Geodezik koordinatalar, balandliklar, gravimetrik o‘lchovlar davlat tizimlari — natijalari umumdavlat (tarmoqlararo) ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiya ishlarini bajarishda qo‘llash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan geodezik koordinatalar, balandliklar, gravimetrik o‘lchovlar tizimlari; Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYaT) — davlat kadastrlarining barcha turlarini birlashtiruvchi hamda O‘zbekiston Respublikasi va uning ayrim hududlarining tabiiy-iqtisodiy salohiyati yagona umumdavlat hisob-kitobi yuritilishini, baholanishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan ko‘p maqsadli axborot tizimi;
Do'stlaringiz bilan baham: |