Mustaqil ish mavzu: monometrik termometrlar



Download 407,63 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi407,63 Kb.
#229411
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish ,,Monometrik termometrlar'' 2



O’BEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI

5312400-MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI

(TURLARI BO’YICHA) TA’LIM YO’NALISHI

MUSTAQIL ISH

MAVZU: MONOMETRIK TERMOMETRLAR

Bajardi: Jo’rayev Bekzod Faxriddin o’g’li

Qabul qildi: B.M.Toshmamatov

QARSHI-2021

MUNDARIJA

Kirish…………………………………………………………………

1. Harorat. Termometrning yaratilishi.Shkalalar……………………..

2. Monometrik termometrlar tavsifi………………………………….

3. Gazli, suyuqlikli, monometrik kondensatsion termometrlar……....

Xulosa……………………………………………………………….

Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………...

Kirish


Moddiy dunyoni bilish usullaridan biri - o'lchashdir. «Har qanday fan o'lchashdan boshlanadi», — degan edi buyuk rus olimi D.I.Mendeleyev. Bizga ma’lum bo'lgan tabiiy fanlardagi barcha qonunlar zamirida o'lchash yotadi. Sanoat, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, kimyoviy texnologiya va boshqa sohalardagi ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida texnologik, agrokimyoviy va biologik nazorat bilan birga turli o'lchash ishlari ham olib boriladi. Shuning uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati boshqarishda qo‘llanilayotgan nazorat va o'lchash vositalariga bevosita bog'liq. Har bir yetuk mutaxassis o'z ish joyida texnologik jarayon parametrlarini, ularning o'lchash usullarini, o'lchash asbobiari va qurilmalarining texnik xarakteristikalarini bilishi kerak. Bakalavriatni tugatgan har bir kishi o'lchash asboblari bilan ishlashda o'lchash sxemalari va asboblarini ishlatish bilan bog'liq bo'lgan bilim va malakaga ega bo'lishi, elektr, magnit, noelektrik kattaliklarni bilishi, ularni o'lchashi, nazorat qilishi, o'lchash asboblarini to'g'ri tanlay olishi, xatoliklarning sababini aniqlashi lozim. Transport, issiqlik texnikasi, elektroenergetika, qishloq va suv xo'jaligi, geologiya va geofizika, tibbiyot, biologiya, atrof-muhit ekologiyasi sohalarida yuzaga keladigan muammolarni yechishda turli parametrlarni o'lchash va axborot olish sezilarli darajada murakkablashib bormoqda. Bu holat yangi o'lchash usullari va vositalarini yaratishni va birlamchi o'lchash o'zgartkichlari - datchiklarga, umuman olganda, o'lchash texnikasiga bo'lgan talabni kuchaytirmoqda. Shuning uchun o'lchash asboblarining texnik imkoniyatlarini hisoblash, texnika vositalari yordamida kengaytirish va turli sharoitlarga moslashtirish hozirgi o'lchash texnikasining dolzarb masalasi bo'lib qolmoqda. Elektrik va noelektrik kattaliklami elektrik usul bilan o'lchashlar katta ahamiyatga ega. Elektr o'lchash usullari boshqa o'lchash turlaridan soddaligi, ishonchliligi, aniqligi, sezgirligi, qayta o'zgartirish va uzoq masofaga uzatish imkoni bilan ajralib turadi. Elektr o'lchashlar yer qatlamining namligi, sho'rlanishi, zichligini aniqlashda, shuningdek, yer osti ruda konlarini samolyotdan turib magnit usullar bilan razvedka qilishda qo'llaniladi. Hattoki sayyoralar va yulduzlar sirtidagi harorat ham fotoelementlar yordamida elektrik usul bilan aniqlanadi. Murakkab ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish ko'p jihatdan elektr o'lchashlarga tayanadi, chunki ular o'lchash qurilmasi bilan bevosita ishlab chiqarish obyektlariga avtomatik ravishda ta’sir etish, o'lchangan kattaliklar ustida bajariladigan har bir amallami avtomatik bajarish imkonini beradi.

Harorat — texnologik jarayonlaming muhim parametri bo‘lib, amalda ham past, ham yuqori haroratlar bilan ish ko‘rishga to ‘g‘ri keladi. Jismning harorati molekulalarning issiqlik harakatidan hosil bo‘ladigan ichki kinetik energiyasi bilan belgilanadigan qizdirilganlik darajasi orqali xarakterlanadi. Haroratni o‘lchash amalda ikkalasidan birining qizdirilish darajasi ma’lum bo‘lgan ikki jismning qizdirilishini taqqoslash yordamidagina amalga oshirilishi mumkin. Jismlarning qizdirilganlik darajasini taqqoslashda ularning haroratga bog‘liq bo‘lgan va osongina o‘lchanadigan fizik xossalaridan birini o‘zgartirishdan foydalaniladi. Molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyasi va ideal gaz harorati orasidagi bog‘lanish quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: E = 3/2K*T bu yerda: К — 1,380 • 10-23 J K ] — Bolsman doimiysi; T —jismning mutlaq harorati, °K. Agar jismlarning harorati turlicha bo‘lsa, ular bir-biriga tegib turganida energiyalarning tenglashuvi ro‘y beradi: yuqoriroq haroratga ega, ya’ni molekulalarining o‘rtacha kinetik energiyasi ko‘proq bo‘lgan jism o ‘z issiqligini (energiyasini) kamroq haroratga ega, ya’ni molekulalarining o‘rtacha kinetik energiyasi kamroq bo'lgan jismga beradi. Shunday qilib, harorat issiqlik almashish, issiqlik o‘tkazish jarayonlarining ham sifat, ham miqdoriy tomonlarini xarakterlaydigan parametrdir. Ammo, haroratni bevosita 0 ‘lchash mumkin emas: uni jismning haroratga bir qiymatli bog‘liq bo‘lgan qandaydir boshqa fizik parametrlari bo‘yicha aniqlash mumkin. Haroratga bog‘liq parametrlarga masalan, hajm, uzunlik, elektr qarshilik, termoelektr yurituvchi kuch, nurlanishning energetik ravshanligi va hokazolar kiradi. Harorat o‘lchaydigan asbobni 1598-yilda Galiley birinchi bo‘lib tavsiya etgan. So‘ngra M.V. Lomonosov, Farengeytlar termometr ishlab chiqishgan. Haroratni oichash asbobi ishlash prinsipiga qarab, quyidagi guruhlarga boiinadi: 1. Kengayish termometrlari. Bu termometrlar harorat o‘zgarishi bilan suyuqlik yoki qattiq jismlar hajmining chiziqli o’lchamlarining o‘zgarishiga asoslangan. 2. Manometrik termometrlar. Bu asboblar moddalar hajmi o ‘zgarmas bo’lganda harorat o‘zgarishi bilan bosimning o‘zgarishiga asoslangan. 3. Harorat ta’sirida o‘zgaradigan termoelektr yurituvchi kuchning o‘zgarishiga asoslanib ishlovchi termometrlar termoelektr termometrlar hisoblanadi. 4. O‘tkazgich va yarimо‘tkazgichlarning harorati o ‘zgarishi sababli elektr qarshilikning o‘zgarishiga asoslanib ishlovchi termometrlar qarshilik termometrlari deyiladi. 5. Nurlanish termometrlari. Ular orasida eng ko‘p tarqalganlari: a) optik pirometrlar — issiq jismning ravshanligini o’lchash asbobi; b) rangli pirometrlar (spektral nisbat pirometrlari) — jismning issiqlikdan nurlanishi spektridagi energiyaning taqsimlanishini o’lchashga asoslangan; c) radiatsion pirometrlar — issiq jism nurlanishining quvvatini o‘zgarishiga asoslangan. Nurlanish termometrlari haroratni kontaktsiz o'lchash usuli asosida ishlaydi. Harorat o’lchov birliklari:

Kelvin SI xalqaro birliklar tizimida asosiy birliklardan biri sanaladi. Belgilanishi K bo‘lib, unga daraja belgisi, ya'ni, qo‘shib yozilmaydi. Kelvin birligini 1848-yilda ingliz fizigi Uilyam Tomson (lord Kelvin) fanga taklif qilgan.

Yuqorida ham aytilganidek, 1 K bu - suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/216,15 qismiga teng. Bir daraja kelvin qiymati 1 daraja selsiy qiymatiga teng bo‘ladi. Kelvin shkalasi bo‘yicha suvning muzlash harorati 273,15 K ni tashkil qiladi. Bu selsiy bo‘yicha nol daraja (0 °C) demakdir.

Kelvin asosan ilmiy manbalarda, harorat qiymati imkon qadat maksimal aniqlikda, yoki, mutlaq nisbatda ifodalanishi talab etiladigan o‘rinlarda qo‘llaniladi. Kundalik turmushda va texnikda qo‘llash uchun kelvin birligi biroz noqulaydir. o‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiyasi kelvin uchun yaqin yillar ichida yangi ta'rif ishlab chiqishi kutilmoqda. Rejaga ko‘ra, kelvin birligi endilikda Bolsman doimiysi bog‘liq holda qayta aniqlash va ta'riflash maqsad qilingan. Bu O‘TXQning SI tizimidagi birliklarni fundamental fizik konstantalar vositasida ifodalashga bo‘lgan urinishlaridan biri sanaladi.

 Selsiy

Selsiy hozirgi kunda dunyoning aksariyat mamlakatlarida kundalik turmushda va sanoatda keng qo‘llanayotgan qulay birlik bo‘lib, uni 1742-yilda shved olimi Andreas Selsiy fanga taklif qilgan. Birlik daraja ko‘rsatkichi - va °C harfini yonma-yon yozgan holda, °C tarzida ifodalanadi. Selsiy shkalasida tayanch nuqtalari bu - suvning muzlash harorati 0 °C va suvning qaynash harorati 100 °C deb qabul qilingan.

Lekin selsiy shkalasi aniqlik borasida muayyan shart-sharoitlarni talab qiladi. Bunda masalan suvning muzlash harorati ushbu suvning tarkiban toza bo‘lishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Qolaversa, suvning qaynash harorati ham atmosfera bosimiga uzviy bog‘liq bo‘ladi. XHSh-90 ga binoan, sof suvning muzlash harorati 0 °C dan biroz past, qaynash darajasi esa 99,974 °C ni tashkil qiladi. Shunga qaramay, ushbu aniqlik kundalik turmushdagi maishiy foydalanish uchun yetarli aniqlik hisoblanadi. Selsiy darajasi hozirda Myanma, Liberiya va AQSHdan tashqari barcha mamlakatlarda keng ommalashgan harorat shkalasidir.

 Farengeyt (°F)

Farengeyt shkalasini 1724-yilda Gollandiyalik Gabriel Farengeyt taklif qilgan. °F belgisi bilan ifodalanadi. Farengeyt shkalasining tayanch nuqtalari sifatida suvning muzlash harorati 32 °F va odam tanasining harorati 96 °F deb qabul qilingan. Farengeyt shkalasi chiziqli shkala emas va undan foydalanishda kasr sonlar bilan ishlash va kasrlar ustida amallar bajarish kerak bo‘ladi. Shu sababli farengeyt

shkalasi va birligi foydalanishda ancha noqulaydir. Shunga qaramay, AQSHda va

Karib havzasi mamlakatlarida aynan ushbu shkala ommalashgan.

Farengeyt shkalasining eng g‘alati va noqulay tomoni - uning yuqori chegarasi odam tanasining haroratiga bog‘langanligidir. Lekin bu amalda unchalik ham yaxshi yechim emas va odam tanasining harorati sog‘lom va kasal odamlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Shu sababli, hozirgi vaqtda farengeyt shkalasining tayanch nuqtalari qayta ko‘rib chiqilgan va unda yuqori tayanch nuqtasi sifatida, odam tanasi haroratidan voz kechilgan. Buning o‘rniga, suvning qaynash harorati farengeyt shkalasi bo‘yicha 212 °F bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Yangi ta'rifga binoan, farengeyt shkalasi bo‘yicha odam tanasi harorati 98 °F ni tashkil qiladi.

 


Download 407,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish