Miloddan avvalgi 31-30 yillarda Oktavian qo`shinlari qishni Italiyada o`tkazganlar. 30 yili Rim qo`shinlari qarshillika uchramay, Suriyani ishg`ol qilib, Falastinga bostirib kirganlar. Shundan keyin Rim qo`shinlari Misrga qarab yurganlar. Antoniy ularning bu harakatini qaytarmoqchi bo`lgan. Ammo rimliklar istehkomlarni yorib, Misrga intilganlar. Shu vaqtda kimdir Antoniyga: Kleopatra o`zini o`zi o`ldirdi, degan xabarni yetkazgan. Antoniy o`zini qilich tig`iga tashlab, og`ir jarohatlangan. Jarohatlangan Antoniy o`zini Kleopatra yoniga olib borishni buyurgan. Ammo malika o`lmagan edi. Shu yerda Antoniy o`lgan. Kleopatra Rimga zanjirband holda borishdan o`limni afzal ko`rib o`zini o`zi o`ldirgan. Shundan keyin Misr ham Rim viloyatiga aylantirilgan. Shu bilan Rim saltanatidagi fuqarolar urushi ham nihoyasiga yetgan. Shu vaqtdan boshlab Oktavian g`oyat katta Rim saltanatining tanho hukmdori bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |