O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Televizion texnalogiyalar kafedrasi
Zamonaviy television studio fani bo`yicha
Mustaqil ish
MAVZU: Televizion (kino) studiyalar faoliyati tahlili
514-18 guruh
Bajardi: Shaydullayev Nurbek
Tekshidi:Qurbonov Sulton
Toshkent 2022
Reja:
1.Kino studiolar tarihi
2.Mashhur kinostiolar haqida
3.Eng mashhur kinolar va kinostudiolari
KINO QAY TARIQA DUNYOGA KELGANDI?
Kino ibtidosi «harakatlanuvchi suvratchalar»dan boshlanadi. Suvratchalarni harakatlanishga majbur qilish uchun ancha yillar kechmog’i kerak bo’ldi va bu narsa bir talay odamlarning sa'y-harakati bilan ro’yobga chiqarildi. Harakat tassurotini yuzaga keltiradigan suvratlarni olish yuzasidan dastlabki tajribalar o’tkazilgan 1800-yillarga murojaat qilaylik-chi. Binobarin elayotgan ot suvratlari turkumini yaratish uchun bir necha kameralar o’rnatilar edi. 1880-yillarning oxirlariga kelib katushkali plyonka ixtiro etiladi. Shundan so’ng harakatning alohida, galma-gal lavxalarini turkumini suvratga oladigan kameralarni o’ylab topishadi. Bular, filmning qanday sur'atda tushirilgan bo’lsa, o’shanday tezlikda aylanadigan lavxalari edi. Bunda ekranda harakatlanuvchi tasvir hosil qilinar edi. Bular, darvoqe, «harakatga tushuvchi kartinalar» bo’lgan. Ular juda ommaviyga aylandi. Dastlab ular tevarakdagi voqelikdan tushirilgan oddiygina sahnalar edi: dengiz tulk inlari, chopayotgan ot, arg’imchok, uchayotgan bolalar, stansiyaga yetib kelayotgan poyezd.
Ilk syujetli film 1903 yilda Tomas Edisonning laboratoriyasida yaratilgan edi. Uning nomi «Buyuk poyezdning o’marilishi» bo’lgan. Film katta shov-shuvga aylandi. Uni atayin qorong’ulashtirilgan chodirlarda namoyish etishardi.
Qo’shma Shtatlardagi dastlabki muqim kinoteatrlar 1905 yilda Pensilvaniya shtatining Pittsburg shahrida paydo bo’lgandi. Sohiblari ularni sinematograflar deb atashgan. Tez fursatda ular butun mamlakat bo’ylab ochildi va hamma kinoga boradigan bo’ldi.
Ilk filmlarning aksariyati Nyu-York va Nyu-Jersida chiqarilar edi. Faqat 1913 yilga kelibgina Hollivudda filmlar suvratga tushira boshladilar.
EKRANLASHTIRISH NIMA?
San'atning boshqa turlari — adabiyot, opera yoki balet asarlari asosida yaratilgan kinoasarlarni ekranlashtirish deb atashadi. Ammo bu tushuncha ko’pincha aynan kino tilida qayta yaratilgan adabiy asarga oid bo’ladi.
Avvalboshda adabiy syujetlar kinomatograf vositasida shunchaki bezaklanar edi. Ammo 1902 yilga kelib D. Defoning «Robinzon Kruzo»si va J. Svift «Gulliver»ining kinotalqinlari paydo bo’ldi.
Rus kinosida ekranlashtirish tarixi 1910-yillardan boshlanadi, o’shanda «Rus oltin turkumi» — A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, F. M. Dostoyevskiy, N. A. Nekrasov va boshqa adiblarning asarlari asosida bir qator filmlar yaratilgan edi. Taniqli rejissyor Ya. Protazanov tomonidan yaratilgan «Dama qarg’a» (1916) va «Valine'mat Sergiy» ular orasida eng muvaffaqiyatli chiqqani sanaladi.
Yirik adabiy asarni ekranda gavdalantirish vazifasi o’ta murakkab va mas'uliyatli edi. Shuning uchun ham hammaga tanish syujetlarni qayta hikoya qilib berishni havola etadigan «motiv asosida» suratga olish ko’p uchrab turadi.
A'lo darajada ekranlashtirishning bosh fazilati — adabiy asliyatga (asl manbaga) hurmat, uning g’oyalari, uslubi va timsollari xususiyatlarini maksimal va mukammal berishdir. Mamlakatimiz va xorijning eng a'lo asar ekranlashtirishlari — «Gamlet» (G. M. Kozinsev, 1964), «Jinoyat vajazo» (L. Qulijonov, 1970), «Xo’rlanganlar» (J. le Shanua, 1958) va Olivyening Shekspir asarlari asosida suvratga olgan turkum filmlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |