Mustaqil ish mavzu: Raqamli iqtisodiyot va iqtisodiy o’sish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni baholash Guruh: 923-20 Bajardi: Baxriddinov Eldor Jizzax 2023 Mundarija: Kirish


Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va uning ahamiyati



Download 0,52 Mb.
bet2/6
Sana11.04.2023
Hajmi0,52 Mb.
#926918
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liklikni baholash

1.Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va uning ahamiyati
Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot tushunchasi bir qator mamlakatlarning iqtisodiy nazariyasi va amaliyotida paydo bo‘ldi. Bu raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, axborot sohasida inqilob va iqtisodiyotning globallashuv jarayonlarini tezlashtirish bilan ajralib turdi. Ulardan foydalanish samaradorligi ortib borayotgan bilimga aylantirildi va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar tobora kengayib bormoqda. Bozor subyektlarining faoliyatida raqamli transformasiyalarning asosiy omili raqamli madaniyatni rivojlantirishdan iborat. Jamiyatni ijtimoiy va iqtisodiy isloh qilishning hozirgi bosqichida atrof-muhit jamiyatning institusional tuzilishiga xos xususiyatlarini keltirib chiqarmoqda va bu asosda yangi tushunchalar va yondashuvlarni shakllantirishga zarurat tug‘diradi.
Dunyoda raqamli iqtisodiyot atamasiga berilgan ko‘plab ta’riflar ishlab chiqilgan, shu bilan birga ushbu atama bilan bog‘liq bir qanma tushunchalar ham mavjud: “raqamli iqtisodiyot (digital economy)”, “elektron iqtisodiyot (e- economy)”, “internet-iqtisodiyot (internet economy)”, “tarmoq iqtisodiyoti (network economy)”, “virtual iqtisodiyot (virtual economy)”. Mohiyatan ularning barchasi sinonim hisoblanadi.
"Raqamli iqtisodiyot" atamasi ilmiy va ishbilarmon doiralarda paydo bo'lishi 1994 yilda nashr etilgan "Raqamli iqtisodiyot" kitobining muallifi Don Tapskot bilan bog‘liqdir, shuningdek, 1995 yilda uni keng foydalanishga joriy qilgan Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte.
25 yildan ko'proq vaqt o'tdi, lekin bu atamaning hali ham umumiy qabul qilingan ta'rifi yo'q. Bundan tashqari, ushbu ta'rifning ko'plab sinonimlari mavjud: Internet iqtisodiyoti, postindustrial iqtisodiyot, kreativ iqtisodiyot va boshqalar. (AQShda - API iqtisodiyoti (inglizcha amaliy dasturlash interfeysidan). Ammo ko'plab ta'riflarning mohiyati shundaki, raqamli iqtisodiyot-bu raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot va elektron biznes va elektron tijorat, ular ishlab chiqaradigan va sotadigan raqamli tovarlar va xizmatlar bilan chambarchas bog'liq.
Raqamli iqtisodiyotning mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyatini yoritishda ko‘pgina iqtisodchilar o‘z fikr mulohazalarini bildirib kelmoqdalar. Xususan, rivojlanayotgan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyot omillariga asoslangan milliy raqamli strategiyani shakllantirishning o‘ziga xos hususiyatlari va unda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ahamiyati asoslab berilgan.
O‘zbekistonlik olimlar tomonidan ham raqamli iqtisodiyotning avfzalliklari hamda mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishidagi ahamiyati yoritilgan. Xususan, N.Ismoilova tomonidan raqamli iqtisodiyotni rivojlanish konsepsiyasi, uning ko‘lami, I.Xotamov tomonidan mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda raqamli iqtisodiyotning to‘tgan o‘rni, G.Abduraxmonova, D.Rustamovlar tomonidan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda salohiyatli kadrlarni yetishtirish muammolariga to‘xtalib o‘tishgan.
Ushbu tadqiqot ishida raqamli iqtisodiyotning ijtimoiy va iqtisodiy afvzalliklari hamda hukumatning RI rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarini yoritib beradi. Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish imkoniyatlari va muammolari, shuningdek, uning jamiyat va biznesga ta’siri bilan tanishtiradi. Ushbu natijalar qaror qabul qiluvchilar va menejerlarga ushbu texnologiyaning qiymatini tahlil qilishda va muammolarni hal qilish uchun to‘g‘ri strategiyani ishlab chiqishda yordam berishi mumkin.
Raqamli iqtisodiyot – ularni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmda qayta ishlash an’anaviy xo‘jalik yuritish shakllari bilan taqqoslaganda har xil turdagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovarlar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili sanalgan xo‘jalik faoliyatidir.
Bizning fikrimizcha, ushbu ta’rif juda to‘g‘ri, lekin foydalanish uchun biroz noqulay. Bir tomondan, uzil-kesil ta’rifning yo‘qligi ko‘plab xususiy va tor ixtisosli savollarni predmetli muhokama qilish uchun to‘siq hisoblanmaydi. Lekin, boshqa tomondan, ushbu kitobdan maqsad – raqamli iqtisodiyot fenomenini integral ko‘rishni shakllantirish ekanligi sababli biz o‘z ta’riflarimizni taklif qilishga jazm etdik.
«Raqamli» iqtisodiyot bu – gibrid dunyo sharoitlarida mavjud bo‘ladigan iqtisodiyotdir.
Ushbu ta’rif mutlaqo to‘g‘ri bo‘lib, mohiyatni aks ettiradi, lekin kutilayotgan o‘zgarishlarni tushuntirmaydi va mos ravishda, amaliy yuzaga o‘tganda undan foydalanish qiyin. Aynan shu sababli biz quyidagi funksional ta’rifni ifodaladik:
Gibrid dunyo bu – real dunyoda virtual dunyo orqali barcha «hayotiy ahamiyatga ega» harakatlarni amalga oshirish imkoniyati bilan ajralib turadigan real va virtual dunyolar birlashuvi natijasidir. Bu jarayon uchun axborot- kommunikasiya texnologiyalari (AKT) qiymatining pastligi, yuqori samaradorligi va raqamli infratuzilma ochiqligi zarur shartlar hisoblanadi.
Real va virtual dunyolarning birlashuvi natijasida yangi gibrid dunyo hosil qilinib, unda biz uchun hozirgi kunda odatiy bo‘lgan qonun va qoidalardan farq qiladigan boshqa qonun-qoidalar amal qiladi. Iqtisodiy tizimlardan alohida bo‘ladigan «raqamli» iqtisodiyot mavjud emas (aynan shu sababdan «raqamli» iqtisodiyot atamasini yozishda qo‘shtirnoqdan foydalaniladi): «Raqamli» (elektron) iqtisodiyot bu – axborot, jumladan, personal axborotdan foydalanish hisobiga barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish, uning o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan iqtisodiyotdir. Bu axborot- kommunikasiya va moliya texnologiyalarining rivojlanganligi, shuningdek, birgalikda gibrid dunyoda barcha iqtisodiy faoliyat subyektlari – tovarlar va xizmatlar yaratish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayoni obyektlari va subyektlarining to‘laqonli o‘zaro aloqa qilish imkoniyatini ta’minlaydigan infratuzilma ochiqligi tufayli o‘ringa ega bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda servis biznesida barqarorlikka erishish ilgari misli ko‘rilmagan darajada juda qiyin bo‘lib turibdi. Mustahkam raqobatli ustunlikka erishish, eng yuqori cho‘qqiga chiqqach esa, u yerni ushlab qolish oson emas. Xususan, amerika statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yil Fortune 500 dan o‘rin olgan kompaniyalarning 52%i hozirgi kunga kelib mavjud emas. Yana bir muhim ko‘rsatkich: Standard & Poor’s 500 ga kiradigan комpaniyalar o‘rtacha umr uzunligi 1960 yilda 60 yilni tashkil qilgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib 12 yilga qisqaradi.
Yetakchilik muddatining bunday besh karra qisqarishining sababi – butun biznesning, jumladan, servis biznesining raqamli asoslarga o‘tishi sanalib, biz hozirgi kunda bu hodisaning guvohi va qatnashchisi bo‘lib turibmiz. «Raqamli inqilob» (Digital Disruption) – tahlilchilar orasida ham, kompaniyalar direktorlar kengashilarida ham dolzarb mavzu sanaladi.
Servis biznesi «default» raqamli biznesga aylanmoqda. Bir tomondan, hech kim fotobiznesda bir paytlar plenkadan «raqam»ga sakrab o‘tish vaqtini o‘tkazib yuborgan Kodak qismatini takrorlashni istamaydi. Boshqa tomondan, Amazon, Uber, Airbnb va boshqalar raqamli inqilobdan qanday qilib foydalanish – biznes yuritishning tamomila yangicha sxemalari o‘ylab topish va amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatadi. Internet dastlab onlayn-vitrina kabi, keyinroq esa onlayn- magazin rolida oflayn-biznesga qo‘shimcha sifatida ko‘rib chiqilgan vaqtlar o‘tib ketdi. Hayot sahnasiga yangi avlodlar – internetda tarmog‘ida «yashaydigan» yoshlar – chiqib kelishi biznesni onlayn («raqamli») bo‘lishga, birinchi navbatda, default majbur qiladi1.
Insoniyat global o‘zgarishlar davriga qadam qo‘ydi. Yaqin vaqtlarda inson hayot faoliyatining asosiy sohalari – iqtisodiyot va boshqaruv, fan va xavfsizlik yangicha shakl va mazmunga ega bo‘ladi. Inson o‘zgacha bo‘lib qoladi, bu esa ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishiga olib keladi. Raqamli texnologiyalarning hayotimizga kirib borishni davom ettirishi – kelajak dunyosiga xos bo‘lgan xususiyatlardan biridir. Bu mikroelektronika, axborot texnologiyalari va telekommunikasiyalar sohalaridagi taraqqiyot bilan izohlanadi. Shunday qilib, raqamlashtirish – obyektiv, muqarrar jarayon bo‘lib, uni to‘xtatishning iloji yo‘qdir.
Raqamlashtirish natijasida sodir bo‘ladigan eng jiddiy xavf-xatarlardan biri o‘rta va past malakali ixtisosliklar orasida ommaviy ishsizlik istiqboli hisoblanadi. O‘rta sinf vakillari keskin kamayib ketishi mumkin, chunki birinchi navbatda aynan shu ish o‘rinlari avtomatlashtiriladi va robotlar bilan almashtiriladi. Faol, ma’lumotli, mehnatga layoqatli aholining yetarli darajada yuqori turmush tarziga o‘rganib qolgan sezilarli qismi «g‘arb turmush tarzida yo‘l chetiga chiqib qoladi». Biroq rakamli dunyo shu qadar tezkorlik bilan shakllanadiki, boshqa malakaga ega bo‘lgan kadrlar taqchilligini kafolatlash mumkin bo‘ladi. Shu sababli hozircha kim o‘zgarishlarga tayyor bo‘lsa, buning uchun unda hali vaqt bor.
2018 yil 3 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3832 son qaroriga ko‘ra raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar belgilab berilgan.
Uzoq istiqbolda «raqamli» (elektron) iqtisodiyot og‘ir jismoniy mehnatga mahkum odamlarning erkinlik haqida ko‘p asrlik orzularini ro‘yobga chiqirishga qodir bo‘lgan vositaga aylanishi mumkin. Ijod, fan (ham fundamental, ham amaliy) va san’at uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Ko‘pchilik uchun kutilmaganda intellektual jamiyatning «sovet» modeliga talab paydo bo‘ladi. Axborot platformalarini birlashtirish natijasida paydo bo‘lgan muloqot modellari yangi iqtisodiy texnologiyalarning (YaIT) paydo bo‘lishiga turtki beradi. YaIT – bu tashkiliy boshqaruv tizimlariga biror maqsadga xizmat qiladigan axborot (ma'lumotlar, g‘oyalar va bilimlar) mahsulotlarini yaratish, ularni uzatish, saqlash va aks ettirish uchun yaxlit texnologik platformaga birlashuvchi va iqtisodiy agentlar muloqotiga sarflanadigan trakzaksion xarajatlarni maksimal darajada kamaytiruvchi ma'lumotlarni qayta ishlashga doir har jihatdan yangi «sozlanuvchi» vositalar va metodlar yig‘indisidir.
YaITning asosiy tamoyillari:

  • tubdan yangi biznes modellarni yaratish;

  • har xil IT xizmatlarni oqilona birlashtirish va ulardan foydalanish metodlarini real iqtisodiyot sektoridagi tashkiliy va texnologik jarayonlarda qo‘llash;

  • tranzaksion xarajatlar va ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan moddiy resurslarni minimallashtirish.

YaIT raqamli texnologiyalar asosida mavjud iqtisodiy realiyalarda rivojlanib boradi, avval ishlab chiqarish, savdo va moliyaga oid texnologiyalar paydar-pay takomillashib kelgan bo‘lsa, hozir yuzaga kelgan YaITlar gorizontal munosabatlarga (o‘z-o‘zini tashkil qilish va singulyarlik), innovatsion tadbirkorlik (o‘z-o‘zini rivojlantirish), axborot muhandisligi (o‘z-o‘zini takomillashtirish) va iqtisodiy jarayonlarning avtoformalizatsiyasiga (avtomatik tuzilish) tayanch vazifasini o‘tamoqda.
YaITning chinakam asosini axborotni tizimlashtirish va tahliliy qayta ishlashga mo‘ljallangan data-markazlar va zamonaviy AT platformalari shakllantiradi. Bunda boshqaruvga doir konsalting va biznes tahlilga aloqador xizmatlarni taqdim qilish yo‘nalishini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot-konsalting xizmatlari va davlat taraqqiyot agentliklari singari yangi institutlar ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishning tashkiliy asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Bugun jamiyatda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora ortmoqda. Ularning keng joriy qilinishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari hozirgi zamonda har bir davlat uchun jiddiy hayotiy masalaga aylangan. Ekspertlar fikricha, kelgusi 3 yilda iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22 foiz ish o‘rni axborot texnologiyalari yordamida yaratiladi.
Raqamli iqtisodiyot, birinchi navbatda, korrupsiyadan xoli hududda ishlash imkoniyatini yaratadi. U “xufiyona iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir. Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi. Kerak paytda ma’lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biror ma’lumotni bekitish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji qolmaydi, — deydi Shuhrat Sodiqov. — Buning natijasida esa iqtisodiyotga yo‘naltirilgan qonuniy mablag‘lar joy-joyiga sarflanadi. Ayniqsa, soliqlarning o‘z vaqtida to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi, byudjet taqsimoti oshkoraligi, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan mablag‘lar, maktablar, shifoxonalar, yo‘llarga ajratilgan pullar to‘liq o‘z manziliga maqsadli yetib borishiga zamin yaratiladi. Shu bois, raqamli texnologiyalarni bizni taraqqiyotga eltadigan eng qisqa yo‘l, deya atash g‘oyat oqilona va odilona ta’rif bo‘ladi.
Oxirgi ikki yil ichida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan keng ko‘lamli va kompleks ishlar olib borildi. Shu bilan birga, bugungi kunda vazirlik oldida Murojaatnomada aks etgan muhim vazifalar turibdi.
Eng asosiy vazifa “Raqamli O‘zbekiston–2030” konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish bo‘lib, u o‘z ichiga barcha soha va tarmoqlarni qamrab olgan. Bunday yirik loyihani amalga oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotining to‘liq hamda kompleks o‘zgarishiga, raqobatbardoshlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Muhim vazifalardan yana biri davlatimiz rahbarining “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashdir. Qarorga asosan tasdiqlangan “Raqamli Toshkent” kompleks dasturida ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport, kommunal sohalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jalb qilgan holda poytaxtimizning qiyofasini to‘liq ijobiy o‘zgartirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistonda rivojlanish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda raqamli texnologiyalarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu ro‘yxatda agrar soha muhim o‘rin tutadi. Shu bois, tarmoqlarni yangi bosqichga chiqarishga xizmat qiluvchi 24 ta loyihani ro‘yobga chiqarish mo‘ljallanyapti.
Aytish kerakki, qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha muammolar, tezkor hal etish zarur bo‘lgan masalalar oz emas. Axborot texnologiyalari qishloq xo‘jaligida yerni hisobga olish va monitoring qilishda juda qo‘l keladi. Masalan, yerni kosmik zondlash orqali ekin maydonlari, vegetatsiya jarayoni, yerning meliorativ holati va minerallashuv miqdorini o‘rganish mumkin. Bu agrotexnik tadbirlarni aniq belgilab, hosildorlikni 25–30 foizgacha oshirish imkonini beradi.
Andijon viloyatidagi qishloq xo‘jaligi yerlari hamda ularda yetishtiriladigan ekinlar holatini tezkor va aniq baholash maqsadida sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha tajriba (pilot) loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida viloyatdagi oltita maydon tanlab olinib, vektor formatida “Monterra” onlayn platformasiga joylashtiriladi. Shuningdek, yer egalariga sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari yordamida ekinlar holati bo‘yicha tegishli xulosalar beriladi.
Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Andijon texnoparki huzurida yangi rezident tashkil etiladi. Yetti nafar malakali dasturchining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha malakasi oshiriladi.
Tashkil etilgan korxona tomonidan viloyatdagi barcha ekin maydonlarining tahliliy ma’lumotlari shakllantirilib, yer egalariga taqdim etiladi. Bundan tashqari, loyiha doirasida chet davlatlarning yer maydonlari haqidagi tegishli xulosalarini shakllantirgan holda ushbu xizmat eksportini amalga oshirish imkoniyati tug‘iladi. Bugungi kunda soha mutaxassislariga sharoit yaratish, IT tadbirkorlikni, ayniqsa, AKT sohasida startap loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki barpo etildi. Ayni paytda to‘rt ming nafar mutaxassis faoliyat yuritayotgan 392 ta tashkilot IT-parkning rezidentlari hisoblanadi.
Mazkur parkda zarur infratuzilma, shu jumladan, zamonaviy laboratoriyalar, kovorking markazi hamda ofis maydonlari mavjud. Texnopark rezidentlariga moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi. Yana bir muhim jihat shundaki, rezidentlar uchun moliyaviy imtiyozlar ham belgilangan.
Bunday muvaffaqiyatli tajriba yurtimizning boshqa hududlarida ham texnoparklarni ochishga turtki bo‘ldi. 2020–2024 yillarda mamlakatimizning 14 ta hududida, birinchi navbatda, Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida, shu jumladan, Toshkent shahridagi al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab huzurida IT-park tashkil qilinadi.
IT-parkning hududiy filiallarini tashkil etish bo‘yicha joylardagi mahalliy hokimliklar bilan qo‘shma qarorlar imzolanib, har bir loyiha bo‘yicha bajariladigan vazifalar tarmoq jadvallari tasdiqlandi.
Andijon (“Digital city” texnoparki), Farg‘ona (IT-park Marg‘ilon filiali) Sirdaryo (IT-park Guliston filiali) viloyatlarida foydalanishga topshirilib, Andijon filialida 10 ta rezident va Marg‘ilon filialida 7 ta rezident faoliyat yuritmoqda. Shulardan biri 30 iyun kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Guliston filiali ochildi. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilanmoqda. Texnopark rezidentlari tomonidan joriy etilishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlarini kengaytirish, raqamli ta’lim markazlarini hududlarda keng tashkil etish, texnopark rezidentlarini jalb qilish orqali iqtisodiyot tarmoqlarida axborot texnologiyalarini tatbiq qilish shular jumlasiga kiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mahaliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar sonini ko‘paytirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat idoralariga qiymati 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan shartnomalarni IT-park rezidentlari o‘rtasida tanlov asosida imzolash huquqi berilgani iste’dodli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi, ularni yangi-yangi g‘oyalarga ruhlantiradi.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish