turkiston koʻrinishlari", "Xiva va xivaliklar" kabi qisqa filmlarni ishlagan. Oʻz filmlarida vatanparvarlik, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ilgari surgan. Xorazm xalqi urf-odatlari ifodalangan mingga yaqin fotosurat yaratdi. XXSR davrida maktab, internatlar ochib, unda foto-kino ishlarini olib bordi.
Otajon Abdalov (1856, Xiva - 1927) - birinchi oʻzbek kitob chop etuvchisi, Xorazm hududida kitob bosib chiqarishni asoschisi boʻlgan. Litografiyalarda Alisher NavoiyMunis Xorazmiy, Mirza Abdukarim, Mashrab, Ogahiy va boshqa oʻzbek va mumtoz adabiyoti klassiklarining asarlari yaratilgan.
1921-yilda oʻzbek siyosiy va jamoat arbobi, tilshunos, jurnalist va Xorazm jadidchiligining taniqli arboblaridan biri Mulla Bekjon (1887-1929) Xiva Xalq Universitetini (hozirgi Urganch davlat universiteti) - Markaziy Osiyodagi birinchi universitetlardan biri ochdi.[19][20]

Xorazm hukmdorlari




Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish