Mustaqil ish mavzu: mezolit davri yodgorliklari



Download 35,5 Kb.
Sana12.01.2022
Hajmi35,5 Kb.
#338910
Bog'liq
MEZOLIT DAVRI YODGORLIKLARI word

Mustaqil ish

MAVZU: MEZOLIT DAVRI YODGORLIKLARI

REJA:


  1. Mezolit davriga umumiy tavsif. Mezolit davrida flora va faunadagi o‘zgarishlar.

  2. Yaqin va O‘rta Sharq mezolit davrida.

  3. Yevropaning mezolit davri yodgorliklari.

  4. O‘rta Osiyo mezolit davrida.

Mezolit paleolit davridan keyingi davr bo‘lib, u miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Muzlik davrining tugashi paleolitning ob-havosiga nisbatan issiqroq iqlimni shakllantirdi. Flora va fauna dunyosi ham bir oz hozirgi hayvonot va o‘simliklar dunyosiga yaqinlashdi.

Mezolit davriga kelib tabiiy-geografik muhit keskin o‘zgaradi. So‘nggi paleolit va mezolit davrining ilk bosqichlarida hukmron bo‘lgan oxirgi Vyurm muzligi erib, yer yuzida global isish boshlanadi va pleystotsen golotsen bilan almashadi. Ko‘pchillik olimlarning ilmiy farazlariga ko‘ra bu tabiiy jarayon mil. av. 8300 yillarda sodir bo‘lagan. Natijada yer yuzining shimoliy hududlarida hayvanot va o‘simlik dunyosi keskin o‘zgaradi

Hayvonot olamidagi o‘zgarishlar, ya’ni yirik hayvonlarning o‘rniga tez chopar, ziyrak va yolg‘iz yashovchi hayvonlar turining ko‘payishi paleolit davri ovchilik an’analarini qiyinlashtirdi. Natijada bu turdagi hayvonlarga ov qilish uchun yangi vosita o‘q-yoydan foydalanish va yakka ovchilik mavqeining oshishiga olib keldi.

Yaqin Sharq hududida mezolit davri Falastin va Suriya hududlarida tarqalgan Natufiy (mil. av. X-IX m.y.) madaniyatida namoyon bo‘ladi. Natufiyliklar madaniyatiga o‘yiq qilib chaqmoqtoshdan ishlangan kamon o‘qlarining uchlari va geometrik, asosan, sigment shakldagi ko‘psonli mikrolitlarning keng tarqalishi xos.Ular yovvoyi o‘simliklarning boshog‘ini doimiy yig‘ish va baliqchilikga asoslangan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakli bilan kun kechirishgan. Ko‘pgina yodgorliklarda olib borilgan arxeologik qazish ishlari natijasida ko‘psonli baliq suyaklari topib o‘rganilgan. Mazkur madaniyat egalari g‘orlarda, shuningdek, tekisliklardagi makonlarda istiqomat qilishgan.

Yevropaning mezolit davri miloddan avvalgi 9-6 ming yilliklar bilan davrlanadi. Yevropada ham mezolit davri buyuk muzliklarining chekinishi va hozirgi zamon iqlimiga o‘zgarishi davriga to‘g‘ri keladi. Muzliklarning chekinishi natijasida iqlim va o‘simliklar dunyosi o‘zgarib ketadi. Muzlik davrining so‘ngi bosqichida Yevropa shimolining katta qismida to‘g‘risimon o‘simliklar hukmronlik qilar edi. Asta – sekinlik bilan muzliklar shimolga tamon chekinadi va hozirgi kunda mavjud bo‘lgan boltiq dengizi poydo bo‘ladi. muzlik davrining tugashi bilan Janubiy va Markaziy Yevropada shimol kiyigi yo‘qoladi ovchilarning asosiy ov manbai bo‘lib bug‘ular va boshqa hayvonlar qoladi

Shimoliy Skandinaviyaning mezolit davri madaniyatlari Fosna(Fosna), Komsa (Komsa), va Askola (Askole)madaniyatlarini misol qilib keltirishimiz mumkun. Komsa madaniyati Norvegiyaning (Finmarker) shimoliy qismida, Finlandiyaning shimoliy qismida Skandinaviya yarim oroligacha bo‘lgan hudularda keng tarqalgan.



O‘rta Osiyoning mezolit davri mil. av. X-VI ming yilliklar doirasida sanalanadi. O‘rta Osiyoning sharqiy viloyatlarining mezolit davri nisbatan yaxshi o‘rganilgan. Toshkent viloyatidagi yodgorliklar (mil.av. X-IX ming yilliklar) alohida o‘rin tutadi. Toshkentning g‘arbida qadimgi Bo‘zsuv anhorining chap sohilida joylashgan Qo‘shilish makonining madaniy qatlamlaridan 200 dan ortiq chaqmoqtoshdan yasalgan (nukleus, mayda parakchalar, qirg‘ichlar, pichoqlar, boshqa turdagi silliqlangan qurollar va uchrindilar) qurollar majmuasi topilgan. Yodgorlikning madaniy qatlamlaridan qora mol, qo‘y va echki suyaklari topilishiga ko‘ra ularning asosiy mashg‘uloti ovchilikdan iborat bo‘lgan

Farg‘ona vodiysining ham mezolit davri alohida madaniyatni tashkil etadi. Bu yerda mezolit davriga oid 40 dan ortiq yodgorliklar o‘rganilgan. Bu yerning mezolit davri Obishir madaniyat (IX-VIII), nomi bilan ham nomlanib, uni ikki variantga yoki kompleks: Obishir (g‘or-makon iborat) ilk bosqichi, Farg‘ona so‘nggi (tekislik). G‘or-makonlar guruhiga tog‘li hududlarda joylashgan Obishir va Toshko‘mir guruhidagi manzilgohlar kiradi.
Download 35,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish