Vitaminlar
Vitaminlar biologik faol moddalar bo’lib, juda oz miqdorda o ’z
ta’sirini namoyon eta oladi. Vitaminlar tanaga tushgandan so’ng o ’zgaradi,
parchalanadi, boshqa moddalar bilan qo’shilib, modda -almashinishini
me’yorida kechishini ta’minlaydi. Vitaminlaming ta’siri asosan bir
qator hayot uchun eng kerakli funksiyalarni kuchaytiradi va boshqarib
turadi. Ko’pchilik vitaminlar fermentlar tarkibiga kiradi va ulami funksiyalarini
faollashtiradi, tanani me’yorida o ’sishini ta’minlaydi, reaktiv
qobiliyatini normal holatda ushlab turadi, jism oniy va aqliy ish qobiliyatini
oshiradi, tashqi muhitni salbiy ta’siriga chidamlikni oshiradi.
Odam tanasida ba’zi-bir mustasnolardan tashqari vitaminlar ishlab chiqarilmaydi va to ’planib turmaydi. Shu boisdan ozuqa moddalari bilan muntazam holatda organizmga tushib turishi kerak. Vitaminlami organizmda
yetishmasligi a’zolar funksiyalarini chuqur izdan chiqishiga olib keladi:
tananing massasi kamayadi, o’sish to’xtaydi, ishtaha bo’g’iladi, ish qobiliyati
pasayadi, infeksiyaga qarshilik kamayadi, nerv tizimini ish qobiliyati
buziladi. Tanada avitaminoz, gipovitaminoz, gipervitaminoz holatlari
tafovut etiladi. Avitaminoz - og’ir kasallik bo’lib, bitta yoki bir
nechta vitaminlar tamomila bo’lmasa yoki keskin kam bo’lganda hosil
boMadi.
Gipovitaminoz - kamroq namoyon blgan kasallik holati bo’lib,
tanaga me’yoridan kam miqdorda qabul etish natijasida hosil bo’ladi.
Gipervitaminoz - ayrim vitaminlarni me’yoridan ko’proq iste’mol
etilishi natijasida hosil bo’ladi. Hozirgi vaqtda ko’pgina vitaminlar sintezlangan,
lekin ularga bo’lgan talab tabiiy ozuqa moddalari hisobiga,
ular optimal holatda rnaMum bir miqdorda bir-biri bilan aniq bir munosabatda
boMgan boshqa ozuqa moddalari hisobiga qoniqtirilishi kerak.
Kundalik amaliyotda biz gipovitaminoz holatlar bilan uchrashishimiz
mumkin, bu ozuqa moddalarini noto’g ’ri tanlash, o’simlik mahsulotlariga
alohida ahamiyat bermaslik, tayyorlash texnologiyasiga amal qilmaslik,
bahorgacha sabzavot va mevalar uzoq saqlanganda ba’zi vitaminlar
kamayib ketishini hisobga olmaslik natijasida sodir boladi.
Sportchilar ozuqa moddalari vitaminlarga juda boy bolishi kerak,
chunki ularda vitaminlarga talab yuqori, shiddatli mushak ishi, yuqori va
past harorat ta’sirida vitaminlarga ehtiyoj ortadi. K o’pincha gipovitaminoz
belgilari yashirin holatda kechadi va ogMr jism oniy mehnat va charchagan
vaqtda to ’satdan namoyon boMadi. Shunday qilib gipovitaminoz
ortiqcha trenirovka o ’tkazilgandagi holatlarni namoyon boMishiga sabab-
chi boladi. Bu holatni sport amaliyotida bilish va o ’z vaqtida ozuqa
moddalarini qo’shimcha vitaminizatsiya qilish (vitaminlar bilan boyitish)
lozim.
Vitaminlar ikki guruhga bo’linadi: suvda eruvchi (C, P, B - guruhi,
PP va boshqalar) va yog’da eruvchi (A, D, E, K).
Vitamin C - askorbin kislota - yuqori oksidlanish - qaytarilish
ta’siriga ega bo’Iib, modda almashinishida hosil boMadigan, jism oniy
mashqlar natijasida to’planadigan, oraliq-to’la oksidlanib ulgurmagan
moddalarga aktiv ta’sir etib, tiklanish vaqtini qisqartiradi. Vitamin C
ayrim fermentlarning ishini, gormonlarni aktivlashtiradi, aminokislotalar
assimilyasiyasini yaxshilaydi, qon ishlab chiqarishni kuchaytiradi,
leykotsitlar faolligini oshiradi va antitelolar ishlab chiqarishni yaxshilaydi.
Vitamin C tanada boMmasa, singa deb ataladigan og’ir kasallik
yuzaga keladi. Bu kasallik qon ketish, milkni shishishi, tishning tushib
ketishi, mushaklarning quvvatini kamayishi bilan ta’riflanadi. C – gipovitaminozida bu holatlar yengil holda hosil bo’ladi. Umumiy kam quvvatlik,
apatiya, uyquchanlik, terini oqarishi va qurishi, milkda va terida
qon quyilish, ozgina mehnatga charchash, shamollash va kasalliklarga
o ’ta beriluvchanlik holatlari namoyon bo’Iadi.
Vitamin C ni asosiy manbai sabzavot va mevalardir. Ayniqsa vitamin
C ga quritilgan namatak, qora smorodina, pamidor, limon, apelsin,
mandarin, olma, karam, maymunjon boydir. Vitamin C juda beqaror.
Ozuqa moddalarini uzoq saqlash natijasida ham parchalanadi, kulinariya
qayta ishlash jarayonida ham havodagi kislorod ta’sirida hattoki mis va
temir idishlarda saqlaganda ham parchalanadi. Vitamin C nordon muhitda
yaxshi saqlanib ishqoriy muhitda parchalanadi. Vitamin C ni yaxshi
saqlab qolish uchun ovqat tayyorlaganda sabzavot va mevalar qaynab
turgan suvga solinib, idishni qopqog’i berkitilgan holatda qaynatish lozim.
Ovqatlanish me’yoriga asosan 1 yo 8-40 yoshlardagi erkaklarga bir
kunda 80-100 mg, ayollarga 65-85 mg miqdorida m o’ljallangan. Bu
me’yor bajariladigan mehnatning og’ir va yengilligiga bog’liq. Sport bilan
shug’ullanadigan odamlar ovqat ratsionida oddiy kundalik mashq
vaqtida vitamin C 100-150 mg gacha ko’paytiriigan, musobaqa vaqtida
250-300 mg gacha ko’paytiriladi.
Musobaqa oldidan, start oldidan 150-200 mg vitamin C berish
(N.N. Yakovlev) ko’zda tutiladi. Askorbin kislotasi zaharli emas va tanada
to’planib turmaydi. Sport ish qobiliyatini oshirish uchun jismoniy
mehnat oldidan bir marotaba askorbin kislotasini qabul etgandan ko’ra
har kunda ozuqa moddalari bilan vitamin C ni optimal miqdorini qabul
etgan afzalroqdir. Ovqatni vitamin C bilan boyitishni eng oddiy usuli vitaminga
boy sabzavot va mevalami quruq namatak suvi, karam va boshqa
shunga o’xshash ozuqa moddalarini kproq iste’mol etishdir.
Vitamin P - rutin. Rutinning asosiy funksiyasi kapillyar qon tomirlari
devorini mustahkamlash, tkazuvchanligi va egiluvchanligini
kamaytirishdir. Bu holatlar faqat vitamin C bilan birga blgan vaqtdagina
namoyon boMadi. Limon, apelsin, qora smorodina, namatak mevasida,
qizil garimdorilar rutinga juda boydir. Sportchilarda og’ir jismoniy
mehnat ulaming kapillyar qon tomir devorlarida juda katta o ’zgarish!arga
olib keladi, natijada kapillyarlar yorilib qon chiqib teri qavatida qotib
qolib, ma’ium bir krinishni nuqta-nuqta holidagi qonning quyilishiga
sabab bo’ladi. Shuning uchun bunday ahvolni oldini olish maqsadida
sport bilan muntazam shug’ul!anuvchi sportchilar ovqat ratsioniga 40-
60 mg vitamin P preparati qo’yish va shu bilan bir vaqtda askorbin kislotasini
miqdorini oshirish I.M. Borisov, Ye.M. Zaburkinlar tomonidan
tavsiya etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |