Antoniy O`rta yer dengizining sharqida katta bir davlat tuzishni ko`zda tutib, Parfiya va Midiya ustiga yurish qilgan. Ammo u jiddiy g`alabaga erisha olmagan. U Misr malikasi Kleopatra bilan ittifoq tuzib, Rimga qarshi kurashga tayyorgarlik ko`rgan, hatto u Misr malikasi Kleopatraga uylangan. Antoniyning bu xatti-harakati Oktavianga yoqmagan. Oktavian Kleopatra va Antoniyga qarshi urush e'lon qilgan. Har ikki tomon urushga tayyorlanganlar. Antoniy o`z flotini Yunonistonning g`arbidagi Aksiya burni yoniga olib kelib, dengiz jangiga shay bo`lib turgan. Oktavian floti va qo`shinlari ham shu yerga kelgan. Miloddan avvalgi 31 yilda Aksiya burni yonida qattiq dengiz jangi bo`lib o`tgan. Dengiz jangida Oktavian floti porloq g`alabaga erishgan. Kleopatra bilan Antoniyning floti va qo`shinlari Iskandariyaga chekinishga majbur bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |