2. Global kompaniya - bu kompaniya dunyoning hamma mintaqalaridagi faoliyatini bir xil standart asosida tashkil etishga harakat qiladi.
3. Halqaro kompaniya - bu kompaniya ham global kompaniyalarga tegishli bo‘lib hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyotida zamonaviy TMKlarning xarakterli belgilari quyidagilar hisoblanadi:
1. Ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatining katta qismini bosh shtab-kvartira joylashgan, mamlakat iqtisodiy makoni chegarasidan tashqariga olib chiqadi.
2. Turli davlatlarda filiallar, sho‘ba va assotsiatsiyalangan kompaniyalarning katta tarmog‘ini tashkil etadi.
3. Iqtisodiy faoliyatni samarali bashoratlash va rejalashtirish sharoitida tashqi va ichki investitsion oqimlarni boshqaradi.
4. Kapitallar, ishchi kuchi, axborot transferining firma ichkarisidagi kanallarining ko‘pligi.
Transmiyllik korporatsiyalarning soni Milliy kompaniyani halqaro kompaniyaga aylanishiga konkret misol sifatida «Elektrolyuks» guruhini keltirish mumkin. - Transmiyllik korporatsiyalarning soni Milliy kompaniyani halqaro kompaniyaga aylanishiga konkret misol sifatida «Elektrolyuks» guruhini keltirish mumkin.
- «Elektrolyuks» elektr uskunalarni ishlab chiqish va ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi ikki shved firmasining qo‘shilishi natijasida 1912-yilda tashkil etilgan.
- 80-yillarda «Elektrolyuks» o‘z tuzilmasiga AQSHning («Uayt Konsolideytid» elektr uskunalari ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatda 3-o‘rinda turadi), Germaniyaning («AEG»), Italiyaning («Zanussi») kabi bir necha yirik kompaniyalarini qo‘shib oldi.
- Hozirgi paytda jahonning 75 mamlakatida uning bo‘limlari mavjud, bu TMKning personali 110 ming kishidan ortiq, yillik aylanmasi 16 mlrd. dollardan oshadi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda transmilliy korporatsiyalarning roli. - O‘zbekistonda ham transmilliy korporatsiyalarning faoliyati bo‘yicha amaliyotlar amalga oshirilmoqda. Misol uchun, SHveysariyaning “Nestle” kompaniyasi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
- “Nestle” kompanisiyasining 150 dan ortiq mamlakatlarda filiallari tashkil etilgan bo‘lib, unda 330ming ishchi ishlaydi. Uning 4000dan ortiq brendi 6 qit’adagi istemolchilariga ega.
- Ushbu kompaniya O‘zbekistonda faoliyat yuritishi maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston-SHveysariya qo‘shma korxonasi “NESTLE Uzbekistan” MCHJ tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori15 qabul qilindi.
- Ushbu qaror asosida “Nestle Uzbekistan” MCHJ 2000-yil fevral oyida Namangan viloyatidagi “Nafosat” sut zavodi negizida tashkil qilindi. Ushbu zavod 2002-yildan ish boshlab, dastlab ichimlik suvi strelizatsiyalangan sut ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘ygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |