Bog'liq Mustaqil ish mavzu signallarning interpolyatsiyalash va approks
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
MUSTAQIL ISH MAVZU: SIGNALLARNING INTERPOLYATSIYALASH VA APPROKSIMATSIYALASH USULLARI Bajardi: 019-18 guruh talabasi
Kamilov Elyor
Tekshirdi: _________________
Toshkent – 2021
Reja. Kirish
Signallarga raqamli ishlov berish va uning imkoniyatlari
Aniq tugunlardagi interpolyatsiya
Lagranj interpolyatsiya formulasi
Tugunlarga yaqinlashish interpolyatsiyasi
Splayn – funksiyalar yordamida approksimagtsiyalash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH Bizga ma’lumki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari salohiyati o’zaro muomila qilish va axborot ayirboshlashning prinsipial jihatdan yangi shakllari va imkoniyatlarini ochadi, fuqarolik jamiyati barpo etilishi va mustahkamlanishiga ko’maklashadi, iqtisodiy islohotlar va mamlakatning demokratik rivojlanishi jarayonlarini jadallashtirish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi shakllanayotgan global axborot jamiyatida munosib o’rinni egallashga intilmoqda. Ushbu maqsadlarga erishish uchun mamlakat hukumati tomonidan O’zbekistonda axborotlashtirish jarayonlarini faollashtirish, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini tez sur’atlarda rivojlantirish, ularni iqtisodiyot va jamiyatning barcha sohalarida joriy etish hamda foydalanishning strategik ustuvorliklari belgilandi.
Axborotlashtirish sohasidagi islohotlar izchil olib borilayotgani natijasida respublikamizning barcha tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlari oldiga qo’yilgan vazifalardan kelib chiqib, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari va telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish va ularni hayotga keng joriy qilinishiga erishilmoqda.
Hozirgi vaqtda signallarga raqamli ishlov berish qo‘yidagi sohalarda: raqamli televideniya, radiolokatsiya, aloqa, meditsina, multimediya, nutqni analizlash va IR telefoniya da qo‘llash prinsipial qiymatga egadir. Bugungi kundagi zamonaviy IP tarmoqlarda ma’lumotlar trafigini asosiy tashkil etuvchilari sifatida kommutatsiya paketlari rejimida nutqni jo‘natishdir. Shunday ekan real vaqt rejimida talab darajasidagi sifatli nutqni jo‘natishni tashkil etish ancha qiyinchiliklarni to‘g‘diradi. Ayniqsa ovozli va audio signallarni siqish va filtrlash qo‘yidagi sohalarda qo‘llanilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bularga:
biometriya;
qurilmalarni ovozli boshqarish;
logopediya; - telekommunikatsiya; - IP telefoniya.