|
3.1-rasm. Vertikal pichoqli ko’chma bichish mashinasi.
| YAssi pichoqli EZM-2 elektr bichish mashinasini
texnik ta’rifi va sozlash yo‘llari
Pichoqning xarakat tezligi 0-4 m/s, mashina elektrodvigateli valini aylanishlari soni 2800 ayl/min, pichoqning xarakat yo‘li uzunligi 40 mm, kesiladigan to‘shamaning balandligi 130 mm gacha, pichoqning o‘lchamlari: uzunligi 180 mm, eni 20 mm, qalinligi 0,6 mm, elektrodvigatel quvvati 0,25 kVt. Mashinaning o‘lchamlari: balandligi 437 mm, eni 185 mm, bo‘yi 330 mm, mashinaning og‘irligi 15 kg. Pichoq 15-20 burchak ostida charxlanadi.
Ish unumdorligi pichoqni tig‘ini o‘tkirligiga va ishchini malakasiga boQliq.
O‘rtacha bikirlikka ega bo‘lgan materiallarni kesishda silliq tig‘li pichoqlar, og‘ir materiallarni kesishda – tig‘i arrali pichoqlar, sintetik materiallarni kesishda – tig‘i to‘lqinsifat pichoqlar ishlatiladi.
Sozlanishi: pichoq eng pastki xolda turganda, platforma tekisligidan pastga a=1-2 mm tushib turishi lozim, agar bu masofa kam bo‘lsa to‘shamani ostki qismi kesilmaydi, ko‘p bo‘lsa pichoq sinadi. “a” masofa pichoqni ushlagichga mahkamlangan joyidan vintni bo‘shatilib, uni pastga tushirish yoki yuqoriga ko‘tarish yo‘li bilan amalga oshiriladi. So‘ngra vintlar maxkamlanadi.
Vengriyaning Pannoniya firmasi qo’zg’aluvchan pichoqli bichish mashinalarining 20 dan ortiq variantlarini ishlab chiqaradi. Hozirgi paytda firma CS 529 16-1-42-K tipidagi takomillashtirilgan plastinasimon pichoqli qo’zg’aluvchan bichish mashinasini ishlab chiqarmoqda. Bu mashina bosh valining aylanishlar soni 2800 ayl/min. Elektr yuritgichi turi F572 NN 01. Gabarit o’lchamlari 560x185x330. Pichog’ining harakat yo’li 26 mm. Pichoq qalinligi 0,7 mm. Qirqiladigan material qalinligi 160 mm. CHarxlash organi harakat yo’li 156 mm. Pichoqni avtomatik o’tkirlanish vaqti 2-2,5 min. Pichoq 20 gradus ostida o’tkirlanadi.
SS 529 16-1- 42-K mashinasi tolali, to’qima va sintetik materiallarni bichishga mo’ljallangan. Mashina korpusi 1 da elektyuritgichi 2, pichoq va charxlash mexanizmlari joylashtirilgan bo’lib, ularni platforma 4 ga o’rnatilgan tayanch 3 ushlab turadi. Pichoq 5 ga vertikal ilgarilanma qaytma harakat krivoship polzunli mexanizm orqali uzatiladi. Pichoq 5 ning old tomoniga materialni bosib turuvchi planka 6 joylashgan. Pichoqning o’ng va chap tomoniga tortqi 7 ga vintlar bilan mahkamlangan charxlash toshlari 8 o’rnatilgan. CHarxlash toshlari 8 ikki tomonlama aylanma harakatni bosh valga o’rnatilgan disklardan shnurlar orqali oladi. CHarxlash aylanishlari orasidagi masofa 0,5-1 mm bo’lishi kerak. Mashina
platformasi ortida roliklar o’rnatilgan bo’lib, ular platformaning stol ustida engil siljishini ta`minlaydi (3.2-rasm).
Vertikal pichoqli ko’chma bichish mashinalariga pichoq harakati tezligini ko’rsatadigan taksometr o’rnatilsa, qirqish tezligini keragicha o’zgartirish mumkin bo’ladi. Buning zarurati shundaki, masalan, sintetik tolalardan to’qilgan gazlamalar tez eriydigan bo’lgani uchun, bichish mashinasi elektr yuritgichining aylanish tezligi minutiga 1800 martagacha kamaytirilishi kerak bo’ladi.
|
3.2-rasm. CS529 16-1-42-K qo’zg’aluvchan bichish mashinasi.
|
Hozir vertikal pichoqli ko’chma bichish mashinalarini takomillashtirish ustida ishlanmoqda. Buning uchun elektr yuritgich podshipniklari avtomatik moylanadigan, mashina mexanizmlari gazlama changidan, tolalardan, iplardan mexanik yo’l bilan tozalanadigan qilinmoqda; mashinaning ichiga ip yoki siyrak to’qilgan gazlamalar kirib ketishiga yo’l qo’ymaydigan va gazlamaning bichish sifatini yaxshilaydigan qilib, pichoq tig’ining yangicha konstruktsiyalari topilmoqda. Pichoq tig’ini charxlash va kirovini to’qish avtomatlashtirilmoqda. Bundan tashqari, ko’rinishi har xil pichoqlardan foydalanish ustida ham ish qilinmoqda. Masalan, juda dag’al materiallarni kesish uchun dami silliq pichoqlar, maxsus kiyimlar tikiladigan qalin gazlamalarni va dag’al sun`iy charmni qirqish uchun dami arrasimon, serpardoz gazlamalarni va sintetik tola gazlamalarini qirqish uchun esa dami to’lqinsimon pichoqlar ishlatish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |