Ammo, Sezar dastlabki yetti podshohning yomon hotirasini eslab (ularni deb rimliklar monarhiyani chiqishtirmas edilar), boshqa yoʻl bilan boradi: umrbod diktator boʻlib qoladi. U oʻzini shunchaki - Sezar deb atashlarini hohlardi. Uning oʻldirilishi fuqarolar urushi qaytadan boshlanishiga, Rim respublikasiga yakun yasalishiga va u tomonidan asrab olingan Octavianus Augustus boshqaradigan imperiyaning tugʻilishiga olib keldi. Keyinroq koʻpgina monarhlar oʻzlarini afsonaviy Sezar bilan bogʻlamoqchi boʻladilar. Shu yoʻl bilan nemicha: Kaiser ("kayzer") va ruscha tsar soʻzlari kelib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |