Maxsus ta'lim – o‘zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Ta'lim, shuningdek, darajasi hamda hajmiga ko‘ra boshlang‘ich, o‘rta va oliy ta'lim kabi turlarga ham bo‘linadi. Kasb ta'limi (kasbiy ta'lim O‘zbekiston Respublikasida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta'limning muhim bo‘lagi sanaladi. Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning asosiy, muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u jamiyat va oilaning barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash muammolarini o‘rganadi. - Maxsus ta'lim – o‘zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Ta'lim, shuningdek, darajasi hamda hajmiga ko‘ra boshlang‘ich, o‘rta va oliy ta'lim kabi turlarga ham bo‘linadi. Kasb ta'limi (kasbiy ta'lim O‘zbekiston Respublikasida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta'limning muhim bo‘lagi sanaladi. Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning asosiy, muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u jamiyat va oilaning barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash muammolarini o‘rganadi.
Tarbiya - barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash yo‘lida amalga oshirilayotgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ushbu tushuncha negizida odatda aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etilgan pedagogik faoliyat mohiyati, shaxsda tarbiyalangan muayyan sifatlar hamda shakllangan dunyoharash aks etadi. Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirish borasidagi ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta'minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyatini muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g‘oyasi asosida ta'lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirishdek ustuvor vazifani hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e'tibor haratiladi: - Tarbiya - barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash yo‘lida amalga oshirilayotgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ushbu tushuncha negizida odatda aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etilgan pedagogik faoliyat mohiyati, shaxsda tarbiyalangan muayyan sifatlar hamda shakllangan dunyoharash aks etadi. Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirish borasidagi ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta'minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyatini muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g‘oyasi asosida ta'lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirishdek ustuvor vazifani hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e'tibor haratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |