Pul agregati M1 M2 M3 L
Ulushi (%)
AQShda
Yaponiyada
15 65 80 100
Rossiyada
50 70 80 100
Ko’rinib turibdiki, Rossiyada yuqori darajadagi likvidlikka ega bo’lgan pul massasi hajmi
rivojlangan mamlakatlar AQSh va Yaponiyaga qaraganda yuqori. Bizni respublikamizda ham
shunday ahvolni kuzatish mumkin. Bu muddati ko’rsatilgan omonat va davlat qimmatbaho
qog’ozlarini ulushi pastligidan darak beradi. Natijada pul muomalasini tartibga solish ham
qiyinlashadi, iqtisodiy barqarorlikka ta’sir etadi.
Naqd pul harakati bankdan boshlanadi, korxona, tashkilot kassasiga, aholi qo’liga o’tadi.
Oldi-sotdi, to’lov xarajatlari bajarilgach, yana bankka qaytib tushadi, naqd bo’lmagan pullar
bankdagi bir hisob schetidan boshqasiga o’tkazish orqali harakat qiladigan pullardir.
Iqtisodiyotdagi eng muhim muammo ana shu pullar harakatini, ya’ni pul muomalasini tartibga
solishdir.
Xulosa
*Jamiyat taraqqiyoti shunday amalga oshadiki, unda bir tomondan ma’lum bir iqtisodiy
munosabatlar, aloqalar avvalgi tizim bilan vorislikni ta’minlaydi. Ikkinchi tomondan, jamiyatni
olg’a eltuvchi yangi munosabatlar, aloqalar vujudga keladi. Uchinchidan, shunday iqtisodiy
munosabatlar, aloqalar borki, ular jamiyatdagi o’zgarishlarga moslashgan xolda tizim
rivojlanishiga katta ta’sir etib, ularni bir-biri bilan bog’laydi. Ana shunday munosabatlar tovarpul
mugosabatlaridir.
*Ijtimoiy xo’jalik yuritishning tarixan ikki shakli mavjud. Birinchisi natural xo’jalik
yuritish bo’lib, u eng uzoq davr(hozirgi paytda ham uchraydi) davom etgan. Ikkinchisi tovar
xo’jaligi bo’lib, u iqtisodiyotning rivojlangan bosqichiga xos. Ular bir-biridan farq qiladi. Tovar
xo’jaligining eng katta farqi, mahsulot bozorda sotish uchun ishlab chiqariladi va tovar de
ataladi.
*Iqtisodiyotda yuz beradigan munosabatlar tovar, uni ishlab chiqarish va sotish bilan
bog’liq munosabatlar bo’lib, shuning uchun tovar va uning xususiyatlarini, u haqdagi
nazariyalarni o’rganish muhim ahamiyatga ega.
*Bu nazariyalarning eng asosiylari: qiymatning mehnat nazariyasi - klassik nazariya,
me’yoriy naflilik nazariyasi – marjinal nazariya, sintez nazariyasi – Marshallning baho
nazariyasidir. Bu nazariyalarning asosiy maqsadi ma’lum bir tovarga narx qanday belgilanishini
nazariy jihatdan asoslab berishdir.
*Tovar ishlab chiqarish bilan bog’liq holda pul kelib chiqar ekan, uning kelib chiqishi
haqida ham qator nazariyalar borki, bu masalaga yondashuvga ko’ra umumiy ravishda ikkiga:
ratsionalistik va evolyutsion yondashuvgv bo’lish mumkin. Birinchisi sub’ektiv psixologik
yondashuv bo’lib, pulning kelib chiqishi kishilar o’rtasidagi kelishuv tufayli yuz bergan degan
fikr bildirsalar, ikkinchisi esa pud jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining mahsuli deb
ko’rsatishadi.
*Pul bozor itisodiyotining eng universal, eng yuqori likvidli vositasi bo’lib, qiymat
o’lchovi, muomala, jamg’arish funtsiyasini bajaradi. Dastlabki paytda pullar naqd pullardan
iborat bo’lgan bo’lsa, tarixiy taraqqiyot davomida kredit munosabatlarini kelib chiqishi tufayli
naqd bo’lmagan pullar ham ishlatiladigan bo’ldi. Hozirgi paytda mamlakatdagi barcha naqd va
naqd bo’lmagan, «kvazi» pullar birgalikda pul massasini tashkil qiladi.
Davlatning pul aylanishiga ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi. Pul aylanishi tuzilmasi turli belgilar bo‘yicha belgilanadi:
1) unda pullarning faoliyat yuritishi shakliga qarab. Ushbu belgiga qarab naqd pulsiz va naqd pullik pul aylanishini ajratish mumkin, chunki barcha pul belgilari u yoki boshqa shaklga ega bo‘ladi;
2) ushbu pul aylanishi xizmat ko‘rsatadigan munosabatlar tusiga qarab. Bu erda pul-hisob-kitob aylanishi, pul-kredit aylanishi, pul-moliya aylanishi ajratib ko‘rsatiladi;
3) pul mablag‘larining harakati yuz beradigan subyektlarga qarab. Ushbu tasnif bo‘yicha quyidagilar ajratib ko‘rsatiladi: pul mablag‘larining yuridik shaxslar o‘rtasida banklararo, banklarda aylanishi, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi aylanish va, nihoyat, pul mablag‘larining faqat jismoniy shaxslar o‘rtasidagi aylanishi.
SHunga tegishlicha, iqtisodiyotda qo‘llaniladigan pul aylanishi hajmiga ta’sir qiladigan omillarning muayyan guruhini ham ajratish mumkin. Barcha omillarni siyosiy, iqtisodiy va texnik omillarga ajratish mumkin. Tabiiyki, pul aylanishi tuzilmasini shakllantirishning iqtisodiy omillari asosiy ahamiyatga va bevosita ta’sir kuchiga ega bo‘ladi. Bunday omillarga iqtisodiyotda ishlatiladigan pullar turlari, pul muomalasi tezligi, tovar aylanishi miqdori va shu kabilar kiradi. Binobarin, mavjud pul aylanishi miqdorlarini vujudga keladigan ehtiyojlarga muvofiq o‘zgartirishga yoki pul aylanishining mavjud hajmlarini tovar aylanishining real ehtiyojlariga muvofiqlashtirishga faqat iqtisodiy uslublar vositasida pul aylanishi hajmiga ta’sir ko‘rsatadigan ushbu omillar orqali ta’sir qilish mumkin.
Iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan, faqat hukumatning ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan va iqtisodiyotning ehtiyojlaridan mustaqil pul mablag‘lari miqdoridagi o‘zgarishlar siyosiy omillar hisoblanadi.
Texnik omillar pul aylanishi tuzilishi va hajmiga faqat bilvosita ta’sir ko‘rsatadi, lekin shunga qaramasdan, ularni hisobga olish zarur. Bunday omillarga u yoki boshqa hisob-kitobni o‘tkazish uchun talab etiladigan vaqtni kamaytirish yoki hisob-kitobning o‘zini amalga oshirishga imkon beradigan hisob-kitoblarning texnik vositalari kiradi. Masalan, bank plastik kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi texnik vositalarning keng ommalashganligi aholi o‘rtasida ushbu to‘lov vositasining ommalashuviga va, binobarin, naqd pulsiz pul mablag‘larining qo‘llanilishining oshishiga olib keladi. Naqd pulsiz pul mablag‘lari qo‘llanilishi chastotasining ko‘payishi pul muomalasining umumiy tarkibida naqd pullarning kamayishiga va davlatning pul aylanishini tartibga solish asosiy uslublarining o‘zgarishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |