2. YAssi pichoqli EZM-2 (CS-529) elektr bichish mashinasini texnik ta’rifi, tuzilishi, ishlash prinsipi va sozlash yo‘llari.
Tikuvchilik sanoatida ishlatiladigan to’qimachilik materiallari xususiyat va tuzilish jihatidan xilma-xil bo’ladi. Tikiladigan kiyimlar assortimenti ham turli-tumandir. SHuning uchun gazlamalarni bichish usuli ham bir xil bulmaydi. Gazlamaning xususiyatlariga, bichish usliga, korxonaning turiga qarab, bir vaqtda necha qavat gazlamani baravar qirqish mumkinligi aniqlanadi. Bunday qavatlar soni bittadan 250 tagacha bo’lishi mumkin. Gazlamalar bichilayotganda, ko’pincha, to’shamalarni oldin sektsiyalarga bo’lib olib, keyin sektsiyalardagi detallar qirqib olinadi. Keyingi vaqtlarda kiyim detallarini o’yib oladigan presslar ishlatila boshlagani munosabati bilan gazlamani to’g’ridan-to’g’ri rulondan bichib olishga harakat qilinmoqda.
Gazlamani bichishning ikki xil usuli; gazlamani universal asbobda bichish va maxsus asbobda bichish usullari bor.
Konstruktsiya jihatidan xilma-xil qaychilar va arralar ishlatib, gazlamani bichishning universal usuli kengrok tarqalgan. Bunday usulda to’qimachilik materiallarini har kaday fason va har qanday o’lchamdagi kiyimlarga mo’ljallab bichaverish mumkin. Bunda bir xil kiyimlarni bichishdan ikkinchi xil kiyimlarni bichishga o’tishda bichish uskunasi ham, qirqish asbobi ham o’zgartirilmaydi. Universal asbobda gazlama bichishning eng asosiy afzalligi ham ana shundan iborat. Universal usulning kamchiliklari shuki, bunda kiyim detallari aniq bichib olinmay balki kengaytiribroq qirqiladi va bichish jarayonining o’zidan oldingi ishlar, qavatlarni to’shash va tekislash ko’p mehnat talab qiladi.
Ommaviy tikishning rivojlanishi, tikuvchilik fabrikalarining ixtisoslanishi, mehnat unumdorligini yanada oshirish va tikuvchilik maxsulotlari sifatini yaxshilash zarurati gazlama bichishning samaraliroq usullarini topishni talab qildi. Natijada gazlama bichishning yangi-yangi usullari, jumladan, presslarda, rotatsion qurilmalarda va boshqa uskunalarda maxsus asboblar yordamida bichish usullari paydo bo’ldi.
Tikuvchilik sanoatida gazlama bichishning bunday usullari ishlatilganda, to’shash bilan bichish ishlari, bichish bilan kertish operatsiyalari bir vaqtda bajariladigan bo’lsa, materiallarni ko’proq tejash va mehnat unumdorligini ko’proq oshirish mumkin bo’ladi. Biroq bunday usullarda bichilganda, asboblar turi nihoyatda ko’payib, ularga ketadigan harajatlar ortadi, chunki bunda har bir shakl va har bir o’lchamli kiyimning har qaysi detali uchun bittadan asbob loyihalash va tayyorlash, gazlama bichishning biror usulidan boshqasiga o’tish uchun yangi asbobni o’rnatish va uni uzoq vaqt ishga moslash kerak bo’ladi. SHu sababli, mutlaqo tabiiyki, asboblarga ketgan harajatlar ularning ko’p vaqtga chidashi va materiallarni tejash hisobiga qoplansagina gazlamalarni maxsus asboblarda bichish samarali natija beradi.
Hozirgi vaqtda tikuvchilik fabrikalarining ko’pchiligida to’shamalarni universal usulda qirqishda qo’yidagi mashinalar ishlatiladi: ko’chma bichish mashinalari (EZM-2 tipidagi vertikal pichoqli yoki EZDM-1, EZDM-2, OM-3 tipidagi disk pichoqli mashinalar), statsionar mashinalar (Rl-4 va SHVn-03 tipidagi lenta pichoqli mashinalar).
Vertikal pichoqli ko’chma bichish mashinasi to’shamani alohida qismlarga (sektsiyalarga) bo’lish, shuningdek, alohida detallarni qirqish uchun ishlatiladi. Bu tipdagi mashinalardan jun, yarimjun va ip gazlamalar to’shamasining balandligi 13-15 sm gacha etganda ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |