Fransiyadagi liberal-demokratik g'oyalarning rivojlanishi
XIX asrning birinchi yarmida G'arbiy Yevropa davlatlarining — Angliya, Fransiya, Germaniya, Shveytsariya, Gollandiyaning ijtimoiy-siyosiy xayoti burjua tartiblarining o'rnatilishi va mustahkamlanishi jarayoni bilan kechdi. Bunday tarixiy jarayon natijasida ko'pgina goyaviy oqimlar paydo bo'ldi. XVIII asrning oxirida Fransiyada ro'y bergan inqilob Yevropada kapitalizmning rivojida muhim omil bo'ldi.
G'arbiy Yevropada urnatilgan kapitalistik tuzum liberalizm ostida o'zining goyaviy ifodasini topdi. Bu XIX asrrda mashxur siyosiy va intellektual okim hisoblangan. Uning tarafdorlari turli ijtimoiy guruxlarga mansub bulganlar.
XIX asrning ikkinchi yarmida G'arbiy Yevropada siyosiy-huquqiy goyalarning evolyutsiyasi keng qamrovli, birinchisi ikkinchisidan keltirib chiqaradigan va tarixiy nuqtai-nazardan bir-biriga ta'sir etib turuvchi ko'rinishda bo'lgan.
Fransuz siyosatshunosi Aleksis de Tokviln demokratiyaning nazariy va amaliy soholari qiziqtirgan. Demokratiyami juda keng talkin qilgan. Uning fikricha, bunday ijtimoiy tuzum feodal tuzumga mutlaqo qarama-karshi bo'libgina qolmay, balki jamiyatning yuqori va quyi qatlamlari orasidagi farqni ham tan olmaydi. Shunday bo'lsada, demokratiya ijtimoiy tuzumni o'zida aks etuvchi siyosiy boshqaruv shaklidir.
Demokratnyaning ma’no-mohiyati tarixda fakat g'alabaga intilgan tenglik tamoyilidir. Bosqichma-bosqich o'rnatiladigan tenglik yukoridan belgilangan qoidadir. Ushbu jarayon jahon miqyosidagi uzoq davom etuvchi jarayon bo'lib, insonlarning irodasiga bog'lik bo'ladi.
Tokvilning fikricha, erkinlik va tenglik xzr xil tartibda joylashgan, ularning o'rtasidagi munosabat ham xar-hildir, insonlar ham ularga xar-hil munosabatda buladilar.
Barcha zamonlarda insonlar erkinlik masalasida tenglikni afzal ko'rganlar, chunki bunga insonlar oson erishadilar va uni to'g'ri qabul qiladilar. Tenglik natijasida erishilgan xursandchilik hech qanday harakatlar va qurbonlar talab kilmaydi. Unga erishish uchun yashashning o'zi kifoya.
Erkinlik esa o'zgacha muammodir (xususan, siyosiy erkinlik). Erkinlik sharoitida yashash insondan mustakil harakat qilish uchun o'z xatti-harakatlariga va ularning oqibatlariga javob berishi bilan bog'lik bo'lgan, ko'p sa’y-xarakatlarni talab kiladi.
Erkinlikdan foydalanish odatda darxol o'z natijasini bermaydi. Unga erishgan insonlarning hammasi ham rohat-farog'at ko'rmaydi. Shuning uchun xam demokratiya tarafdorlari doimiy ravishda erkinlikka qaraganda tenglikni sevadilar.
Takvilning uzi quyidagicha ta’kidlaydi: «Hozirgi zamon demokratiyasi erkinlik va tenglikning o'zaro ittifoqi tufayligina mavjud bulishi mumkin. Tenglikni uta sevish erkinlikni siqib chiqarib, xayotda istibdodni yuzaga keltiradi. Istibdod boshqaruvi esa o'z navbatida tenglikni ma'nosizlantiradi. Tenglik bulmagan
joyda erkinlik ham uzoq yashay olmaydi». Shuningdek, Tokvil tenglik va erkinlikni muvofiqlashtirish, bu muvofiqlikni saklab turuvchi siyosiy-huquqiy institutlarni yaratish o'z zamonasi demokratiyasining asosiy vazifasi ekanligini ta’kidlaydi. Mutafakkir bu muammolarki tadqiq etishda Fransiya va AQSHning
tarixiy tajribasiga tayanadi.
Tokvilning aniqlashicha, demokratiyaning oldidagi jiddiy tusiqlardan biri bu davlat hokimiyatining haddan ziyod markazlashuvidir, hokimiyat mamlakatdagi deyarli barcha sohaga aralashadi. Agar markazlashgan kokimiyat erkinlikni yo'qqa chiqarishga harakat qilsa, aksincha, demokratik yunalishdagi siyosiy-xuquqiy tartiblar individ va jamiyatning erkinligini mustahkamlaydi. Bunday targibotga xokimiyat bulinishi, mahalliy o'z-o'zini boshqarish va xalq suverinitetini ta’minlovchi boshqa qoidalar kiradi. Ammo Tokvil suverinitet chegara bilmaydigan darajada bulishining tarafdori emas. Agar suverinitet me’yordan ortib ketsa, davlat boshkaruv shakli tiraniyaga aylanib ketishi numkin. Tokvil demokratik institutlar katoriga suz erkinligi, e’tiqod erkinligi, hakamlar sudi, sudyalarning mustaqilligi va hokazolarni kiritadi. Shuni ham aytish kerakki, davlat qanday oshkarui shaklini makbul ko'rishi Takvil asarlarida bayon etilmagan. Uning fikricha, jamiyatda vakillik davlat boshaaruvi o'rnatilishi lozim.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |