Mustaqil ish mavzu: Mustaqillik yillari O’zbekiston sug’urta sohasini isloh qilish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar


Sug‘urta sohasida olib borilayotgan islohotlar



Download 87,75 Kb.
bet2/3
Sana16.03.2022
Hajmi87,75 Kb.
#493553
1   2   3
Bog'liq
Вайсова Ирода Мустакил иш Сугурта иши 1-топширик

2. Sug‘urta sohasida olib borilayotgan islohotlar

Umuman, sug‘urtaning insoniyat hayotidagi va iqtisodiyotning uzluksiz rivojlanishini ta’minlashdagi ahamiyati beqiyos. Buni e’tiborga olib, mamlakatimizda bozor infratuzilmasining ushbu bo‘g‘inini rivojlantirishga katta e’tibor berilyapti.


Birgina 2002-yilda sug‘urta sohasini rivojlantirish yuzasidan davlat miqyosida bir qator chora-tadbirlarning belgilanganligi fikrimizning tasdig‘idir. Xususan, 2002-yilning 31 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonining e’lon qilinishi sug‘urta tizimini taraqqiy ettirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Mazkur Farmonga muvofiq, mulk shaklidan qat’iy nazar barcha sug‘urta tashkilotlari 2002-yilning 1 fevralidan boshlab uch yil muddatga daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2002-yil 27 noyabrda qabul qilgan qarori sohani rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston hukumati tomonidan sug‘urta sohasini rivojlantirishga katta e’tibor berilib, sug‘urta bozorini bosqichma-bosqich isloh qilish tamoyili amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonning mustaqil rivojlanishi davrida sug‘urtalashning huquqiy bazasiga va sug‘urta sohasida bozor tuzilmasini rivojlantirishga poydevor qo‘yildi, misol uchun sug‘urtalashda tomonlarning o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi va respublikada sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning tamoyillarini belgilovchi xalqaro andozalarga mos keluvchi hamda talablarga javob beruvchi O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni 2002-yil 5 aprelda qabul qilindi. Aytish kerakki, yangi qonun yurtimizda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy sohalarda o‘tkazilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, mamlakatimizda olib borilayotgan erkinlashtirishni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bu qonunning qabul qilinishi sug‘urta munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va manfaatlarini himoyalashga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.
Sug‘urta sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjati normalari xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi. Jumladan, rivojlangan chet mamlakatlardagidek bizda ham sug‘urta xizmatlari bozori ikkiga ajratildi: hayotni sug‘urta qilish bilan bog‘liq xizmatlar bozori va umumiy sug‘urta xizmatlari bozori. Hayotni sug‘urta qilishga ixtisoslashgan tashkilotlar umumiy sug‘urta turlarini o‘tkazish, umumiy sug‘urta turlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar esa hayotni sug‘urtalash huquqiga ega bo‘lmaydi. To‘g‘ri, bizda hayotni sug‘urta qilish, ayniqsa, uzoq muddatli sug‘urta turlarini rivojlantirishda ba’zi muammolar mavjud. Bu sug‘urta turini amalga oshirish uchun fuqarolarda sug‘urta tashkilotlariga ishonch bo‘lishi bilan bir qatorda yetarli miqdorda mablag‘ ham bo‘lishi zarur. Faqat hayot sug‘urtasi bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda emas, balki korxona va tashkilotlarning mol-mulki hamda boshqa ixtiyoriy sug‘urta turlarini o‘tkazishda ham talay muammolar mavjud. Bu muammolarni hal etish sug‘urta tashkilotlari va ularning salohiyatli mijozlari bo‘lmish ko‘pming sonli aholi, yuridik shaxslarning o‘zaro hamkorligiga bog‘liq. Jamiyatda aholi va korxona hamda tashkilot rahbarlarining sug‘urtaga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish lozim. Bu, o‘z navbatida, sug‘urta tashkilotlari tomonidan faol tushuntirish, targ‘ibot ishlarini olib borishni taqozo etadi.
Bugun yurtimizda xizmat ko‘rsatish tarmog‘i jadal suratlar bilan rivojlanayotgan bo‘lib, bunga sug‘urta kompaniyalarining faoliyat doirasi ham tobora kengayib borayotgani yorqin misol bo‘la oladi. Hozirda mazkur bozorda yangi sug‘urta ishtirokchilarining yuzaga kelayotgani mavjud sug‘urta turlarini yanada ko‘paytirish hamda shu orqali keng toifadagi yuridik va jismoniy shaxslarni sifatli sug‘urta xizmatlari bilan ta’minlash imkonini bermoqda.
Mamlakatimiz Prezidentining 2007-yil 10 apreldagi PQ-618-sonli «Sug‘urta bozorini isloh qilish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori muhim omil bo‘ldi. Umuman aytganda, bugungi kunda mamlakatimizda sug‘urta xizmatlari bozorini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarning sug‘urta bozorida faol ishtirok etishini rag‘batlantirish maqsadida sug‘urta kompaniyalari uchun har tomonlama shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bu esa, bozordagi sog‘lom raqobat muhitini ham shakllanishiga olib kelmoqda.
Sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish sug‘urta bozorida turli mulkchilik shaklidagi tashkilotlarning paydo bo‘lishiga xizmat qilmoqda. Bu borada qabul qilingan huquqiy hujjatlar sug‘urta tizimining jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish, jahon andozalariga mos, sifatli xizmat ko‘rsatish hamda sug‘urta bozori infratuzilmasini takomillashtirish imkonini berayotir.
Ayni vaqtda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan o‘ttizdan ortiq ixtisoslashgan sug‘urta kompaniyalari tomonidan mijozlarga ikki yuzdan ortiq turda xizmat ko‘rsatilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi maoruzasida bozor iqtisodiyoti institutlari, xususan, sug‘urtaning zamonaviy shakllarini keng rivojlantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
Mamlakatimiz sug‘urta sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21 maydagi "Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-872-sonli Qarorining qabul qilinishini aytishimiz mumkin. Unga asosan, sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug‘urta kompaniyalarining investitsion jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirish, shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining taklifiga binoan 2010-yilning 1 yanvaridan boshlab sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlarini oshirish belgilandi.


Download 87,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish