Shundan keyin Sezarning jasadi forumda kuydirilgan. Shu yerda unga mehrob qo`yilib, uni ilohiy zot deb e'lon qilganlar. Rim aholisining ko`pchiligi fitnachilarni qo`llab-quvvatlamagan. Aksincha, ularning Rimdan ko`chib ketishini talab qilganlar. Rim senatida ikki oqim paydo bo`lgan. Biri Siseron boshliq respublikachilar bo`lsa, ikkinchisi – Sezarning sobiq yordamchisi Antoniy boshliq sezarchilar oqimi edi. Miloddan avvalgi 40-50-yillarda bu ikki oqim tarafdorlari o`rtasida qattiq kurash davom etgan. Bu esa mamlakatda fuqarolar urushining avj olishiga sabab bo`lgan. Sezar tarafdorlaridan biri Oktavian edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |