Mustaqil ish mavzu: matn muharrirlarining vazifalari va imkoniyatlari bajardi: 2-kurs 2-ot(s) talabasi ismoilov sardor tekshirdi: dots. Xurramova. R toshkent-2022



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana01.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#423139
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
matn muxarirlari

1.Matn muharirlari bilan ishlash 
Kompyuterlar ishlab chiqilishi va rivojlanishi yozuv san'atini tubdan o'zgartirib 
yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog'ozga chop etish kabi ishlarni 
bajarishga mo4jallangan ko'plab dasturlar ishlab chiqildi. Bu dasturlar, asosan ikki 
turga bo'linadi: matn muharrirlari va matn protsessorlan. Ularning asosiy farqi 
kompyuterga kiritilgan matnning ko'rinishiga bog'liq. Masalan, matn muharririda 
faqat matn yozish mumkin bo'lsa, matn prorsessorida shu matn turli rasmlar bilan 
boyitilishi mumkin. E'tiboringizga havola etilgan ushbu qo'llanma ham matn 
protsessorida yozilgan bo'lib, turli rasmlar, jadvallar, ranglar va boshqa bezaklardan 
foydalanilgan. 
Matn muharrirlarida ishlash 
Kompyuterda eng ko'p ishlatiladigan dasturlar qatoriga kirgani uchun barcha 
rusumdagi kompyuterlar uchun matn muharrirlari ishlab chiqarilgan. Bir rusumli 
kompyuter uchun ishlab chiqarilgan o'nlab matn muharrirlarini aytib o'tish mumkin. 
Masalan, Windows operatsion sistemasining tarkibiga kiritilgan Bloknot, WordPad 
va hokazo. Shuni bilingki, Bloknot, Word-Pad matn muharrirlari siz 5- sinfda 
o'rgangan Paint yoki Kalkulyator dasturlari kabi ishga tushuriladi. 
deyarli barcha matn muharrirlari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1) ma'lumotlarni kiritish
 
5) xatolarni tuzatish
2) belgilar, so'zlar, satrlar, 
abzaslar o'rnini almashtirish 
yoki 
o'chirib
tashlash
6) matnni biror „qolipgasolish", 
ya'ni chap va o'ng tomonlarini 
tekislash, 
satrlar 
orasidagi 
masofani o'zgartirish
`3) matnni xotiradasaqlash


4) matnni xotiradan o'qish
7) chop etish
Matn muharrirlari yordamida matn fayllari hosil qilinadi. Bir matn muharririda hosil 
qilingan matnni boshqa matn muharririda qiyinchiliksiz qayta ishlash mumkin. 
Ishchi maydon. Matn muharriri kompyuter ekranida „ishchi maydon" deb ataladigan 
maxsusjoy ajratadi. Ishchi maydon matn yozish uchun sahifa vazifasini bajaradi. 
Kiritilayotgan matn ishchi maydonda aks etib boradi. 
Yurgich. Klaviaturadan kiritilayotgan belgi ishchi maydonning qayerida aks etishini 
ko'rsatib turadi. Odatda, gorizontal yoki vertikal chiziqcha ko'rinishidabo'ladi. 
Menyu satri. Maxsus buyruqlar va amallar majmui menyu deb ataladi. Ular 
yordamida matnlarni diskdan o'qish, diskka yozish, chop etish kabi ishlar amalga 
oshiriladi. 
Yurgich va ishchi maydonning ko'rinishi matn muharriri ishiga deyarli ta'sir 
ko'rsatmaydi. Ular turli matn muharrirlarida biroz farq qilishi mumkin. 
Matn muharrirlari, asosan, menyusi bilan bir-biridan farqlanadi. Menyudagi buyruq 
va amallar matn muharrirlarining imkoniyatlarini belgilaydi. Ular qancha ko'p 
bo'lsa, matn muharrirlarining imkoniyatlari shuncha yuqori bo'ladi. Turli matn 
muharrirlarining mos buyruqlari biroz farqlansa-da, ma'nosini tushunib olish qiyin 
emas. Masalan, matnni xotiraga yozish buyrug'i ba'zi matn muharrirlarining Fayl 
menyusida „yozish" deb nomlangan bo'lsa, boshqalarida 
„saqlash" deb nomlangan. Shu kabi matnni xotiradan o'qish buyrug'i turli matn 
muharrirlarida „o'qish", „yuklash" yoki „ochish" deb nomlanishi mumkin. Mazkur 
buyruqlar nomlari turlicha bo'lsa ham, deyarli bir xil ma'noni anglatadi va aynan bir 
xil vazifani bajaradi. 
Axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan biri yozuv hisoblanadi. Qadimgi 
odamlar yashagan g'orlar devorlaridagi rasm va yozuvlar buning yaqqol isbotidir. 
Yozuv texnologiyasi asrlar davomida deyarli o'zgarmadi. Faqatgina yozish 


vositalari takomillashib bordi. Avval toshlarga o'yib yozilgan bo'lsa, keyinchalik 
turli bo'yoqlar yordamida yozildi. Xayvon terilariga ishlov berish natijasida 
toshlarga emas, teriga yozish yo'lga qo'yildi. Qog'oz ishlab chiqarilishi bilan yozish 
yanada qulaylashdi. Shu bilan birga yozuv quroli xam takomillashib bordi. Yozish 
uchun toshlar, turli mo'yqalam, qamish-perolar, g'oz patlaridan foydalanildi. Patlar 
o'rnini peroli ruchkalar, ularni avtoruchkalar, avtoruchkalar o'rnini esa yozuv 
mashinkalari egalladi. Lekin asosiy jarayon - matnga o'zgartirish kerak bo'lsa uni 
qaytadan yozish zarurligi o'zgarmadi. Bu juda ko'p kuch va mehnat talab qiladi. 
Kompyuterlar matn yozish texnologiyasini tubdan o'zgartirib yubordi. 
Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog'ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga 
mo'ljallangan ko'plab dasturlar yaratildi. Bu dasturlar asosan ikki turga bo'linadi: 
matn muharrirlari va matn protsessorlari. Ularning asosiy farqi kompyuterga 
kiritilgan matnning ko'rinishiga bog'liq. 
Matn muharriri kompyuterda eng ko'p ishlatiladigan dasturlar qatoriga kiradi. 
Ixtiyoriy rusumli kompyuterlar uchun matn muharrirlari yaratilgan. Xatto bir 
rusumli kompyuter uchun yaratilgan o'nlab matn muharrirlarini ko'rsatish mumkin. 
Masalan, 
Pravets 
kompyuterlarida 
"RED", 
"Volna", 
"Punktir", 
IBM 
kompyuterlarida "WD", "Foton", "Leksikon" va xokazo. 
Deyarli barcha matn muharrirlari quyidagi asasiy vazifalarni bajaradi: 
ma'lumotlarni kiritish; 
xatolarni tuzatish; 
belgilar, so`zlar, satrlar, abzatslar o`rnini almashtirish yoki o`chirib tashlash; 
matnni biror "qolipga solish", ya'ni chap va o`ng tomonlarini to'g'rilash, satrlar 
orasidagi masofani o`zgartirish; 
matnni diskda saqlash; 
matnni diskdan o'qish; 
chop etish. 


Matn muharrirlarida asosan matnning mazmuniga etibor beriladi. Ularda matnning 
ekrandagi va qog'ozdagi ko'rinishi (bezagi) unchalik ahamiyatga ega bo'lmaydi. 
Matn muharrirlari yordamida matn fayllari hosil qilinadi. Unda faqat kiritilgan matn 
belgilarining kodlari saqlanadi. Shuning uchun bir matn muharririda hosil qilingan 
matnni boshqa matn muharririda qiyinchiliksiz qayta ishlash mumkin bo'ladi 
Matn protsessorlari matnning faqat mazmuni emas, balki tashqi ko'rinishi xam 
katta axamiyatga ega bo'lganda qo'llaniladi. Matn protsessorlari matnning tashqi 
ko'rinishiga ta`sir etish imkoniyatiga ega. Masalan, matnga turli rasm va jadvallar 
joylashtirish, belgilarning o'lchami, rangi va ko'rinishlarini o'zgartirish va xokazo. 
Matn protsessorlari odatda rasmiy hujjatlar tayyorlashda ko'p qo'llaniladi. Matn 
protsessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deb yuritiladi. 
Matn protsessori yordamida hosil qilingan hujjat faqatgina matn emas, balki uning 
tashqi ko'rinishi xaqidagi (shrift turi, o'lchami, rangi va xokazo) axborotni xam 
o'zida saqlaydi. Bu-lar maxsus kodlar bo'lib, ekranda ham, qog'ozda ham 
ko'rinmaydi. 
Turli matn portsessorlarida matnni bezatish uchun turli kodlar qo'llaniladi. Bunday 
hollarda hujjatlar xar xil formatga ega deyiladi. Shu sababli formatlangan matnli 
hujjatlarni bir matn protsessoridan boshqasiga olib o'tishga xar doim ham erishib 
bo'lmaydi. 
Matn muharrirlarining nomi, tashqi ko'rinishi turlicha bo'lgani bilan, ularda ishlash 
jarayoni deyarli farq qilmaydi. Shuning uchun biror matn muharririda ishlashni 
mukammal o'rganib olsangiz boshqa matn muharrirlarida ishlashni ham 
qiyinchiliksiz o'zlashtirib olasiz. 
Matn muharrirlarining asosiy elementlari: ishchi maydoni, yurgich va menyu. 


^ Ishchi maydoni. Matn muharriri kompyuter ekranida "ishchi maydoni" deb 
ataladigan maxsus joy ajratadi. Ishchi maydoni matn yozish uchun sahifa vazifasini 
bajaradi. Kiritilayotgan matn ishchi maydonida aks ettirilib boradi. 
Yurgich. Klaviaturadan kiritilayotgan belgi ishchi maydonining qaerida aks 
etishini ko'rsatib turadi. Odatda gorizontal yoki vertikal chiziqcha ko'rinishida 
bo'ladi. 
Menyu. Maxsus buyruqlar va amallar majmuyi menyu deb ataladi. Ular 
yordamida asosan matnlarni diskdan o'qish, diskka yozish, chop etish kabi ishlar 
amalga oshiriladi. 
Yurgich va ishchi maydonining ko'rinishi matn muharriri ishiga aytarlik ta`sir 
ko'rsatmaydi. Ular turli matn muharrirlarida bir oz farq qilishi mumkin. 
Matn muharrirlari asosan menyusi bilan bir-biridan farqlanadi. Menyudagi 
buyruq va amallar matn muharrirlarining imkoniyatlarini belgilaydi. Ular qanchalik 
ko'p bo'lsa, matn muharrirlarining imkoniyatlari shuncha yuqori bo'ladi. Turli matn 
muharrirlarining mos buyruqlari bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Ular bir oz 
farqlansada, ma`nosini tushunib olish qiyinchilik tug'dirmaydi. Masalan, matnni 
diskka yozish buyrug'i ba`zi matn muharrirlari menyusida "yozish" deb nomlangan 
bo'lsa, boshqalarida "saqlash" deb nomlangan. Shu kabi matnni diskdan o'qish 
buyrug'i turli matn muharrirlarida "o'qish", "yuklash" yoki "ochish" deb nomlanishi 
mumkin. Mazkur buyruqlar nomlari turlicha bo'lsa xam, deyarli bir xil ma`noni va 
aynan bir xil vazifani bajaradi 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish